1-ma’ruza. Sifat so‘z turkumi. Reja: Sifat va uning ugmsi. Sifatning lug‘aviy-ma’noviy guruhlari.(Lmg)
Download 409.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza. Sifat UGMsi
1
Reja: 1. Sifat va uning UGMsi. 2. Sifatning lug‘aviy-ma’noviy guruhlari.(LMG) 3. Asliy va nisbiy sifatlar. 4. Sifat derivatsiyasi. 5. Daraja sifatning tasniflovchi kategoriyasi sifatida. Sifat va uning UGMsi. Asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildiruvchi darajalanuvchi so‘z sifat deyiladi: qizil qalam, oq kabutar, yaxshi gapirmoq. Boshqa so‘z turkumi ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalashi jihatidan ulardan ajralib turadi. Masalan, Gul – qizil deganda turg‘un (statik) belgi, Gul qizardi deganda esa o‘zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo‘lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa turkum anglatadigan belgidan xususiyati bilan farqlanadi. Masalan, qizg‘ish – qizil – qip-qizil. Boshqa turkum anglatuvchi belgida esa bunday xususiyat yo‘q. Sifat gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, qisman kesim, hol vazifasida keladi. Shu asosda sifatning UGMsini «asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildirib, gapda asosan sifatlovchi aniqlovchi, ba’zan kesim, ayrim hollarda hol vazifasida kelish» ko‘rinishida tiklash mumkin. Belgi tushunchasi o‘z ichiga rang-tus, hajm-shakl, xarakter, vazn, maza kabini qamrab oladi. Belgining xususiyatiga ko‘ra sifat ikkiga bo‘linadi: asliy sifatlar va nisbiy sifat. Asliy sifat predmetning turg‘un, nisbatlanmaydigan va darajalanadigan belgisini ifodalaydi: [qizil], [sariq], [katta], [ko‘p], [oz]. Nisbiy sifatlar belgini qandaydir bir predmet, belgi, miqdor, o‘rin va harakatga nisbatan ifodalaydi: moddiy yordam, siniq piyola, burchakdagi o‘tirgich. Nisbiy sifatda darajalanish, qiyoslanish bo‘lmaydi. Lekin u daraja belgisiga ega bo‘lgan ravishdan asosan predmet belgisini bildirishi bilan farqlanadi. Asliy sifatning barchasida daraja shakllari, ayrimida ozaytirma va kuchaytirma shakl bor. Asliy sifat bildirgan belgining darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Daraja kategoriyasi (DK) sifat ifodalagan belgining shu nuqtayi nazaridan tavsifini beradi. Sifat LMGlari. Darslik va qo‘llanmalarda sifatning 9 ta LMG ajratiladi: 1.Xususiyat bildiruvchi sifat. 2.Holat bildiruvchi sifat. 3.SHakl bildiruvchi sifat. 4.Rang-tus bildiruvchi sifat. 5.Maza-ta’m bildiruvchi sifat. 6.Hid bildiruvchi sifat. 7.O‘lchov bildiruvchi sifat. 8.O‘rin bildiruvchi sifat. 9.Payt bildiruvchi sifat. Quyida ularning har birini alohida-alohida ko‘rib o‘tamiz.
ko‘p qo‘llanadi: [yoqimtoy], [badjahl], [muloyim], [dilkash], [yaxshi], [yomon], [loqayd] kabi. Xarakter-xususiyat ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin.
sifatida ifodalaydi. Holat bildiruvchi sifat o‘z o‘rnida yana ichki guruhlarga bo‘linadi: 1) tabiiy holat bildiruvchi sifat: [go‘zal], [mo‘min], [o‘ktam], [cho‘loq], [bukri]; 2) jismoniy holat bildiruvchi sifat: [bardam], [baquvvat], [tetik], [yosh]. 3) ruhiy holat bildiruvchi sifat: [xafa], [g‘amgin], [ma’yus], [xursand], [shod]; 4) iqtisodiy holat bildiruvchi sifat: [boy], [badavlat], [kambag‘al], [nochor]; 5) harorat holatini bildiruvchi sifat: [iliq], [salqin], [sovuq], [issiq];
2 6) tozalik holatini bildiruvchi sifat: [toza], [ozoda], [kir], [musaffo], [isqirt]; 7) eskilik, yangilik holatini bildiruvchi sifat: [yangi], [eski], [ko‘hna], [juldur]; 8) ho‘l-quruqlik holatini bildiruvchi sifat: [ho‘l], [quruq], [nam], [namxush]; 9) tinch va notinch holatni bildiruvchi sifat: [tinch], [jimjit], [sokin], [osuda], [osoyishta], [bezovta]; 10) yetilganlik holatini bildiruvchi sifat: [xom], [pishiq], [g‘o‘r], [puxta];
ifodalaydi: [novcha], [yassi], [uzunchoq], [dumaloq], [yapaloq], aylana]. Rang-tus bildiruvchi sifat: [oq], [qora], [qizil], [pushti], [sariq], [zangor]. Maza-ta’m bildiruvchi sifat: [shirin], [achchiq], [nordon], [taxir], [sho‘r]. Hid bildiruvchi sifat: [xushbo‘y], [badbo‘y], [qo‘lansa]. O‘lchov bildiruvchi sifat: [keng], [tor], [uzun], [yaqin], [katta], [og‘ir]. O‘rin bildiruvchi sifat: [ichki], [tashqi], [devoriy], [qishloqi]. Payt bildiruvchi sifat: [kuzgi], [yozgi], [qishki], [chillaki], [ertapishar]. Sifat derivatsiyasi Sifatlar ikki usul bilan yasaladi: affiksatsiya va kompozitsiya. Affiksatsiya usuli. O‘zbek tilida sifat yasovchi affiksal derivatsion qolip anchagina. Ularni birma-bir sanab o‘tamiz. 1. [ot + -li = 1) asosdan anglashilgan narsa/predmetga egalik belgisini bildiruvchi sifat; 2) asosdan anglashilgan narsa/predmetga me’yordan ortiq egalik belgisini bildiruvchi sifat;] ( 1) [rasmli], [do‘ppili], [masxarali], [gavdali]; 2) [aqlli], [gavdali], [kuchli]), [harakat nomi + -li = narsa/predmetning fe’ldan anglashilgan ish- harakat uchun juda mosligi, bopligini bildiruvchi sifat] ([o‘tirishli], [eyishli], [ichishli]). 2.
[ot +- dor= 1) asosdan anglashilgan narsa-predmetga egalik belgisini bildiruvchi sifat; 2) asosdan anglashilgan narsaning me’yordan ortiqligini bildiruvchi sifat] ( 1) [aloqador], [aybdor], [manfaatdor]; 2) [mahsuldor], [nasldor]). 3.
[ser + ot = asosdan anglashilgan narsaning me’yordan ortiqligini bildiruvchi sifat] ([sersoqol], [sersuv], [sergo‘sht], [sersomon]). 4.
[be + ot = asosdan anglashilgan narsaning yo‘q ekanligini bildiruvchi sifat] ([bemajol], [bedin], [beg‘ubor]). 5.
6.
[no + ot = 1) asosdan anglashilgan narsaga ega emaslikni bildiruvchi sifat; 2 asosdan anglashilgan belgiga qarama-qarshi belgini bildiruvchi sifat)] ( 1) [noumid], [noinsof], [noo‘rin]; 2) [nomard], [noma’lum], [nomunosib]). 7.
8.
[fe’l + -choq/chiq/chak = asosdan anglashilgan harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi sifat] (erinchoq, [kuyinchak], [tortinchoq], [qizg‘anchiq]). 9.
10. [fe’l + -ag‘on = asosdan anglashilgan harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi sifat] ([topag‘on], [chopag‘on], [qopag‘on]). 11. [fe’l +-mon = asosdan anglashilgan harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi sifat] ([toparmon], [bilarmon], [yeyarmon]). 3 12. [fe’l/taqlid + -(a) ki(qi) = asosdan anglashilgan harakatni bajarishga moyillikning kuchliligini bildiruvchi sifat] ([shartaki], [jirtaki], [yig‘loqi]). 13. [fe’l + -k/-q/-g‘ =asosdan anglashilgan harakat natijasi sifatidagi holat belgisini bildiruvchi sifat] ([egik], [buzuq], [yorug‘]). 14. [fe’l + -kin/qin/g‘in/g‘un = asosdan anglashilgan harakatni belgiga aylantirish] ([tushkun], [turg‘un], [ozg‘in/so‘lg‘in]). 15. [fe’l + -ma = 1) predmetning asosdan anglashilgan harakat usuli bilan yuzaga kelish belgisini bildiruvchi sifat; 2) fe’ldan anglashilgan harakat predmetning odatdagi, unga xos belgisi ekanligini bildiruvchi sifat] ( 1) [qovurma], [ag‘darma], [qisqartma], [ivitma], [buyurtma]; 2) [ko‘chma], [burama], [og‘ma], [sochma]). 16. [fe’l + -(a)rli = shaxs/predmetning asosdan anglashilgan harakatning
[ajablanarli], [etarli], [tushunarli]). 17. [taqlid + -ildoq = asosdan anglashilgan belgiga ortiq darajada egalikni
18. [fe’l + -ch = asosdan anglashilgan harakatga bog‘liq belgini bildiruvchi sifat] ([tinch], [jirkanch]). 19. [ot + -iy/viy =1) predmetning asosdan anglashilgan narsa/hodisaga aloqadorlik belgisini bildiruvchi sifat; 2) asosdan anglashilgan tushunchaga egalik belgisini bildiruvchi sifat] ( 1) [ilmiy], [shaxsiy], [imloviy]; 2) [taxminiy], [aqliy], [ommaviy]). 20. [ot/ravish + -gi/ki/qi = predmetning asosdan anglashilgan joy yoki vaqtga
21. [ot + -i = shaxs yoki predmetning millat/vaqt/joyga mansubligini bildiruvchi sifat] ([qozoqi], [qishloqi], [bahori]). 22. [ot/sifat + -cha = predmetning millat/joy/miqdor/xususiyat kabilarga ko‘ra belgisini bildiruvchi sifat] ([o‘zbekcha], [farg‘onacha], [ortiqcha], [erkakcha]). 23. [sifat + -namo = biror shaxsning asos bildirgan xarakter-xususiyat belgisiga ega ekanligini bildiruvchi sifat] ([darveshnamo], [avliyonamo], [majnunnamo]). 24. [ot + -simon = asosdan anglashilgan narsaga o‘xshashlik belgisini bildiruvchi sifat] ([sharsimon], [kumushsimon], [odamsimon]). 25. [ot + -parvar = asosdan anglashilgan narsani sevishni bildiruvchi sifat] ([xalqparvar], [insonparvar], [vatanparvar]). Ko‘rib o‘tilganlardan tashqari [-aki] ([dahanaki], [zo‘raki]), [bad-] ([badaxloq], [badhazm], [badbashara]), [-shumul] ([olamshumul], [jahonshumul]), [-chil] ([dardchil], [izchil]), [-kay] ([kungay], [terskay]), [-don] ([gapdon], [bilimdon]), [-msiq] ([qarimsiq], [achimsiq]), [-kash] ([dilkash], [hazilkash]), [-m] ([qaram]), [-lom] ([sog‘lom]), [-qa]
qoliplar asosida ham sifat yasalgan. Bu affiksli qoliplar unumsiz bo‘lganligi uchun ularning mazmuniy tomonini mavjud hosilalaridan umumlashtirib chiqarib bo‘lmaydi.
1. [Ot+ot]: [devsifat], [devqomat], [dilorom], [dilozor], [kafangado], [otashnafas], [sohibjamol]. 2. [Sifat+ot]: [xomkalla], [sho‘rpeshona], [kaltafahm], [shirinsuxan], [sho‘rtumshuq], [balandparvoz]. 3. [Ot+sifat]: [yoqavayron], [jig‘ibiyron], [tepakal], [xonavayron], [xudobezor], [otabezori].
4 4. [Ravish+ot]: [hozirjavob], [kamgap], [kamsuxan], [kamsuqum], [kamqon], [kamxarj]. 5. [Ravish+fe’l]: [tezpishar], [ertapishar], [cho‘rtkesar]. 6. [Fe’l+ fe’l]: [yebto‘ymas]. 7. [Olmosh+ot]: [o‘zboshimcha. 8. [Ot+fe’l]: [tilyog‘lama], [gadoytopmas], [tinchliksevar]. 9. [Olmosh+sifat]: [o‘zbilarmon]. 10. [Son+ot]: [ikkiyuzlamachi], [qirqyamoq].
1. Qismlari sinonim: [aql-hushli], [pishiq-puxta], [telba-teskari], [sog‘-salomat], [yakka-yolg‘iz]. 2. Qismlari antonim: [achchiq-chuchuk], [baland-past], [vayron-obod], [issiq-sovuq]. 3. Qismlari ma’noviy yaqin: [mo‘min-qobil], [och-yalang‘och], [soya-salqin], [xor-
[yamoq-yasqoq], [harom-harish]. III. Har ikkala qismi mustaqil holda ishlatilmaydigan sifat: [aji-buji], [aloq-
Boshqa turkumga xos so‘z konversiya yo‘li bilan sifatga o‘tishi mumkin. Bu sifatlashuv deyiladi. Sifatlashuv tarixiy jarayon bo‘lib, boshqa so‘z turkumi davr o‘tishi bilan sifatga aylanib boradi. Sifatlashuv hodisasi lisoniy tabiatga ega: 1. Juft va takroriy otning sifatlashuvi: [mosh-guruch], [yo‘l-yo‘l], [rang-barang], [xilma-xil]. 2. O‘zak holidagi fe’lning sifatlashuvi: [daydi], [qari], [chalkash], [yanglish], [tutash], [aralash]. 3. Harakat nomi shaklidagi juft fe’l: [olmoq-solmoq]. 4. Kesimlik shaklidagi fe’l: [oldi-qochdi], [kuydi-pishdi], [tug‘di-bitdi], [ilikuzildi], [ichakuzdi], [supraqoqdi]
leksemalashuv mavjud. U taraqqiyot natijasida yangi ma’no kasb etishi ham mumkin: [yo‘l- yo‘l]. Bunda yangi so‘z yasalishi emas, balki so‘zshaklning leksemalashuvi kuzatiladi. Daraja kategoriyasi Daraja kategoriyasi (qisq. DK) «sifatda belgi darajasi» UGMsiga ega. Daraja turli (geterogen) shakl yordamida hosil qilinadi: (chiroyli) – (chiroyliroq) – (juda chiroyli). Asliy sifatda belgining darajasini ifodalashga ko‘ra uch daraja ajratiladi: a) oddiy daraja; b) orttirma daraja; d) ozaytirma daraja.
ortiq-kamligiga munosabat bildirmaslik» tarzida yuzaga chiqadi: (yaxshi), (qattiq), (semiz), (keng), (baland), (to‘g‘ri), (yumshoq) kabi.
UGMsini «belgining me’yordan ortiqligini ifodalash» tarzida xususiylashtiradi. Orttirma daraja maxsus morfologik shaklga ega emas. DK ifodalovchisining geterogenligi(har xilligi) ushbu darajada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Orttirma daraja quyidagi usullar bilan hosil qilinadi:
5 1. Fonetik usul. Uning bir necha ko‘rinishi bor: a) (qop-qora), (yap-yapaloq), (dum- dumaloq); b) urg‘uli tovushning cho‘zilishi: (u’zun), (bala’nd), (chiro‘yli). 2. Leksik usul:. (juda kuchli), (g‘oyatda qo‘rqinchli), (nihoyatda baland). Belgining ortiq darajasi analitik shaklda ham ifodalanadi. Bu shakl ikki uzvli, birinchi uzvini chiqish kelishigi shaklida qo‘llash orqali hosil qilinadi: (uzundan uzun), (shirindan shirin). Ozaytirma daraja DK UGMsini «belgining me’yordan kamligini ifodalash» ko‘rinishida xususiylashtiradi. Bu ma’no ikki usul bilan yuzaga chiqadi: 1. Leksik usul: (sal durust), (biroz yaxshi), (xiyol ochiq). 2. Morfologik usul: (kattaroq), (ko‘proq), (ozroq); Eslatma. Rang-tus bidiruvchi ayrim sifatda qo‘llanuvchi [-(i)sh], [-(i)mtir] affikslari belgining kuchsiz darajasini bildirmaydi. Masalan, (oqish) so‘zi oq rangning, (qoramtir) so‘zi qora rangning kuchsiz darajasi emas, balki oq, qora bo‘lmagan, ularga o‘xshash bo‘lgan rang turlari. Аdabiyotlar 1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009. 2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010. 3. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2003.
Download 409.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling