1-маърўза: Кириш
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6829 uzsmart.uz
10.4.Radiatsion pirometrlar Radiatsion pirometrlar qizdirilgan jismning haroratini o‟lchashga mo‟ljallangan. Pirometr optik tizim (linza, oyna) bilan ta„minlangan. Bu tizim jismdan chiqqan nurlarni mitti termobatareya, termojuft yoki qarshilik termometri va yarim o‟tkazgichli termoqarshiliklardan iborat bo‟lgan o‟zgartirgichga to‟playdi. O‟lchash asboblari sifatida millivoltmetr, avtomatik potensiometr va muvozanat ko‟priklar qo‟llanadi. Pirometr ob„ektiv linza 1 va okulyarli teleskop 2 dan iborat. Nurlanish manbaidan chiqqan nurlarning yo‟lida cheklovchi diafragma 3 o‟rnatilgan, ob„ektiv linza fokusida esa termometr elektr batareya 4 joylashgan. Okulyar linza oldiga ko‟zga muhofaza qiluvchi rangli shisha 5 quyilgan. Termobatareyada to‟plangan nurlar uni qizdira boshlaydi va nurlanishning to‟liq energiyasiga proporsional bo‟lgan qiymatli EYK paydo bo‟ladi. Termobatareyaning EYK millivoltmetr bilan o‟lchanadi. 67 100 C 0 dan 4000 C 0 gacha haroratni o‟lchaydigan radiatsion pirometrlarning turli konstruktsiyalari mavjud bo‟lib, ular o‟zlarining optik tizimi, termojuftlarni ulash chizmasi va boshqa unsurlari bilan farq qiladi. O‟zgargichlari qarshilik termometridan iborat bo‟lgan ba„zi raditsion pirometrlar nisbatan kichik, masalan, 20 C 0 dan 100 C 0 gacha haroatlarni o‟lchay oladi. O‟zgartgich qabul qiladigan nurlar energiyasini aniq hisobga olish juda qiyin, chunki o‟zgartgich va atrof muhit o‟rtasida o‟zaro issiqlik almashuvi mavjud. Shuning uchun asbob hisobga olib bo‟lmaydigan hatolarga yo‟l quyishi tabiiy. Lekin shu kamchiliklarga qaramay, radiatsion pirometrlar sanoatda juda keng qo‟llaniladi: bu asboblar statsionar ravishda o‟rnatilishi mumkin. Pirometrlarning ko‟rsatishlarini masofaga uzatish yoki avtomatik ravishda yozib olish va ular yordamida haroratni rostlash mumkin. 2500 C 0 gacha haroratni o‟lchashda pirometr ko‟rsatishlarining hatosi ±1,5% dan, 2500 C 0 dan ortiq haroratni o‟lchaganda esa ±2,5% dan oshmaydi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling