277- mashq. O‘qing, ravishlarni topib, to‘liq morfologik razbor qiling. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni morfemalarga bo‘ling.
1. Attang, putyovkani shu yoqqa olmabsiz-da. (S. Ahm.) 2. Matluba qurilish kontorasiga ishga kelganiga picha bo‘lgandi. (E. Nosirov.) 3. U maktabga bizdan ikki yil ilgari kirgandi. (K. Abukov.)4. Ro‘parada egilib o‘sgan archa ko‘m-ko‘k yashnab turardi. (S. Yunusov.) 5. Ayriliqda o‘tgan vaqt ichida har ikkisida ham xiyla o‘zgarishlar yuz bergan, ammo ular hamon bir-birlariga intilardilar. (L. Batь.)
3-ilova Mustaqil ishlarni tekshirish; Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to‘g‘riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o‘rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. Ravishlar qo‘shimchalar yordamida qanday so‘z turkumlaridan yasaladi?
2. Qo‘shma ravishlar qanday yasaladi?
3. Qo‘shma ravishlar qaytarzda yoziladi?
4. Juft ravishlar qanday yasaladi?
5. Takroriy ravishlar qanday yasaladi?
6. O‘rin-payt va chiqish kelishigi shaklida ravishga aylangan so‘zlar haqida gapiring.
7. Qanday so‘zlar ravishga ko‘chadi?
8. Ravishlarning otlashishi haqida gapiring.
9. Sodda tub va sodda yasama ravishlarga 3 tadan misol keltiring.
10. Ham holat, ham daraja-miqdor ravishlari guruhiga kiruvchi so‘z haqida gapiring.
11. Sifatga boјlanib, belgining belgisini bildirgan ravishga misol keltiring.
12. Boshqa turkum so‘zlari ravishga aylan-ganda qanday qo‘shimchalarni olgan bo‘ladi?
13 Ravishlarning tuzilish jihatidan turlarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |