1-ma’ruza. Simsiz aloqa tizimlariga kirish. Reja: Simsiz aloqa tizimlariga kirish


Radioaloqa liniyasi bir necha yoki ko‘plab bo‘laklardan iborat bo‘lishi mumkin


Download 287.84 Kb.
bet3/5
Sana13.02.2023
Hajmi287.84 Kb.
#1195507
1   2   3   4   5
Radioaloqa liniyasi bir necha yoki ko‘plab bo‘laklardan iborat bo‘lishi mumkin, ularning chegaralarida radiosignallarni uzatish qabullash-uzatish qurilmalari jamlanmalari orqali ta’minlanadi. Bitta punktdan signallar boshqa punktda qabul qilinadi, kuchaytiriladi va keyin uchinchi punktga uzatiladi, u yerda yana kuchaytiriladi va to‘rtinchi punktga uzatiladi va h.k.. Radioliniyaning bunday qurilishi radioreleli aloqa liniyasi (1.5-rasm) deyiladi, uning shartli belgilanishi 1.6-rasmda keltirilgan.

1.5-rasm. Radioreleli aloqa liniyasining qurilishi

Shunga o‘xshash tarzda aloqa sun’iy yo‘ldoshlari (1.7-rasm) ishlaydi. Bitta yer usti stansiyasidan signal Yerning sun’iy yo‘ldoshida (YeSY) qabul qilinadi, kuchaytirilidi va yo‘ldoshning uzatkichi orqali birinchi yer usti stansiyasidan katta masofalarda joylashgan boshqa yer usti stansiyasiga uzatiladi.



1.6-rasm. Radioreleli aloqa liniyasining shartli tasvirlanishi



1.7-rasm. Sun’iy yo‘ldoshli aloqa liniyasi

RRL sun’iy yo‘ldoshli aloqa liniyalari kabi oxirgi punktlarda zichlashtirish apparaturasiga ega va katta malumotlar oqimlarini uzatishga imkon beradi.


Barcha aloqa tizimlari odatda uzatiladigan alohida yoki guruhli signal bilan modulyatsiyalangan garmonik YuCh tebranishlar ko‘rinishidagi (sinusoidal) radiosignallarni ishlatadi. Har bir aloqa liniyasiga ma’lum polosa ajratiladi. Ajratilgan polosaning o‘rta chastotasi uzatuvchi radiostansiyaning nominal chastotasi deyiladi. Xalqaro radioaloqa reglamentiga muvofiq radiochastotalar 9 ta dipazonlarga bo‘lingan, ularda radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari bir xil va 4 dan 12 gacha nomerlar bilan belgilanadi. N nomerli dipazon pastdan 0,3 · 10N Gs va yuqoridan 3 · 10N Gs chastota bilan chegaralangan. Dipazonlarga quyidagi nomlar berilgan:

Chastotalar

To‘lqin uzunliklari

To‘lqin uzunligining metrik nomi

Chastotalar diapazoni nomi

To‘lqinlar nimdiapazoni

4 - 3...30 kGs

100...10 km

Miriametrli

Juda past JPCh

O‘ta uzun O‘UT

5 – 30...300 kGs

10...1 km

Kilometrli

Past PCh

Uzun UT

6 – 0,3..3 MGs

1km....100 m

Gektometrli

O‘rta O‘Ch

O‘rta O‘T

7 – 3...30 MGs

100...10 m

Dekametrli

Yuqori YuCh



Qisqa QT

8 – 30... 300MGs

10...1 m

Metrli

Ultra yuqori UYuCh

Ultra qisqa UQT

9 – 0,3...3 GGs

1 m...1 dm

Desimetrli

O‘ta yuqori O‘YuCh

10 – 3..30 GGs

10...1 sm

Santimetrli

Juda yuqori JYuCh

11 – 30.. 300 Gs

10...1 mm

Millimetrli

12 – 300... 3000 GGs

1... 0,1 mm

Desimillimetrli

Bu yerdan ko‘rinib turibdiki, dmapazonning nomeri ortishi bilan chastotalar diapazoni kengligi oshadi, masalan: № 4da Δf4=27 kGs, №12da esa Δf12=2700 kGs. Diapazonning chegaralarida radioto‘lqinlarning tarqalishi sharoitlari taxminan bir xil. Uzatish joyidan qabullash joyiga xabarlarni tashish uchun radioaloqa liniyasining ishchi chastotasi yoki tashuvchi chastota quyidagi talablarni hisobga olish orqali tanlanadi:



  1. Ishlaydigan, nurlanishlari rejalashtiriladigan liniyaning kerakli punktlarida radioqabullashga halaqit qiladigan radiostansiyalarning mavjud emasligi;

  2. Bu chastotada ishlashi yangi uzatkichni ishlashiga halaqit qilishi mumkin bo‘lgan radioaloqa va uzatish tizimlarining mavjud emasligi;

  3. Tanlanadigan chastota mavjud radiochastotalarni taqsimlanishi rejalarini bo‘yicha bu radioaloqa turi uchun ajratilgan diapazonda bo‘lishi kerak;

  4. Uzatiladigan radiosignallar spektri kengligiga mos keladigan yetarlicha katta keng chastotalar polosalarini egallash imkoniyati bo‘lishi ko‘rak.

Keltirilgan talablarni tahlil qilish bilan ko‘rsatish mumkinki, ko‘p kanalli radiokanalni qurish barcha 9 ta diapazonlarning hammasida ham maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi. Masalan, № 4 diapazonda AM qo‘llanilganda faqat 3-kanalli TLF radioliniyalarini tashkil etish mumkin (ΔFtlf= 0,3 ? 3,4 kGs, Δf= 8 kGs, Δf4 = 27 kGs). Bu diapazonda hatto bitta uzatish (ΔFuzat= 15 kGs) va TV (ΔFTV= 6 MGs) kanalini yuqori sifatli uzatilishini tashkil etish mumkin emas. TV uzatish uchun №8 dipazon, radioeshittirish uchun, ko‘p kanalli radioliniyani tashkil etish uchun esa odatda UQT dipazon (8 va undan yuqori diapazonlar) ishlatiladi. RRL kanalli hisoblanadi, u holda tashuvchi chastotalar YeSY orqali aloqa tizimlarida bo‘lganidek UQT dipazonida tanlanadi.

Download 287.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling