1-Maruza: O‘lchash axborotlarini uzatish tizimlari. Umumiy tushunchalar. Pnevmatik o‘lchash axborotini masofaga uzatish tizimi. Reja


Download 166.57 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi166.57 Kb.
#1567571
  1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza


1-Maruza: O‘LCHASH AXBOROTLARINI UZATISH TIZIMLARI. UMUMIY TUSHUNCHALAR. PNEVMATIK O‘LCHASH AXBOROTINI MASOFAGA UZATISH TIZIMI.


Reja:
1.Umumiy tushunchalar.
2. Pnevmatik o‘zgartkichlar:
3. kuch kompensatsiyali o‘zgartkichlar;
4. siljish kompensatsiyali o‘zgartkichlar.


Umumiy ma’lumotlar
Har qanday o‘lchash qurilmasida o‘lchash axborotini o‘zgartish zarurligi nazarda tutiladi. Shu ishni bajaradigan elementlar o‘lchash o‘zgartkichlari deyiladi. Kirishiga o‘lchanayotgan fizik kattalik keladigan o‘zgartkich birlamchi va o‘lchash signallarini o‘zgartishni amalga oshiradiganlari oraliq o‘zgartkich deb yuritiladi.
Texnologik parametrlarni o‘lchash uchun qurilgan ko‘pgina zamonaviy qurilmalar birlamchi o‘zgartkich, ikkilamchi asbob va ularni ulovchi aloqa liniyalaridan tashkil bo‘lgan sistemalardan iborat.
Birlamchi o‘zgartkich o‘lchash joyiga yaqin o‘rnatiladi. U nazorat qilinayotgan muhitga bevosita tegib turadi va o‘lchanayotgan kattalikni boshqa fizik tabiatga ega bo‘lgan (elek­trik, pnevmatik, kamroq — gidravlik) aloqa simlari bo‘yicha boshqarish shchitiga o‘rnatilgan ikkilamchi asbobga uzatish uchun qulay bo‘lgan signalga o‘zgartishga mo‘ljallangan.
Umumiy ko‘rinishda birlamchi o‘zgartkich sezgir elementdan va uzatuvchi o‘lchash o‘zgartkichidan iborat bo‘ladi. Sezgir ele­ment o‘lchanayotgan parametrni qabul qiladi va uni boshqa fi­zik tabiatli signalga o‘zgartadi. Agar bu signal masofaga uzatishga qulay bo‘lsa, unda u aloqa liniyasi bo‘yicha ikkilam­chi asbobga uzatiladi va u bilan o‘lchanadi.
A gar sezgir element o‘lchanayotgan kattalikni masofaga uzatish mumkin bo‘lmaydigan fizik kattalikka, masalan, siljish yoki kuchga o‘zgartsa, unda oraliq o‘zgartkichni qo‘llash zarurati tug‘iladi. Bu o‘zgartkich kattalikni (siljish yoki kuchni) elektr yoki pnevmatik signalga o‘zgartadi, keyin bu signal aloqa liniyasi bo‘yicha ikkilamchi asbobga uzatiladi.
18.1-rasm. Bosimni o’lchash

Download 166.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling