1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi


Download 479.64 Kb.
bet61/80
Sana27.01.2023
Hajmi479.64 Kb.
#1131299
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

O‘quvchilarning konstruktorlik qidiruv faoliyatining mantig‘i va strukturasi. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi integral xaraktergaega, ya’ni u bilish – qayta qurish faoliyatini o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan nazariy tekshirish, tajriba, texnik masalalar echish, model va qurilmalarni real holatda ishlatilishi, uni sinash kompleksi bilan belgilanadi. Shu faoliyat orqali o‘quvchilar ob’ektiv borliq haqida bilimga ega bo‘ladi, oldinga surilgan nazariy g‘oyani to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida amaliyotda tekshirib xulosa chiqarish bo‘yicha ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. O‘quvchilar har qanday yangi texnik ob’ektni yaratish jarayonida mustaqil organik jihatdan o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bosqichlardan iborat. Bu texnik ijodkorligida mantiqiy strukturali bosqich hisoblanadi.
1-bosqich, maktab o‘quvchilari faol ravishda mavjud bo‘lgan texnik ob’ektning mohiyatini tushunishga harakat qiladi;
2-bosqich, bu o‘quvchilarni ma’lum texnik ob’ekt tuzilishining texnik g‘oyasi sodir bo‘lishi bilan boshlanadi;
3-bosqich, yangi bo‘lajak texnik tuzilishning (ideal xolatda) modeli ishlab chiqiladi;
4-bosqich, loyihalash, yosh texnik fikrga kelgan ob’ektning mazmuni va shaklini keltiradi;
5-bosqich, harakatdagi modelni qurish va sinash;
6-bosqich, qurilmaning real namunasini yaratish va aslini tajribadan o‘tkazish;
7-bosqich, texnik hujjatlarni yaratish.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda sinab ko‘rish muhim bosqich hisoblanadi.
Chunki talabalar tomonidan tayyorlangan xar bir topshiriqning (modelning) qancha puxta va sifatli hamda barcha texnik va texnologik talablarga javob berishining baholash mezoni bu sinab ko‘rish jarayonidir. Modellarni tayyorlash asosan uch bosqichda amalga oshiriladi:

  1. texnik xujjatlarni tayyorlash

  2. yasash

  3. sinab ko‘rish.

Bundan sinab ko‘rish jarayoni o’quv jarayonida barcha bosqichlardek bir xilda qaraladi. Ishlab chiqarish jarayonida esa sinab ko‘rish asosiy bosqich hisoblanadi, chunki bu jarayonda tayyorlangan mashinaning qanchalik ishonchligi, puxtaligiga ishonch hosil qilinadi.
Mashg`ulotlarda konstruksiyalash bo`yicha talabalar tayyorlangan xar qanday ob’yekt qo‘yilgan texnik talablarga muvofiqlashtirilishi lozim. Model yoki asbobning uzellari va detallari oxirgi sozlash hamda rostlashdan keyin ularni ishlatib sinab ko‘rish zarur. Bajarilgan ishlarga baxo qo‘yishda quyidagi talablarni hisobga olish kerak:
A) Fan-texnikaga doir tegishli xajmdagi bilimlarni va ulardan amaliy faoliyat jarayonida foydalanish ko`nikmalarini o‘zlashtirish;
B) ishning sifati, xajmi va vaqt normasining bajarilishi;
V) qilinadigan ishni planlashtirish va ish o‘rnini tashkil etish.
G) mehnat usullarini to‘g‘ri bajarish ko`nikmasini hamda ish va kontrol ulchov asboblaridan foydalanish.
D) texnik va ma’lumotli adabiyotlardan foydalana olish va buyumni tayyorlashning texnologik jarayoniga muvofiq ishlash.
E) mehnat intizomiga rioya qilish va ishda mustaqillik ko‘rsatish.
J) ish o‘rnida sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilish.
Talabalar modellar sinab ko‘rish jarayonida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar yoritadi.

Download 479.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling