1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari
-MAVZU: TEXNIK IJODKORLIKDA DIZAYN ECHIMLARINING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI
Download 0.49 Mb.
|
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi
1 5-MAVZU: TEXNIK IJODKORLIKDA DIZAYN ECHIMLARINING O‘ZIGA XOS HUSUSIYATLARI
Texnik va badiiy modellashtirish umumiy jarayon sifatida. Sanoat - texnik maxsulotlarning badiiy jixatdan maqsadga muvofiqligi, ularga estetik tus berish-olimlar, injenerlar ishlab chiqarish xodimlarining muhim vazifasidir. Qulay va chiroyli buyumlar yaratishga qaratilgan badiiy konstruksiyalash (dizain)ning diqqat markazida xamisha odam, uning ijtimoiy va individual ehtiyojlari, iste’mol va ma’naviy talablari turadi. Har bir predmet (buyum) sanoat asaridan farqli o’laroq qandaydir hayotiy muhim vazifaga (funksiyalariga) egadir. Lekin deyarli har bir ishida o’zini go’zal buyumlar bilan o’rab olish ehtiyoji bor. Shuning uchun ham buyumning qimmati ikki asosni -foyda va go’zallikni qamrab oladi. Har bir buyumda texnik va estetik asos mavjud bo’lib, u hamisha muhim bo’lmaydi va tarixan almashib turadi. O‘quvchining rivojlanishida harakatli-o‘zgaruvchi sifatli bilimlar tizimi muhim rol o‘ynaydi. Bu bilimning muhim tomonlaridan biri shundan iboratki, unda voqelikni sub’ektivlik mezoni asosida bo‘limlarga bo‘lib qaraladi. Bu jarayon, o‘z navbatida, qaralayotgan modellarning orasida muqobillarini qidirishga, bir modelni boshqa model bilan taqqoslash va taqqoslanadigan komponentlarning nafaqat o‘ziga, balki dizayniga ham ahamiyat berishga, harakat qilishga o‘rgatadi. Ma’lumki, taqqoslash bir jinsli predmetlar ustida olib borilib, ularga taqqoslanuvchi komponentlarning sifatlari, xossalari haqida umumiy xulosalar chiqaruvchi, yakuniy natijaga olib keluvchi faktlar majmuasi yaratiladi. O‘quvchilarda kasbiy ahamiyatli sifatlari hamda kreativlik qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan dizayn loyihalar, individual ta’lim texnologiyalarini hamda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun maxsus pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish kerak bo‘ladi. Texnik ijodkorlik kompetentligini amalga oshirish uchun, psixologik-pedagogik shart-sharoitlar yaratilishi lozim. Texnik ijodkorlik faoliyati pedagogik shart-sharoitlar yaratishni tasniflash negizida shaxs faoliyatining tarkibiy komponentlari: bilish, ijodiy, kommunikativ, badiiy faoliyatlar yotishi mumkin. SHunga ko‘ra, besh xil psixologik holatni ajratish mumkin: 1. Pedagogik faoliyatning o‘ziga xos uslubini va texnik ijodkorlikni rivojlantirish jarayonini loyihalashning mohiyatini, tamoyillarini va jarayonlarini bilish. 2. Texnik ijodkorlikda faoliyatga hissiy va qadriyatli munosabat, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish zarurligiga ishonch hosil qilish. 3. O‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kreativ darajada amalga oshirish qobiliyati. 4. Jamoaviy faoliyat jarayonida boshqa odamlar bilan o‘zaro kommunikativ kompetensiyaga yo‘naltirilgan aloqalarni yo‘lga qo‘yish. 5. Texnik ijodkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni loyihasini mantiqiy va uyg‘unlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyat. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling