1-ma’ruza“Boshlang’ich ta’limda bolalaradabiyoti”fan sifatida. “Boshlang’ich ta’limda bolalaradabiyoti”faniningyuzagakelishi, rivojlanishi


Download 36.2 Kb.
bet1/2
Sana27.10.2023
Hajmi36.2 Kb.
#1727483
  1   2
Bog'liq
.trashed-1700236983-1-ma\'ruza

1-MA’RUZA“Boshlang’ich ta’limda bolalaradabiyoti”fan sifatida. “Boshlang’ich ta’limda bolalaradabiyoti”faniningyuzagakelishi, rivojlanishi




«Bolalar adabiyoti» deganda turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan so‘z san’atidagi asarlar; hayotiy-kundalik va tarixiy voqelikni bolalarcha idrok ettiradigan, bolalarcha tasavvur va tafakkur timsollarida gavdalantiruvchi, bolalar tili va leksikasiga, aqli saviyasiga mos keluvchi badiiy asarlar majmuasini tushunamiz. Bunday asarlarning mualliflari esa bolalar shoiri yoki bolalar yozuvchisi, adibi deb yuritiladi. Zafar Diyor, Ilyos Muslim, Q.Muhammadiy, SHukur sa’dulla, Adham Rahmat, Hakim Nazir, Po‘lat Mo‘min, Qudrat Hikmat, Hudoyberdi To‘xtaboev, Tursunboy Adashboev kabilar ana shunday bolalar shoiri yoki bolalar yozuvchisi, adiblaridir. Adib so‘zi bolalar shoiri yoki bolalar yozuvchisi atamalariga nisbatan hozirgi vaqtda juda kam qo‘llansa-da aslida ikki ma’noda: keng ma’noda, umuman, so‘z san’atkoriga nisbatan, tor ma’noda prozaik yozuvchiga nisbatan ishlatiladi.
Bolalar adabiyoti badiiy adabiyotning ajralmas tarkibiy bo‘lagi sanaladi, boshqacha aytganda, badiiy ijodning bolalarga bag‘ishlangan qismi shu nom bilan yuritiladi. Bu adabiyot badiiy asarlar bilan birga, keng ma’noda bolalar uchun yozilgan ilmiy-ommabop kitoblarni, turli xil izohli ma’lumotlardan iborat to‘plamlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan esa «kattalar adabiyoti»dan mustahkam o‘rin egallagan ko‘pgina yozuvchi va shoirlar ham borki, ularning ijodlarida bolalarga bag‘ishlangan turkum-turkum asarlar ham mavjud, u yoki bu asarlarida bolalarga atalgan sahifalar ham oz emas. A.Navoiy, Bobur, Hamza, A.Avloniy, S.Ayniy, H.Olimjon, Oybek, G‘.G‘ulom, Uyg‘un, E.Vohidov, A.Oripov kabi shoir va yozuvchilarning asarlari ham bolalarning sevikli kitoblariga aylanganligi inkor etib bo‘lmaydigan haqiqat. Ko‘ramizki, bolalar adabiyoti fondidan – xazinasidan joy olgan asarlarning mualliflari o‘zlarining serqirra ijodlari bilan adabiy jarayondan, adabiyotning oltin sahifalaridan ikki yo‘nalishda joy olgan: birinchisi – sof professional bolalar shoiri yoki yozuvchisi sifatida tanilgan va bolalar adabiyotining yirik vakillari sifatida nom qozongan ijodkorlar; ikkinchisi – kichkintoylar uchun ham, kattalar uchun ham asarlar yozgan va umuman, kattalar adabiyotining ulkan siymolari sifatida tanilgan va el ardoqlagan ijodkorlardir.
Bolalar adabiyotining shakllanish bosqichi kishilik jamiyatining eng qadimgi bosqichlariga borib taqaladi, deyish mumkin. CHunki bu adabiyotning yuzaga kelishiga asosiy sabab – hamma vaqt insonlarning o‘z kelajagi hisoblangan yosh avlodni o‘zlari istagan an’analar ruhida tarbiyalash, o‘zlarining vorislari sifatida kelajak hayotga tayyorlab borish kabi hayotiy-tarixiy ehtiyoj sanaladiki, inson hali yozuvni kashf etmagan davrlarda bu vazifani, xalq og‘zaki ijodi, asosan, bolalar folklori bajargan. Masalan, allalar bolalarga qaratilgan, ularga bag‘ishlangan so‘z san’atining ilk namunasi hisoblanadi. Bu silsilada ertak, maqol, topishmoq, yalinchoq, hukmlagich, erkalama, ovunmachoq, tez aytish, sanama, chandish singari janrlardagi asarlar ham muhim o‘rin egallaydi.
Ma’lumki, bolalar adabiyoti har bir xalqning ma’naviy – madaniy taraqqiyoti va pedagogik fikrlarining o‘sishiga bog‘liq holda shakllanadi. SHuning uchun ham uning shakllanish bosqichi turli mamlakatlarda har xil davrlarga to‘g‘ri keladi. Masalan, Fransiyada XVII asrda SHarl Perro (1628-1703), XVII asrning oxiri XVIII asrning boshlarida Angliyada Daniel Defo (1669-1731), Jonotan Svift (1667-1745), XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning boshlari va o‘rtalarida Germaniyada aka-uka Grimmlar: YAkov Grimm (1785-1863) va Vilgelm Grimm (1768-1859), Daniyalik Xans Xristian Andersen (1805-1875), shuningdek, Rossiyada XVIII-XIX asrlarda yashab ijod etgan N.I.Novikov (1744-1828), N.A.Krilov (1769-1844), V.A.Jukovskiy (1783-1853), A.S.Pushkin (1799-1837), P.P.Ershov (1815-1910), K.D.Ushinskiy (1824-1870), L.N.Tolstoy (1828-1910), A.P.CHexov (1860-1904) kabi ulkan san’atkorlar tomonidan yozilgan asarlar yaratilgan davrlardayoq bolalar adabiyotining shakllanish tarixini belgilab bergan edi.
O‘zbek adabiyotida bolalarga bag‘ishlangan asarlar dastlab Alisher Navoiy ijodidan boshlab uchrasa-da, biroq haqiqiy bolalar adabiyoti XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida H.H.Niyoziy, S.Ayniy, A.Avloniy, Elbek, Abduqodir SHakuriy, Said Ahmad Siddiqiy kabilar ijodida maxsus adabiyot sifatida shakllana boshladi. Keyinchalik bu ro‘yxatga G‘.G‘ulom, Oybek, H.Olimjon, G‘ayratiy, Uyg‘un kabi ijodkorlar kelib qo‘shildi. Ularning an’anasi esa G‘ulom Zafariy, Zafar Diyor, Sulton Jo‘ra, Dorjiya Oppoqova, Mahmuda Oqilova, Majid Fayziy, SHokir Sulaymon, Adham Rahmat, Ilyos Muslum, SHukur Sa’dulla, Q.Muhammadiy, Hakim Nazir, Po‘lat Mo‘min kabi qator ijodkorlar tomonidan davom ettirildi va bolalar uchun mo‘ljallangan maxsus adabiyot – bolalar adabiyoti shakllandi. Aytish mumkinki, bu adabiyoti ikkinchi jahon urushigacha to‘la shakllanib ulgurdi: chunki, uning oltin xazinasi bolalar poeziyasiga ham, prozasiga ham, dramaturgiyasiga ham, adabiy tanqidiga ham mos keladigan asarlar va maqolalar yaratilgan edi. Ana shunday adabiy jarayon orqali o‘zbek xalqining butun tarixi davomida yangi ma’naviy ma’rifiy va ijodiy hodisa, bolalar uchun maxsus adabiyot yaratildi, bu adabiyot o‘z nomi bilan «bolalar adabiyoti» deb nomlandi va u uzoq yillar davomida elu xalqimizning farzandlarini ma’naviy-ma’rifiy ruhda tarbiyalashda astoydil xizmat qilib kelayapti. Albatta, bu adabiyotning paydo bo‘lishi va shakllanishida muhim rol o‘ynagan bir qator manbalar mavjud.
Bolalar adabiyoti so‘z san’ati va tarbiya vositasidir. Kichkintoylar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos, yosh kitobxonlar qalbida o‘y-fikrlar uyg‘otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g‘oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo‘lishi zarur. Eng muhimi mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi kerak.
Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda qudratli quroldir.
Faqat chinakkam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ana shu yuksak talablarga javob bera oladi. SHu sababli bunday kitoblar pedagogik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning g‘oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. YAxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson etkazadi.
Alisher Navoiy “Mahbub-ul qulub” da tilni “ko‘ngil xazinasining qulfi” va so‘zni shu “xazinaning kaliti”, deb ta’riflaydi. Buyuk shoir kishilarni qisqa va mazmunli, chuqur mantiq bilan so‘zlashga chaqiradi. Bu talab, shubhasiz, bolalar yozuvchilariga ham taalluqlidir.
Bolalar yozuvchisi sodda, ravon, qiziqarli va mazmundor qilib yoza bilishi kerak. Buning uchun esa u xalq tilini puxta bilmog‘i lozim.
Ravon til bilan yozilgan badiiy asarlar kitobxonning nutqiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi, so‘z boyligini oshiradi.
Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, ona-diyorimizga, mehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi, ularni yurtimizning munosib farzandlari bo‘lishga chaqiradi. Kitob bolaning dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi, xarakterini tarbiyalaydi. Ilm-fanga muhabbatni oshiradi. Kitob xalqimizning o‘tmishi, ilg‘or madaniyatimiz, fan va texnikamiz yutuqlari bilan tanishtiradi, faxr-iftixor tuyg‘ularini o‘stiradi.
Ma’lumki, o‘z oldiga katta ta’lim – tarbiya masalalarini qo‘ygan «O‘zbek bolalar adabiyoti» uzoq yillardan beri mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida fan sifatida o‘rganilib kelinadi. Bolalar adabiyoti yoshlarni tarbiyalashda mustaqil mamlakatimizning ma’naviy-ma’rifiy qurolidir.
Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko‘rsatib, ana shu yuksak zamon talablariga javob bera oladi. SHu sababli bunday kitoblar pedagogik va pisixologik nuqtai nazardan ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar kitobi bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. YAxshi, aniq, ravon obrazli, boy til bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson etkazadi.
Alisher Navoiy o‘zining «Mahbub-ul qulub» asarida so‘zni «Ko‘ngil xazinasining qulfi», deb ta’riflaydi. Bugun qudratli qurol bo‘lgan so‘z san’ati - adabiyotdan foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas. Bolalar yozuvchilarining eng yaxshi kitoblari yosh avlodni hayotga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, ona–diyorimizga, mehnatga muhabbat, zamonamizga sadoqat ruhida tarbiyalaydi. Ularning yurtimizning munosib farzandlari bo‘lishga chaqiradi.
Ayonki, boy va rang-barang xalq og‘zaki ijodi namunalari yozma adabiyotning maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu jihatdan Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarini eslab o‘tish o‘rinlidir. XII asrning buyuk tilshunos olimi o‘zining bu kitobida bizga ko‘p ma’lumotlar beradi. SHuningdek, YUsuf Hos Hojibning «Qutudg‘u bilig», Ahmad YUgnakiyning «Hibatul haqoyiq» dostonlarida shuningdek, Ahmad YAssaviy, Sulaymon Boqurg‘oniylarning asarlarida ham til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi.
Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avloniy, Hamza, Fitrat, Elbek, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan darslik va qo‘llanmalarida bolalar hayoti, o‘qishi, axloq-odobi haqida materiallar beriladi.
O‘tgan asrning 20- yillarida Fitrat, CHo‘lpon, Usmon Nosir, G‘afur G‘ulom, G‘ayratiy, SHokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning katta yoshdagi bolalar uchun yozgan asarlarida ilm va mehnatga chaqiriq keng o‘rin oldi. Keyinchalik bu safga Z.Diyor, D.Oppoqova, M.Fayziy, Ilyos Muslim, A.Rahmat, SH.Sa’dulla, Quddus Muhammadiy, H.Nazirlar kelib qo‘shiladi.
Bolalar adabiyoti yildan-yilga rivojlanib bordi va 30-yillarga kelib, o‘zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo‘ldi. Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko‘plab asarlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Urushdan keyingi davr bolalar she’riyatida ona-Vatan, go‘zal diyor, hur o‘lkamiz to‘g‘risida yaratilgan asarlar, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu mavzuda yaratilgan asarlar ichida A.Oripovning «Dehqon bobo va o‘n ikki bolakay qissasi» she’ri bolalar adabiyotining keyingi yillarda qo‘lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo‘ldi.
Bugungi o‘zbek bolalar she’riyati haqida gap ketganda, maktab hayotini aks ettiradigan asarlarga alohida to‘xtalib o‘tishimiz kerak bo‘ladi. Bunga misol qilib Ilyos Muslimning «Maktabim», «Kitobcham» she’rlari kichik maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan.
Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham muhim rol o‘ynaydi. H.Nazir, A.Rahmat, P.Mo‘min, N.Orifjonov, F.Musajon va boshqalarning pesalari o‘zining bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga quvonch qo‘shib kelmoqda.
Bugungi kunda qudratli qurol bo‘lgan adabiyotdan keng foydalanmay turib, yangi jamiyat quruvchisini har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalash mumkin emas.
Bolalar kitobxonligini o‘quvchilarning pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
1. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar kitobxonligi (2 yoshdan 7 yoshgacha).
2. Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi (7 yoshdan 11-12 yoshgacha).
3. O‘rta va katta maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi (13-14 yoshdan 15-17 yoshgacha).
Bu davr bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladi. Hali o‘qish, yozish-chizishni bilmaydigan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan bexabar bo‘ladilar. SHunga qaramay, bizni qurshagan olamni tezroq bilib olishga, uni o‘rganishga intiladilar. Bunda ota-onalar, bog‘chalarda esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan yordam berishi, ya’ni ularga badiiy asarlardan parchalar o‘qib berishi lozim. Bolalarga o‘qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo‘lishi talab etiladi. SHuningdek, bunday kitoblarning rasmlari rang-barang, harflari esa yirik-yirik bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tinglaydigan asarlarning ko‘pchiligini ertak, qo‘shiq, topishmoq, maqol, tez aytish kabi xalq og‘zaki ijodi asarlari tashkil etadi. Bundan tashqari, yozuvchilar yaratgan va yuqori talablarga to‘la-to‘kis javob beradigan asarlar ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun qo‘l keladi. Ammo shu narsani ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bolalar uchun ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi muhim, harakterli voqea va hodisalarni badiiy obrazlar orqali bolalar nutqiga xos tilda, ularning yoshi, ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.
Bolalar shoiri Anvar Obidjonning “Suhbat” degan she’ri bor. SHoir unda bolalar yaxshi ko‘radigan g‘ozlar to‘g‘risida so‘z yuritadi. Ma’lumki, bolalar jonivorlar, xususan qushlarga ilk yoshlaridan boshlab qiziqadilar. SHu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, “Suhbat” bola hayotida muhim rol o‘ynaydi. Voqea juda oddiy va sodda. O‘zaro suhbatdan ma’lum bo‘ladiki, g‘ozlarning qorni och, ularni boqish kerak. Buni shoir o‘yin vositasida ifoda etadi:
- G‘ozlar, bir so‘z deysizmi? - Nega patni silaysiz?
- G‘a, g‘a-g‘a! - G‘oq, g‘oq-g‘oq.
- Totli suli eysizmi? - Mendan nima tilaysiz?
- Ha, ha, ha! - Boq, boq, boq!
Bu xildagi she’rlar kichkintoylarni mustaqil fikrlashga, turmush taassurotlarini to‘plab, ulardan xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
Bolalarning, ayniqsa, jajji qizchalarning sevimli mashg‘ulotlaridan biri qo‘g‘irchoq o‘ynashdir. Yo‘ldosh Sulaymonning “Qo‘g‘irchoq” she’rida qo‘g‘irchoqlarni asrab-avaylash, oddiy bir o‘yinchoq vositasida kattalarning mehnatini e’zozlash masalasi o‘rtaga tashlanadi.
Quyosh bilan teng turib,
Ozoda kiyintirib,
Senga taqamiz marjon,
Qo‘g‘irchoq, qo‘g‘irchoqjon.
Qo‘ldan qo‘ymaymiz sira,
YUqtirmaymiz gard, shira.
Ovunchoqsan bizlraga,
Qo‘g‘irchoqsan bizlarga.
Har qanday yozuvchi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga o‘qib beriladigan asar tilining badiiy jihatdan puxta-pishiqligiga, tushunarli, aniq va ravonligiga alohida e’tibor beradi. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan asarlar hayot haqida muayyan tasavvur berishi bilan birga zavq-shavq bag‘ishlaydi:
Men Lolaman, Lolaman,
Ozoda qiz bo‘laman.
Erta bilan turaman,
YUz-qo‘limni yuvaman,
Mushugim bor qora mosh,
O‘zi judayam yuvvosh
Mendan oldin turadi,
YUz-qo‘lini yuvadi. (SH.Sa’dulla. “Lola va mushuk”)
Xulosa qilib aytganda, bolalar o‘zlari tinglagan asarlari yordamida asta-sekin atrof-muhit bilan tanishadilar, ona-yurtga mehr-oqibatli bo‘lishni, tabiatni asrashni, mehnatni sevishni o‘rganadilar.
Bu yoshdagi bolalar kitobxonligi avvalgisidan biroz farq qiladi. Bu farq bolalarning yoshi va bilim saviyasi bilan bog‘liq. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar asosan tarbiyachilari, ota-onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu ishni mustaqil bajaradilar. Mustaqillik ularga ishonch va zavq bag‘ishlaydi.
Bu yoshdagi bolalarni tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Ularning bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mufassal javob berilgan.
11-12 yoshdagi bolalar sehrli-fantastik ertak, sarguzasht, hikoya, qissa va dostonlarni sevib o‘qiydilar. Ollayorning “Fazogir chumoli” (ertak-qissa), Anvar Obidjonning “Dahshatli Meshpolvon” (ertak-qissa), Quddus Muhammadiyning “Erkinjon oyga chiqibdi” (doston), YUsuf SHomansurning “Oydan kelgan bolalar” (doston) kabi asarlari shu yoshdagi bolalarga mo‘ljallab yozilgan.
Bu yoshdagi bolalar o‘zlari mustaqil ravishda kitob o‘qib qolmay, balki o‘qigan kitoblaridagi qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga o‘rganadilar, zarurat bo‘lsa ular ko‘rsatgan mardlik va jasoratlarni takrorlashga hozirlanadilar.
Bu yoshdagi bolalarga xalqimizning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida yozilgan turli janrdagi asarlarni tavsiya etish mumkin. “SHiroq”, “To‘maris” kabi afsonalar bilan birga, Oybek, G‘ofur G‘ulom, Zafar Diyor, Quddus Muhammadiy, Hakim Nazir, SH. Sa’dulla, A. Obidjon, T. Adashboev, Qambar ota va boshqalarning zamonaviy mavzudagi eng yaxshi asarlari muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Jahon bolalar adabiyotining A. Pushkin, L. Tolstoy, S. Servantes, D. Defo, J. Svift, E. Voynich, K. CHukovskiy, S. Marshak kabi namoyondalari yaratgan asarlar bolalar dunyoqarashini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ko‘rib o‘tganimizdek, bolalar adabiyoti o‘ziga xos xususiyatlari bilan kattalar adabiyotidan farq qiladi. Zotan, bolalar yozuvchisi dunyo voqealarini bolalar tasavvuri, tushunchasini nazarda tutib tasvirlaydi. SHu orqali kichkintoylarni olg‘a intilishga chaqiradi, hayotni chuqur anglash va sevishga yordam beradi.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:



Download 36.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling