1-mashg’ulot mikroskopning


Download 1.98 Mb.
bet65/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

67-rasm. Hasharotlarning nerv sistemasi
A,B-Qo’nqiz, V-Chivin.


e) Suvaraklar ayrim jinsli, jinsiy dimorfizm yaxshi. namoyon boMgan. Urg’ochi jinsiy organlari bir juft tuxumdon, tuxum yo’li va qindan iborat. Qin tashqariga jinsiy teshik bilan ochiladi. Erkaklik jinsiy sistemasi bir juft urug’don, urug’ yoMi, urug’ to’kuvchi kanal va qo’shimcha bezdan iborat. Urg’ochi va erkak jinsiy teshiklari anal teshigidan biroz pastroqda ochiladi (68-rasm).

184




68-rasm. Qora suvarakning jinsiy sistemasi
A-urg’ochi suvarakning jinsiy organlari: 1-tuxum naylari; 2-tuxum yo’li; 3-urug’ qabul qilgich; 4-qo’shimcha bezlar; B-erkak suvarakning jinsiy organlari: 1-urug’don; 2-urug’ yo’li; 3-urug’ kanali; 4,5,6-qo’shimcha bezlar.
Ishning bajarilishi: hasharotlaming anatomiyasini o’rganish maqsadida suvarakni chap qoMingizga olib qorin tomonini pastga, bosh qismini esa oldingi tomonga qaratib ushlang. So’ngra ingichka o’tkir qaychi bilan tananing ikki yon tomonidan boshgacha uzunasiga qirqib borib, oldingi ko’krakning yuqori teri qoplag’ichini ko’ndalangiga kesing. Xuddi shunday suvarakning ikkinchi yon tomonini ham qirqing. Keyin suvarakning qorin qismini pastga qaratib vannachaga joylashtiring. To’g’nag’ichlar bilan bosh va qorin uchini parafmga mustahkam sanchib qo’ying. So’ngra vannachaga suv quyib, kesilgan xitin qoplag’ichining chetini pinset bilan ushlab, asta-sekin biroz ko’taring va xitinli yelka qoplamasi bilan birga ajralib ko’tarilayotgan muskul va traxeyalarni qirqib boring. Tergit ajratib olinadi va ichki yuzasini tashqariga qaratib vannachaga to’g’nog’ichlar bilan sanchiladi va suvarakning ko’p kamerali yuragi o’rganiladi. Qo’l lupasi yordamida suvarak ichagi atrofidagi traxeya naychalarini, jir (yog’) tanachalarini ko’ring. Ovqat hazm qilish sistemasini o’rganish uchun orqa ichakning kcyingi
185



uchini qaychi bilan qirqing va uni qisqich bilan qisib ushlab, biroz ko’taring va ichakning oldingi qismini ham kesib, keyin ichak naychasining boMimlarga ajralishini qo’l lupasi yordamida aniqlang. 0 ’rta ichakning boshlanish joyidagi ko’r o’simtalarga e'tibor bering. Malpigi naychalarini ichakdan ajratib olib, bir tomchi suvli buyum oynasi ustiga qo’yib, mikroskopning kichik ob'ektivi yoki binokulyar orqali kuzating. Jinsiy organlar sistemasini qo’l lupasi orqali tekshiring. Hazm va jinsiy organlarini ajratib olib, ulaming ostida joylashgan qorin nerv zanjirini qo’l lupa yordamida kuzating.
Topshiriqlarga javob bering va biiimingizni baholang
1. Hasharotlami o'rganuvchi fan?
A. Gerpitologiya; B. Entomologiya; S. Ixtiologiya; D. Aka- ralogiya;
2. Hasharotlar sinfi vakillari qancha?
A. 1,5 ming; B. 100 ming; S. 5 mln; D. 5 mln;
3. Hasharotlar ayiruv organlari?
A. Malpigi naychalari; B. Metanefridiylar; S. Proto- nefridiylar; D. Maksillyar bezlar;
4. Hasharotlar o’rta ichagidagi peritrofik membrana nima vazifa bajaradi?
A. Ichakni yemirilishdan saqlaydi; B. Oziqani maydalaydi;
5. Ferment ishlab chiqaradi; D. Ovqat tarkibidagi suvni shimadi;
5. Hasharotlarda malpigi naylari qayerda joylashgan?
A. 0 ’rta va orqa ichak chegarasida; B. Oldingi ichakda;
5. Oldingi va o’rta ichak chegarasida; D. Jig’ildonda;
6. Hasharotlarni quruqlikda keng tarqalishiga sababchi aso- siy faktor?
A. Qanotlari; B. Teri qoplamasi; S. Nerv sistemasi;
D. Murak-kab metamorfoz;
186



7. Hasharotlaming nafas olish a'zolari?
A. Traxeyaiar; B. Jabralar; S. 0 ’pka; D. Bo’lmaydi;
8. Hasharotlar tana qismlari qanday?
A. Ko’kragi va qorinchasi ajralgan; B. Bosh va oyoqiari ajralgan; S. Bosh va tana, boshi; D. Bosh-ko’krak va qorinchaga ajralgan;
9. Qanotli bo’g’imoyoqlilar?
A. Hasharotlar; B. Kanalar; S. Qisqichbaqalar; D. 0 ’rgim- chaklar;
10. Hashorotlarda necha juft oyoqlar bo'ladi? A. 2; B. 3; S. 4; D. 8;
11. Quyidagi qaysi bo'g'imoyoqlilarda uch juft oyoqlar mavjud?
A. O'rgimchaklar; B. Hasharotlar; S. Qisqichbaqalar;
D. Barchasida;
12. Hasharotlar qaysi organi orqali nafas oladi?
A. O'pka; B. Traxeya; S. Burun orqali; D. Barchasi;

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling