Tenzorezistorlar.
Bu rezistorlarning ishlash prinsipi tenzoeffektga – mexanik deformatsiya ta’sirida metall yoki yarim o‘tkazgich elektr qarshiligining o‘zgarishiga asoslangan.
Ma'lumki, o'tkazgichning elektr qarshiligi
ifoda bilan aniqlanadi, bunda p - o'tkazgich yasalgan materialning solishtirma elektr qarshiligi, l, S - o'tkazgichning mos ravishda uzunligi va ko'ndalang kesim yuzasi.
Mexanik deformatsiyalanishda o'tkazgich elektr qarshiligining o'zagrishi uning uzunligi ∆l/l, ko'ndalang kesim yuzasi ∆S/S yoki solishtirma elektr qarshiligi ∆p/p ning o'zgarishlari natijasida yuz beradi. Deformatsiya natijasida o'tkazgich qarshiligi o'zgarishining shu o'zgarishga sababchi bo'lgan uning uzunligi o'zgarishiga nisbati tenzosezgirlik deb ataladi:
Tenzorezistor materiali plastik deformatsiyalanganda uning hajmi va solishtirma elektr qarshiligi o'zgarmaydi. Shuning uchun ham plastik deformatsiyalanuvchi tenzorezistorlarda tenzosezgirlik koeffitsiyenti 2 ga teng bo'ladi.
Tenzorezistorlar konstantan, nixrom va vismutdan tayyorlanadi. Bu sohada kremniy va uning qotishmalari ham keng qo'llaniladi. Yarim o'tkazgichli tenzorezistorlarda tenzosezgirlik koeffitsiyenti metall tenzorezistorlarnikidan farqli ravishda bir necha yuzga teng bo'ladi. Bundan tashqari, kremniyda qarshilikning harorat koeffitsiyenti uncha yuqori emas.
Konstruktiv jihatdan tenzorezistorlar metall sim, yupqa folga yoki yarim o'tkazgichli plastina shakllarda yasaladi (2 - rasm). Tenzorezistorlar yupqa qog'ozga yoki lok qobiqqa yelemlab qo'yiladi. Tenzosezgir element qismalariga ingichka mis simlar payvandlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |