1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari
Download 479.64 Kb.
|
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi
O‘qituvchi – yangilik kirituvchi:
Yangiliklarni ayniqsa o‘zga davlatlardan kirib kelayotganlarini farqlaydi va tushunib etadi; Yangiliklarni tahlil qila olishga layoqatli; Yangiliklarni turli xil vaziyatlarda qo‘llay oladi va kamchiliklarini to‘g‘rilaydi; O‘z pedagogik amaliyotida yangiliklardan ijodkorona foydalana olishga layoqatli. Bo‘lg‘usi texnologiya ta’limi o‘qituvchilarining ijodkorlik qobiliyatini shakllanishida psixologik-pedagogik shart-sharoitlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning har biri o‘z tarkibiga quyidagi muhim jihatlarni biriktiradi: - pedagogik bilimlar – psixologik ma’lumotlar, o‘qituvchi mehnatining mohiyati haqida pedagogik tushuncha, uning pedagogik faoliyatining o‘ziga xosligi, muomalasi, shaxsi, ta’lim oluvchilarning psixologik rivojlanish darajasi, ularning yoshi; - mahorat – harakat, keraklicha yuqori darajada bajariladigan faoliyat; - kasbiy psixologik pozitsiya – o‘qituvchining ta’lim oluvchiga, hamkasblariga, o‘ziga bo‘lgan munosabatini aniqlovchi xulq-atvori, salohiyati, kasbiy takomillashuv darajasi, o‘z mehnatining mohiyatini tushunishi; - psixologik o‘ziga xosligi (ma’naviy fazilatlari) – bilimga chanqoqligi, pedagogik fikrlashi, salohiyati, kuzatuvchanligi, maqsadga intilishi, qiziqishi va boshqalar. Bugungi kunda ijodkorlik va shaxsning ijodiy xislatlarini shakllantirish masalasiga o’z navbatida pedagoglar, psihologlar, filosoflar va hamda sosiologlar ham o’z e’tiborini qaratmoqda. Har qanday normal insonda va bolada ijodkorlik qobiliyatni o’stirish mumkinligini psihologlar tasdiqlagan. Psihologiya-pedagogika fanlarining xulosasidan shu narsa ma’lumki, bolalarda ijodkorlik qobiliyatini yoshlik davridanok rivojlantirish zarur. Pedagoglarning fikricha agarda bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish erta yoshdan boshlanmasa keyinchalik qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ijodkorlikka juda erta yoshdan bolalarni yo’llash lozim. Pedagogik tomonidan ham ijodiy qobiliyatni rivojlantirish yo’llari aniqlangan. Umumiy holda ular uchun bolalarni ijodiy faoliyatga jalb qilish kerak. Barchamizga ma’lumki bolalar mehnatining bosh maqsadi bu o‘qish. Shuning uchun ham o’quvchilar ijodiy qirralarini tarbiyalash uchun uni mustaqilijod qilish kerak. Afsuski bizning maktablarda o’quvchilarga berilgan bilimlarni tiklashishlari amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarga axborotlarni berishdan iborat. Bunda o’qituvchi tayyor bilimlarni va axborotlarni to’g’ridan-to’g’ri o’quvchilarga passiv qabul qiluvchi qurilmalarga uzatuvchi vazifasini bajaradi. O’quvchi keyingi mashg’ulotlarda tayyoor holdagi bilimlarnigina yaxshi o’zlashtiradi. Tayyor holatdagi bilim va ko’nikmalarni egallash va amaliyotda qo’llashga imkoniyat tug’ilmaydi. Bu jarayon o’quvchilar uchun foydali hisoblanadi, ammo ularning fikrlay olish qobiliyati rivojlanmaydi. Mehnat ta’limi predmetida ham bu narsa o’z-o’zidan boshqa fanlar singari olib boriladi. Maktab o’quvchisi ijodiy qobiliyatining qirralarini faqat o’quv faoliyati davomida shakllantirishi mumkin desak xato qilgan bo’lamiz. Balkim faqat o’quv mashg’ulotlari davomida o’quvchilar shaxsining ijodiy qobiliyatini shakllantirish mumkin emas. Bevosita ijodkorlikning aniq turi bo’yicha amaliy faoliyat lozim, ya’ni texnik, badiiy va boshqalar. O’quvchilarning bolalar texnik ijodkorligi – o’quvchilarning ijodkorlikga jalb qilishning kenga tarqalgan ommaviy shaklidir. Bolalar texnik ijodkorligiga ikkita ham pedagogik ham psihologik nuqtai nazardan qarash mumkin. Pedagoglar bolalar texnik ijodkorligini nafaqato’quvchilarni turli xildagi texnika olami bilan tanishtirish, ularni qobiliyatlarini rivojlantiruvchi faoliyat sifatida qaraydi, balkim ularni mehnatga tarbiyalash va politexnik ta’lim berishning samarali usullaridan biri sifatida qaraydi. Psihologlarbolalar texnik ijodkorligida o’quvchilarda ijodkorlik qobiliyatining ma’lum turiga bo’lgan qiziqish mayillarini shakllantirishga katta ye’tibor qaratadi. Boshqacha aytganda o’quvchilarning ijodiy faoliyatini boshqarishda psihologlar ijodiy qobiliyatini to’g’ri tashxis uslubidan foydalanadi, ya’ni o’quvchilar qanday faoliyat turida va qanday sharoitda yanada o’zini mahsuldor qilib ko’rsata oladi. Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olg‘a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo‘lib kelgan. SHunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o‘rgatish, uni o‘z za-monasining eng ilg‘or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. O‘quvchilarning texnik ijodkorligini tashkil qilishda ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi talabalar ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlarni egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan; ikkinchisi - o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi. Texnik ijodkorlik o‘quvchilar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini tahminlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarining fan asoslarini o‘zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda ijodiy ishlar shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Texnikijodkorliknio‘rganishnatijasio‘quvchilardayanadaijodiyfikrlashvatadbirkorlikkayo‘naltirilganbilimlarniegallashgaxamdamoslashishqobiliyatigaegabo‘ladi. Mavjudmuammolargaetarlichavaqobiliyatbilanmunosabatdabo‘lish,g‘oyalarniyaratishvaamalgaoshirishuchunijodiyyo‘llarnitopish, yangiliklarniamaldaqo‘llash, jamiyatmuammolarigainnovatsionechimlarnitopishmaqsadgamuvofiqbo‘ladi. Download 479.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling