1-ma’ruza. O’rta Osiyoni bosib olinishini boshlanishi. Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya imperiyasi protektoratiga aylanishi Reja
Toshkent bosib olinishining strategik ahamiyati
Download 28.89 Kb.
|
1-mavzu ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaharga dastlabki hujum
Toshkent bosib olinishining strategik ahamiyati: Toshkent O’rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, yirik ma’muriy va savdo-sotiq markazlaridan biri hisoblangan. 19-asrning ikkinchi yarmida Toshkent shahrining 12 ta, ya’ni Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag’bon, Chig’atoy, Ko’kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog’och, Qo’ymas, Qo’qon, Qoshg’ar darvozalari bo’lgan. Har tomondan shaharga kirish uchun qurilgan bu darvozalar soqchilar tomonidan qo’riqlangan. Shaharni mudofaa qilish uchun qurilgan devor ortida Kaykovus arig’ining suvi bilan to’ldiriladigan xandaqlar bo’lgan. Toshkent to’rtta Beshyog’och, Ko’kcha, Sebzor va Shayxontohur dahalariga bo’linib, har bir daha o’z oqsoqoli tomonidan boshqarilgan. 19-asr o’rtalarida shahar aholisi 80 mingga yaqin kishini tashkil qilgan.
Toshkent shahrining bosib olinishiga podsho hukumati jiddiy tayyorgarlik ko’rdi. Chunki Toshkentni egallash Rossiya imperiyasining O’rta Osiyodagi harbiy yurishlarini keng qamrovda va tayanch hududga ega bo’lgan holda olib borilishini ta’minlar edi. Bu shahar O’rta Osiyoni bosib olish uchun asosiy yo’lak, harbiy qo’shinlarning kelgusidagi harakatlari uchun tayanch nuqta vazifasini bajara oladigan joy hisoblangan. Shaharga dastlabki hujum: 1864-yil 1-oktabrida M.Chernyayev o’zini podshoga yaxshi ko’rsatish uchun tezlik bilan Toshkentni qo’lga kiritmoqchi bo’ldi. Lekin uning bu rejasi amalga oshmadi. M.Chernyayev 70 nafardan ziyod askarlaridan ajralib, Chimkentga chekinishga majbur bo’ldi. Uning Toshkentni egallash uchun olib borgan birinchi harakati natija bermagach, yangi hujumga tayyorgarlik boshladi. Uning bu tayyorgarligi bahorgacha davom etdi va 1865-yil aprel oyi oxirida podsho hukumatining harbiy qo’shinlari Toshkent yaqiniga joylashtirildi. M.Chernyayev boshchiligidagi harbiy qo’shin Toshkent shahridan 25 km uzoqlikdagi Chirchiq daryosining chap sohilida joylashgan Niyozbek qal’asiga kelib, uni jangsiz topshirishni taklif qiladi, lekin qal’a himoyachilari rad javobini berib, mudofaaga o’tadi. Himoyachilar va istilochilarning harbiy kuchlari o’rtasidagi farq juda katta edi. Qal’a to’xtovsiz ravishda to’plardan o’qqa tutilib, devorlari buzib tashlandi. Devorlarning buzilgan joylaridan bosqinchilar qal’aga kirib, uni egallashga muvaffaq bo’ldilar. Oqibatda Toshkent darvozasi deb nom olgan Niyozbek qo’rg’oni dushman qo’liga o’tdi. Ushbu qal’aning qo’lga kiritilishi M.Chernyayevga Toshkentni suv ta’minotidan uzib qo’yish imkonini berdi. Uning buyrug’i bilan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’minlaydigan Chirchiq daryosidagi to’g’on buzib tashlanadi. Download 28.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling