1 Ma’ruza: Qutqaruv ishlari fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazishning huquqiy asoslari


O‘zbekiston Respublikasi axolisini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida


Download 52.72 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi52.72 Kb.
#1184973
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 мавзу

O‘zbekiston Respublikasi axolisini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida (2019 yil 9 sentyabr, 754-sonli). Qaror mamlakat axolisi va xududini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan. Qarorga ilova tarzida keltirilgan «Axolini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish soxasida tayyorlash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom O‘zbekiston Respublikasi axolisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish soxasida, shuningdek favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlikdan o‘tayotgan axoli guruxlarini tayyorlashning asosiy vazifalarini, shakllari va usullarini belgilaydi.
Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida (1998 yil 27 oktyabr, 455-sonli). Qaror bilan tasdiqlangan tasnifga muvofiq favqulodda vaziyatlar vujudga kelish sabablariga ko‘ra texnogen, tabiiy va ekologik xususiyatli, ushbu vaziyatlarda zarar ko‘rgan odamlar soniga, moddiy zararlar miqdoriga va ko‘lamlariga qarab lokal, maxalliy, respublika va transchegaraviy turlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 5 yanvardagi Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining FVni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash xaqidagi 2 –sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi PF-5066-sonli “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida (2008 yil 26 dekabr - 5 ta bob, 31 ta modda).
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu qonunning maqsadi
Ushbu qonunning maqsadi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
favqulodda vaziyat – odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar etishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish – favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda o‘tkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar kompleksi;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish – oldindan o‘tkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga etkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
qutqaruvchi – muayyan dastur bo‘yicha qutqaruv ishlariga tayyorlangan va belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

Download 52.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling