3-SINF
TABIATSHUNOSLIK
(34 soat)
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
jonli va jonsiz tabiat, atrofimizdagi tabiatning tarkibiy qismlari va tabiat hodisalari
mohiyatini biladi; suvning tirik organizmlar va insonlar uchun ahamiyatini biladi; ob-havodagi o‘zgarishlarni kuzatadi va uni mahalliy belgilarga qarab aniqlaydi; yog‘in turlarini ajratadi;
foydali qazilmalarlarini, ularning ahamiyatini biladi;
foydali qazilmalardan oqilona foydalanish va ularni tejashni o‘rganadi; tuproqning inson uchun ahamiyatini biladi;
madaniy o‘simliklarni parvarish qilish va ekin maydonlarini begona o‘tlardan
tozalashni biladi;
“Qizil kitob”ga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlar, ularni asrash bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ladi; suv va gazni tejab, isrof qilmasdan ishlatadi.
KIRISH
(1 soat)
Tabiatshunoslik nimani o‘rganadi? Tabiatning tarkibiy qismlari. Jonli va jonsiz tabiat. Tabiat hodisalari.
BOB. TABIATDA SUV VA HAVO
(7 soat)
Yer usti va yer osti suvlari. Okean va dengizlar. Daryo va ko‘llar. Muzliklar. Yer osti suvlari.
Suvning xususiyatlari. Suvning ahamiyati. Suvning xususiyatlari. Suvning uch holati.
Suvni muhofaza qilish va tejash. Oqar suvlar. Toza va chuchuk suvlar. Suvlarning ifloslanishi. Ichimlik suvlari. Suvlarni tejash va muhofaza qilish.
Tabiatda havo. Havo nima? Havoning ahamiyati. Havo harorati.
Ob-havoning belgilari. Ob-havo. Ob-havoning mahalliy belgilari. Shamolning paydo bo‘lishi.
Yog‘inlar. Yog‘inlar, ularning turlari. Tabiatda suvning aylanishi.
BOB. YER OSTI BOYLIKLARI
(5 soat)
Foydali qazilmalar qayerdan olinadi? Foydali qazilma haqida tushuncha. Foydali qazilmalar qanday hosil bo‘ladi? Ular qayerlardan qazib olinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |