Qutqaruv va shoshilinch avariya-tiklash ishlariga quyidagilar kiradi:
1.Zaharlangan uchastkalarda va uyum joylarda qutqaruv kolonnasi uchun yo’llar ochish;
2.Elektr, gaz va boshqa tarmoqlarda avariya holatlarini tugatish:
3.Qulab tushishi extimoli bo’lgan qurilmalarni mustaxkamlash va tiklash kiradi.
Bunday ishlar uzluksiz kecha va kunduz, har qanday ob-havo sharoitlarida qisqa vaqt ichida bajarilishi kerak. Qutqaruv ishlarini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun razvedkani o’z vaqtida tashkil etish kerak. Bor kuch va qutqaruv vositalarini tezlik bilan ishga hozirlash, maxsus guruhlar, tizilmalar va aholining aktiv ishtirokini tashkil qilish zarur.
Avariya-qutqaruv ishlari (AQI) fanining o’qitishdan asosiy maqsad.
-bo’lajak mutaxassislarga favqulotda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
-amalda qo’llashga hamda harbiylashmagan tizim boshliqlari lavozimida ish tutishga o’rgatishdan iborat.
-har qanday favqulotda vaziyatlarda avariya qutqaruv ishlarini olib borish nazariy, amaliy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.
Buning uchun AQI fani masalalarning hammasiga javob beradigan etarli ma’lumotlar keltirilgan holda axoli va xududlarni turli favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishdek xayrli ishda keng jamoatchilikning ham «huquqiy, siyosiy, ekologik xavfsizlik madaniyati» yuksak bo’lishiga xizmat qiladi.
Aholi va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qo‘yilgan dadil qadamlardan biri - avval Mudofaa vazirligi qoshida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining, so‘ngra esa shu boshqarma negizida O‘zbekiston Respublikasn Prezidentining 1996 yil 4 martdagi PF-1378 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi.
Vazirlik faoliyat yurita boshlagandan so‘ng aholi va xududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining huquqiy asosini tashkil etuvchi bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi, ya’ni:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” Farmoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |