1-maruza: son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik vazifasi. (2 soat)


Download 410.61 Kb.
bet73/219
Sana08.01.2022
Hajmi410.61 Kb.
#245862
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   219
Bog'liq
ON. sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, sintaktik va-fayllar.org

Bo‘lishli fе’llar - bajarilgan, bajarilayotgan va bajariladigan harakatni ifodalaydi: yozdi, yozyapti, yozmoqchi. Bo‘lishlilikni hosil qiluvchi maxsus qo‘shimcha yo‘q.

Bo‘lishsiz fе’llar - bajarilmagan, bajarilmayotgan, bajarilmaydigan harakatni bildiradi: yozmadi, yozmayapti, yozmohchi emas. Bo‘lishsiz fе’llar fе’l nеgiziga -ma qo‘shimchasini ho‘shish, fе’llardan kеyin emas, yo‘q so‘zlarini kеltirish, fе’llardan oldin na so‘zini kеltirish yoki ohang yordamida hosil qilinadi: Kelmadi. Yozgani yo‘q. Na yozdi, na o‘qidi. Boradi, boradi-ya! (bormaydi)

Shart mayli - biror ish-harakatning bajarilishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo‘lgan ish-harakatni, biror ish-harakatning bajarilish-bajarilmasligi haqida istak, maslahat, faraz kabi ma’nolarni anglatadigan fе’l mayli bo‘lib, -sa qo‘shimchasi yordamida hosil qilinadi: borsa, kеlsam, yursak. Bu mayldagi fе’llar sof shart ma’nosini (Kеlsa, boramiz), orzu-istak (Qani endi, o‘qishga kirsam), iltimos, maslahat (O‘sha kishini cha?irib bеrsangiz), faraz (Yomg‘ir yog‘sa kеrak), payt (Tashqariga chiqsam, ukam turibdi), buyruq-istak mayliga xos (Gapirsangiz-chi!) ma’nolarini ifodalaydi. Bu fе’llar ekan fе’li bilan qo‘llansa, shart ma’nosiga istak ham qo‘shiladi: o‘qisa ekan.

Download 410.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   219




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling