1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari


Titrash hosil qiluvchi mashinalar orasida transport vositalari, katta hajmdagi qo‘zg‘olmas agregatlar, qo‘lda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar mavjud


Download 0.51 Mb.
bet33/47
Sana23.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1111245
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47
Bog'liq
Temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalar

Titrash hosil qiluvchi mashinalar orasida transport vositalari, katta hajmdagi qo‘zg‘olmas agregatlar, qo‘lda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar mavjud.

Texnika taraqqiyoti natijasida zamonaviy mexanika-mashinasozlik korxonalarida turli tuman jihozlarning kirib kelishi, shuningdek bu mashinalarning unumdorligini oshirishga talabning kuchayganligi, mashinalarningiloji boricha kam material sarflab, qo‘l bilan bajariladigan vazifalarni mexanizmlar zimmasiga yuklash natijalari insonga ta’sir etuvchi qo‘shimcha hodisa, titrash hodisasini kelib chiqishiga olib keldi. Titrash sanoatda ishchining ish unumdorligini kamaytiribgina qolmasdan, balki uning sog‘ligiga ham ta’sir ko‘rsatishi va bu ta’sirning oldi vaqtliroq olinmasa, xavfli titrash kasalligiga olib kelishi aniqlandi. Shuning uchun ham titrashga qarshi kurash muhim ahamiyatga ega.

Titrashning fizik xususiyatlari. «Titrash: atamalar va tushunchalar» da «titrash» deb nuqta yoki mexanik sitsemaning, xech bo‘lmaganda bitta koordinat bo‘ylab, vaqt birligida navbatma-navbat ortib va kamayib turuvchi harakatiga aytiladi.

Titrash mashina va mexanizm qismlaridagi kuchlarning nomuvofiqlik harakati natijasida kelib chiqadi. Bunga mexanizmlarning chiziqli harakatini aylanma haraktga aylantirishdagi krivoship-shatun mexanizmalirining harakati, silkituvchi harakat hosil qiluvchi shibbalash qurilmalari, shuningdek posangilashtirilmagan aylanma harakat qiluvchi qismlar, masalan qo‘lda ishlatiladigan silliqlovchi mashinalar, datsgohlarning silliqlovchi va qirquvchi qismlaridan kelib chiqadigan titrashlar misol bo‘la oladi.




2. Sanoat changi va unga qarshi kurash
Kelib chiqishi bo‘yicha chang organik (o‘simlik va hayvonot olami), noorganik va aralash bo‘ladi. CHang organizmga nafas yo‘llari orqali tushadi, o‘pkaga o‘tib, ko‘zning shilliq pardalari va teri ustiga o‘tirib qoladi. CHangni uzoq vaqt davomida yutish o‘pkaning surunkali xastaligini yuzaga keltiradi. Xastalik pnevmokonioz deb ataladi.
Zarari bo‘yicha chang agressiv (toksik) - qo‘rg‘oshinli, silikatli va noagressiv – ko‘mirli, yog‘och pixli, shakar kukunli, unliga bo‘linadi.
Ko‘rinishiga qarab o‘lchovli (aerozol) va o‘tirgan (aerogel) ga bo‘linadi. CHang zarrachalarining miqdori qanchalik kichik bo‘lsa, shuncha chang xavflidir.
O‘pkaga 1 dan 5 mk gacha xajmidagi chang zarrachalari tushadi. 5-10 mk dan kattalari burun xalqumga o‘tirib qoladi va yo‘talganda, hamda aksa urganda bo‘linadi. Korxonalar sexlari, elektrotexnika va radioelektronika sanoati zavodlarida faoliyat davomida kimyoviy moddalar bug‘lari ajralib chiqadi – ular eritma, aralashmalar, kondensatorlar ishlab chiqarishda simob bug‘lari, payvandlashda qo‘rg‘oshin bug‘lari ajraladi. Agar zararli ajralmalar sanitar normalar va me’yorli yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyaga nisbatan sezilarsiz bo‘lsa, unday holda maxsus sog‘lomlashtirish tadbirlaridan foydalanish talab qilinmaydi.
Sezilarli chang ajralmalari bilan ishlab chiqarish binolari uchun havo muhitini sog‘lomlashtirish yuzasidan profilaktika tadbirlarini o‘tkazish zarur:
I. Texnologik jarayonlarni takomillashtirish yoki o‘zgartirish;
II. Ventilyasiya tizimlarini to‘g‘ri loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi;
III. Havoni konditsionerlash maxsus tizimi qo‘llanilishi, shuningdek uni ozon bilan to‘yintirish;
IV. Ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, distansion boshqaruvning qo‘llaniilishi.
Individual himoya vositalari – respiratorlar, changga qarshi ko‘zoynaklar.
CHang zarrachalari soni va sifati va boshqa aerozollarini aniqlash uchun umuman bino havosini, ayniqsa ishchi hududida (poldan 1 dan 2 metrgacha) va slesar-ta’minlovchining tez-tez bo‘lib turli hududida havoni muntazam tarzda tahlil qilish zarur.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling