1. Kishilik (shaxs) olmoshlari
Kishilik (shaxs) olmoshlari uchta shaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. U kishilik olmoshiga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda, bir n orttiriladi: unga, unda, undan. Qaratqich, tushum kelishigi va qarashlilik shakli qo‘shimchasi –niki qo‘shilganida esa, -n tushiriladi: men+ning=mening, sen+ni=seni, sen+niki=seniki.. Kishilik olmoshlari gapda ega (Men keldim), to‘ldiruvchi (Senga aytaman), qaratqich aniqlovchi (Uning ukasi kelibdi), ot- kesim (Mening do‘stim sensan) vazifalarini bajaradi.
2. O‘zlik olmoshlari
O‘zlik olmoshi narsa-buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko‘rsatish uchun ishlatiladigan o‘z so‘zidir. Bu olmosh narsa-buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o‘z uyi, o‘z ukasi. O‘zlik olmoshi egalik qo‘shimchasini olib, kishilik olmoshlariga sinonim bo‘ladi: o‘zim - men, o‘zing - sen, o‘zi - u.
Do'stlaringiz bilan baham: |