1-ma’ruza O‘zbek xitoyshunosligining yuzaga kelishi va
taraqqiyoti tarixidan Maqsad


Kafedra a’zolarining chop etgan darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqola va kitoblari


Download 10.17 Kb.
bet3/3
Sana14.11.2021
Hajmi10.17 Kb.
#174288
1   2   3
Bog'liq
1mavzu

Kafedra a’zolarining chop etgan darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy maqola va kitoblari:

Shu davr ichida A.A. Karimovning “Xitoy tilidagi hisob so‘zlar”; M.X.Mahmudxo‘jaevning “Xitoy tilshunosligi tarixi”;

M.X.Mahmudxo‘jaev, J.T.Ziyamuhammedov va D.M.Qodirovalarning hamkorlikdagi “Sharq adabiyoti janrlari (Xitoy xalq masallari)”; Bekmuratov I.N. va N.R.Raxmetovalarning “Xitoy bayramlari”;

T.Akimov va N.A.Zaitovalar tomonidan tuzilgan litsey talabalari uchun “Xitoy tili xrestomatiyasi” (2005);

J.T.Ziyamuhamedovning “O‘rta asr xitoy novellalari” (2010y.) monografiyasi;

L.A.Sultanova, J.T.Ziyamuhammedov va M.Turatovalarning “Xitoy tili” o‘quv qo‘llanmalari (2009);

A.A.Karimov, Sh.Xidoyatova va E.Aminovlar hamkorligidagi “Xitoy tili grammatikasi” darsliklari;

Sh.Shozamonov va I.Bekmuratovlarning “Xitoyda til vaziyati va siyosati” (2010);

I.N.Bekmuratov, L.A.Sultanova ishtirokida XXR Lanchjoy universiteti xitoyshunos olimlari tomonidan tuzilgan va 2009 yilda XXRda nashr etilgan “Xrestomatiya publikasiy v sovremennoy kitayskoy presse” kabi o‘quv qo‘llanmalari;

Sh.Shazamanov va I.N.Bekmuratovlar tomonidan “Xitoy matbuot tili” o‘quv qo‘llanmasi (2011);

S.A.Nosirovaning “Xitoy tili ijtimoiy-siyosiy va diplomatik terminologiyasi” o‘quv qo‘llanmasi (2011)chop etildi.

Bundan tashqari:

T.Akimov va J.A.Kiraubaevlarning “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha frazeologik lug‘ati” (2002);

S.A.Nosirova va A.A.Karimovlarning “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha diplomatik terminlar lug‘ati” (2004);

S.A.Nosirova va S.A.Xashimovalarning “Xitoycha-o‘zbekcha so‘zlashgich”i (2010);

J.Yakubovning “Xitoy tili sport atamalari lug‘ati” (2010);

N.A.Zaitovaning “Sung Yao hikoyalari to‘plami” (2010)nashr etildi.

Kafedra o‘qituvchilarining barchasi muntazam ravishda turli xil xalqaro va respublika ilmiy - amaliy anjumanlarda ishtirok etib kelmoqdalar. Hozirgi kunga qadar filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.A.Karimovning 48ta filologiya fanlari nomzodi, dotsent J.T.Ziyamuhamedovning 30ta, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent I.N.Bekmuratovning 40ta, s.f.fsiyosiy fanlar nomzodi Sh.I.Shozamonovning 40ta, filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi S.A.Nosirovaning 25ta, filologiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi S.A.Xashimovaning 20ta, kat o‘qituvchi L.A.Sultanovaning 10ta, o‘qituvchi U.X.Mavlyanovaning 7ta, o‘qituvchi D.M.Qodirovaning 5 ta,o‘qituvchi F.Xasanovaning 4ta, N.A.Zaitovaning 3 ta ilmiy maqolalari turli ilmiy to‘plamlarda nashr etilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Yozuvchilar uyushmasi” bilna hamkorlikda yuqori malakali tarjimonlardan tashkil topgan “Tarjimonlar to‘garagi” shakllantirildi, ushbu yo‘nalishda reja asosida o‘zbek adiblarining adabiyotlari tarjima qilinmoqda, ToshDShIning 20 yilligiga Cho‘lponning “Xalq” she’ri turli tillarga, jumladan, xitoy, vetnam, malay va indonez tillariga o‘girildi va nashrga topshirildi.

Xitoy filologiyasi kafedrasi XXRning Pekin Universiteti, Lanchjou universiteti, Pekin pedagogik universiteti, Shanxay pedagogik universiteti, Pekin chet tillar instituti, Pekin kam sonli millatlar universiteti, Yunnan va Sinjon pedagogik universitetlari kabi oliygohlari bilan aloqalar o‘rnatgan. O‘zbekiston Respublikasi va XXRning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari o‘rtasida imzolangan talaba va o‘qituvchilar bilan almashinuv sohasiga oid shartnomasiga binoan har yili xitoy filologiyasida tahsil olayotgan 7-10 talabalari va 1 yoki 2 nafar o‘qituvchilari XXRning ilg‘or oliygohlariga o‘qishga yuboriladi. Xususan, 2000-2007 yillar ichida ularning soni 50 nafar, 2007-2009 yillarda 30 nafarni tashkil etdi. ToshDShI qoshidagi Konfusiy Instituti bilan hamkorlikda ham qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etilgan, ushbu kurslar pedagog kadrlarning salohiyati va kasbiy mahoratini shakllantirib rivojlantirishga qaratilgandir. Kafedraning 90% o‘qituvchisi almashinuv shartnomasiga binoan XXRda o‘qib qaytgan o‘qituvchilardir.
Download 10.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling