1-ma’ruza. Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari faning tarixi va rivojlanish tendensiyalari


qarich - qo„l kafti yoyilgan holda bosh barmoq va jimjiloq orasidagi masofa,  quloch


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana07.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1173326
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma'ruza

qarich - qo„l kafti yoyilgan holda bosh barmoq va jimjiloq orasidagi masofa
quloch - qo„llar ikki tomonga yoyilganda orasidagi masofa, qadam - balog„at 
yoshidagi odamning sokin odimlashidagi yurish birligi, tirsak - kaft va tirsak 
orasidagi masofa, chaqirim - ochiq dala sharoitida birining tovushini ikkinchisi 
eshita olishi mumkin bo„lgan masofa, ladon- bosh barmoqni hisobga olmaganda 
qolgan to„rttasining kengligi; fut- oyoq tagining uzunligi; pyad- yozilgan bosh va 
ko„rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, va hokazolar. 

Markaziy Osiyoda ham o„lchovlar va ularning turg„unligini saqlash, o„lchash 
qoidalariga qat‟iy rioya etish masalalariga jiddiy e‟tibor berilgan. Aksariyat hollarda 
buning nazorati eng yuqori amaldorlar tomonidan olib borilgan. Masalan, islom 
ta‟limotida to„g„ri o„lchash, ya‟ni xaridor haqini urib qolmaslik (buni hozirda ham 
“tarozidan urib qolish” deyiladi) masalalariga juda qattiq qaralgan. Bu borada 
xalqimiz manaviyatiga singdirilgan “xaridorning haqi etti pushtingga uradi”, 
“tarozidan urib qoluvchining joyi do„zahning eng to„rida bo„ladi”, “xaridor haqiga 
xiyonat qiluvchi ollohning birinchi dushmanlaridandir” kabi iboralar bu 
ta‟limotning isbotidir. 



3. Metrik tizimning joriy etilishi.

Vaqt o„tishi bilan savdo-sotiq va o„zaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi mobaynida 
o„lchovlarga aniqlik kiritish, yangilarini hosil qilish, o„zaro solishtirish va qiyoslash usullari shakllanib, 
o„nlab yangi va mukammalroq o„lchash birliklari hosil bo„la boshlagan. Bu birliklarning o„zaro 
bog„liqligi masalalari esa tobora muhim ahamiyat kasb eta boshlagan. SHu bois olimlar bir asosiy 
kattalikning o„lchash birligini boshqa asosiy kattalikning o„lchash birligi bilan bog„liqligini ta‟minlash 
ustida bosh qotira borganlar. Bunda yana bir talab - kattalikning turli o„lchovlarining qiymatlari 
orasidagi o„zaro bog„liqlik muayyan qonuniyat asosida bo„lishini ta‟minlash lozim bo„lgan. Uzoq 
tadqiqotlardan so„ng olimlar qadimgi Bobil davlatida qo„llanilgan “o„nlik tizimi”ga qaytishgan. Aynan 
shu tizim asosida metrik tizim ta‟sis etilgan.

Texnik aspektda esa o„lchashlarning ahamiyati texnologik jarayonlarni boshqarish, mahsulotning 
yuqori sifatliligini ta‟minlash, ob‟ektni boshqarish, nazorat qilish bo„yicha informatsiya hosil qilinishi 
bilan belgilanadi.

O„lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Xalq xo„jaligida, ishlab 
chiqarishda qo„llanilayotgan murakkab tizimlarning yaratilishi o„z navbatida xususan texnologik 
o„lchashlar va o„lchashlar texnikasining har xil sohalarini rivojlanishi istiqbolini ochib bermoqda. 
O„lchash haqidagi fanning, ya‟ni texnologik o„lchashlarning rivojlanishi o„z navbatida 
universitetimizda informatsion o„lchash texnikasi va texnologiyasi bo„yicha ilmiy tadqiqot ishlarini 
avtomatlashtirish bo„yicha nazariy texnologik o„lchashlar bo„yicha yangi o„quv mutaxassisliklari 
yo„nalishlarini ochilishiga sabab bo„lmoqda. Bu esa albatta, deyarli hamma yo„nalish 
mutaxassislarning texnologik o„lchashlar bo„yicha bilim va ko„nikmalarini yuqori bosqichga 
ko„tarishni taqazo etadi. SHu sababli ilgaridan qo„llanib kelayotgan kam quvvatli, inertli asboblar 
sekin-asta juda tezkor, yuqori unumdorli asboblar bilan almashtirilmoqdaki, bu o„lchash amalini 
bajarayotgan shaxslarning faoliyatini va albatta tabiiyki ularga qo„yiladigan talabni ham 
o„zgartirmoqda. 



Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling