1-ma’ruza. O’simliklarning fiziologik faol moddalari faniga kirish


Download 40.08 Kb.
bet1/13
Sana22.10.2023
Hajmi40.08 Kb.
#1715941
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1.majmua


1-ma’ruza. O’simliklarning fiziologik faol moddalari faniga kirish.
REJA
O’simliklarning fiziologik faol moddalari fanining ob’ektlari va predmeti. O’simliklarning fiziologik faol moddalarining vazifalari. O’simliklar fiziologik faol moddalari fanining rivojlanish tarixi va uning metodlari, xozirgi zamon yo’nalishlari. Fiziologik faol moddalar. Dorivor xom-ashyo va uning tiplari. Fiziologik faol moddalar klassifikatsiyasi. Birlamchi sintezlangan moddalar, ikkilamchi sintezlangan moddalar.

O’simliklarning fiziologik faol moddalari o’simliklar hayot faoliyatidagi eng muhim faol moddalarning ta’siri konuniyatlarini, ularnning kimyoviy tabiatini, o’simliklar hayotidagi ahamiyatini, tabiatdagi, inson hayotidagi o’rnini hamda tibbiyotda va farmostevtika sanoatida ko’llanilishi va boshka jihatlarini o’rganadi. Bularning asosida moddalar almashinuvining assimilyastiya va dissimilyastiya jarayonlari yotadi.
O’simliklarning fiziologik faol moddalari botanika, biokimyo, biofizika, Molekulyar biolgiya , mikrobiologiya, odam va hayvonlar fiziologiyasi, kimyo , fizika kabi fanlar bilan chambarchas bog’lik bo’lib, ularning yutuklaridan foydalanadi va o’z navbatida ularga ta’sir etadi.
O’simliklarning fiziologik faol moddalari fanida keyingi yillardagi tabiiy fanlar yutuklaridan, xususan fizik-kimyoviy usullardan, xromatografiya, nishonlangan atomlar, elektron mikroskopiya, elektroforez, differenstial stentrifugalash, spektrofotometriya, rentgen tuzilish analizi va boshkalardan foydalanishi natijasida juda katta yutuklarga erishildi.
O’simlik organizmi juda ham murakkab bo’lib, uning tarkibida turli organik va mineral birikmalar bo’ladi. Butun tirik organizm uchun zarur bo’lgan organik birikmalarni anorganik moddalardan fakat o’simliklargina sintez kila oladi. Ana shu o’simliklar to’kimasida sintezlangan organik birikmalar 2 guruhga bo’linadi:
1.Birlamchi sintezlangan moddalar – birlamchi metabolitlar bularga oksillar, uglevodlar, lipidlar, fermentlar va vitaminlar kiradi. Birlamchi metabolitlar hamma tirik organizmlar uchun juda ham zarur birikmalar bo’lib, ularsiz hayot bo’lmaydi.

Download 40.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling