1-ma’ruza. Qattiq jismli datchiklar kursi axamiyati


Download 121.55 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi121.55 Kb.
#222457
Bog'liq
1-ma’ruza. Qattiq jismli datchiklar kursi axamiyati



1-ma’ruza. Qattiq jismli datchiklar kursi axamiyati 

 

Ma’lumki hozirga kelib biror bir sohani texnikasiz tasavvur qilish qiyin. Xar 

qanday soha u ishlab chiqarish bo‘ladimi, kundalik turmush bo‘ladimi yoki mayishiy 

xizmat  bo‘ladimi  xammasi  texnika  xizmatidan  foydalanishga  majbur.  Xar  qanday 

ishlab  chiqarish  ma’lum  texnologik  jarayon  asosida  boradi.  Bu  texnologik 

jarayonlarni ketma-ketligi, jarayon parametlarini qiymati tajribalar asosida yoki ilmiy 

izlanishlar  yordamida  aniqlangan  yoki  joriy  etilgan.  Texnologik  jarayonlar  qanday 

sohada  bo‘lishidan  tashqari  ma’lum  fizik  parametrlarga  ega.  Misol  uchun  oddiy 

bo‘yoqni  tayyorlash  uchun  xam  uni  tarkibini  tashkil  etuvchi  elementlar  miqdoriy 

ulishi,  bo‘yoqni  tayyorlashda  zarur  bo‘lgan  temperatura,  reaksiya  amalga 

oshiriladigan bo‘lsa reaksiyani borish vaqti, jarayon bosimi. Undagi suv miqdori, sarf 

bo‘layotgan  energiya  va  boshqalar  texnologik  jarayon  parametrlari  xisoblanadi. 

Sanab  o‘tilgan  fizik  parametrlarni  miqdorini  baholash  va  o‘lchash  uchun  fizik 

datchiklardan  foydalanish  zarur  bo‘ladi.  Xozirda  mavjud  barcha  texnologik 

jarayonlarni umumlashtirilganda quyidagi parametrlarni sanab o‘tish mumkin: 

- temperatura 

- bosim 

- satx 


- sarf 

- massa 


- namlik 

- shaffovlik 

- sirt teksligi 

- mustaxkamlik 

-tok o‘tkazuvchanlik 

-tebranish xarakteri 

- maxsulot tarkibi 

Bu sanab o‘tilgan parametrlani aniqlash uchun biror qurilma yoki tizim zarur 

bo‘ladi.  



Hodisa yoki voqea bo‘yicha birlamchi informatsiani olish imkoniyati bo‘lgan 

qurilmalarni  datchik  (xabar  beruvchi)  deb  ataladi.  Aksariyat  datchiklar  qattiq 

jismlardan  yaratilgan.  Bu  datchiklarni  tuzilishi  va  ulardan  foydalanishni  o‘rgatuvchi 

bu bizni kursimizdir. 

Birinchi navbatda asosiy e’tibori texnologik jarayonni kuzatib borish qanday 

amalga  oshirilishini  taxlil  qilamiz.  Xar  qanday  texnologik  jarayonni  borishida 

yuqorida  aytib  o‘tilgandek  aniq  texnologik  yo‘riqnoma  (karta)dan  foydalaniladi. 

Jarayon  kartaga  mos  bo‘lishi  uchun  uni  parametrlarini  solishtirib  borish  lozim. 

Solishtirishni amalga oshirish uchun uni datchik yordamida o‘lchash lozim. Masalan 

avtomobillarni ta’mirlash jarayonida bo‘yash uchun kuzovni temperaturasini ma’lum 

oraliqda ushlab turish lozim. Agar bu oraliq ushlab turilmasa bo‘yashda yaxshi natija 

olinmaydi.  Oddiy  beton  quyoshda  xam  sement  miqdori  bilan  shag‘al  miqdori 

proporsiyasi ushlab turilmasa to‘g‘ri natija olinmaydi. Kimyoviy reaksiyalar ma’lum 

bosim ostida amalga oshiriladi. Sanab o‘tilgan hollarda temperaturani o‘lchash uchun 

termodatchikdan,  bosimni  o‘lchash  uchun  bosim  datchigidan,  miqdorni  aniqlash 

uchun og‘irlikni o‘lchash datchigidan foydalanish zarur bo‘ladi.  

Agar  texnolog  yoki  foydalanuvchi  zaruriy  datchiklardan  foydalanishni 

bilmasa maqsadga erisha olmaydi.  

Xozirgi  zamon  elektronika  mutaxassisi  datchiklardan  foydalanishni, 

datchiklarni  tuzilishini  bila  olmasa  yetarli  darajadagi  mutaxassis  bo‘lla  olmaydi. 

Chunki aksariyat birlamchi datchiklarni asosini elektronika elementlari tashkil etadi. 

- texnologik jarayonlardagi fizik hodisalarni borishini tushinish. 

- fizik parametrlarni o‘lchash mexanizimlarini o‘rganish 

- fizik parametrlarni o‘lchash datchiklarini tuzilishini o‘rganish 

- fizik parametrlarni o‘lchov birliklarini mukammal o‘rganish 

- texnologik jarayonlarni borishida parametrlarni taqqoslay bilishni o‘rganish 

- datchiklarni ulanishini elektron sxemalarini o‘rganish 

- ikkilamchi o‘lchov qurilmalarni ishlash prinsiplarini o‘rganish 

-mustaqil holatda ba’zi datchiklarni tashkil etishni bilish. 



Xozirgi  zamon  texnologik  jarayonlarda  zamonaviy  elektron  qurilmalardan 

foydalanilmoqda.  Ularda  jarayonlarni  borishi  zamonaviy  datchiklar  yordamida 

nazorat  qilinib  boshqarilmoqda.  Bu  yerda  oddiy  suyuqlik  satxini  doimiy  o‘lchab 

nazorat  qilib  boruvchi  radiatsion  datchikdan  foydalanilyotganda,  shu  datchiklar 

yordamida odamsiz uchuvchi samalyotlarni boshqarilishini solishtirish yetarlidir.  

Insoniyat  hozirgi  zamon  elektron  datchiklardan  foydalanilgan  holatda  fan  va 

texnikada  juda  katta  imkoniyatlarga  ega  bo‘lmoqdalar.  Bunga  bir  misol  qilinib 

tibbiyotda  keng  foydalanilayotgan  ultra  tovush  datchiklarini  va  insonni  ixtiyoriy 

organlarini  suratga olib  ixtiyoriy  kesimda borayotgan  magnitotomografiyani  eslatish 

yetarlidir. 



 

Download 121.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling