226-mashq. O‘qing. Fe’llarga ketma-ket qo‘shilgan o‘timlilashtiruvchi va o‘timsizlashtiruvchi affikslarni toping. Bu fe’llarning o‘timli yoki o‘timsiz ekanligini ayting.
1. Eshikni ochgan xizmatkor ogohlantirilgan bo‘lsa kerak, «marhamat msьe» deganicha boshlab ketdi. (SH.) 2. Sulton Navoiyni o‘z huzuriga chaqirtirdi. (L. Batь.) 3. Ularni uyg‘onmasidan qo‘lga olib, qurolsizlantirish zarur. (L. Batь.) 4. Xitoydan keltirilgan pakana-pakana daraxtlarning egri-bugri shoxlariga rang-barang hind qushchalari qo‘nib o‘tiribdi. Hovlining zangori va havo rang koshin yotqizilgan yo‘lkalarida chiroyli tovuslar yurishadi. (L. Batь.) 5. Mehmonlar Eron gilamlari to‘shalgan qirq ustunli qasrda to‘planishmoqda edi. (L. Batь.) 6. Xalqni yo‘ldan ozdirishda shubhalanilgan kishilar qo‘llari orqalariga mahkam bog‘langan holda keltirilardi. (L. Batь.) 7. Uning: «Serhosil dalalar va bog‘-rog‘larga aylantirilmagan bir qarich ham sho‘rxok yer qolmasligi kerak», — deb aytganidan beri oradan bir necha yil o‘tgandi. (L. Batь.) 8. CHo‘l-biyobondagi jamiki bo‘sh yotgan yerlarga jon kirgizildi. (L. Batь.)
Do'stlaringiz bilan baham: |