1-mashg‘ulot soat. Tayanch- harakat sistemasining mexanik sinishlari Reja
Download 36.05 Kb.
|
11 амалий маш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyaklarning chiqishi va sinishi:Sub’ektiv va ob’ektiv belgilar Bir yoki bir qancha suyaklarning bo‘g‘imlardagi normal holatidan surilishi suyak chiqishi
- Suyak chiqishining belgilari
11-mashg‘ulot. 2 soat. Tayanch- harakat sistemasining mexanik sinishlari Reja: 1.Lat eyish va paylar cho‘zilishi, sabablari, belgilari, tez yordam 2.Suyaklarning sinish turlari va belgilari, tez yordam 3.CHiqishlar,turlari ,belgilari va birinchi yordam 4.Ezilish sindromi, sabablari, belgilari, tez yordam, asoratlari Suyaklarning chiqishi va sinishi:Sub’ektiv va ob’ektiv belgilar Bir yoki bir qancha suyaklarning bo‘g‘imlardagi normal holatidan surilishi suyak chiqishi deb aytiladi. SHu bilan birga bir suyakning bo‘g‘im sathi ikkinchi suyakning bo‘g‘im sathidan surilib ketadi va xaltachasining yorilgan joyidan chiqib ketadi.Suyaklarning bo‘g‘im yuzasi bir –biriga jips tegmay chiqishi –to‘liq chiqish, bo‘g‘im sathlari bir oz bo‘lsada tegib tursa- qisman chiqish deyiladi. Suyak elka bo‘g‘im sohasi chiqqanda elka suyagi chiqishi, tirsakda bilak suyaklari chiqishi deyiladi. Suyak chiqish sabablariga ko‘ra tug‘ma, travmatik, patologik, va odat bo‘lib qolgan turlari bor. Suyaklarning tug‘ma chiqishi kam kuzatiladi, qiz bolaning ona qornida yashash davrida bo‘g‘im yuzalarining noto‘g‘ri rivojlanishi yoki etarli rivojlanmasligi natijasida bir yoki ikki tomondagi chanoq bo‘g‘imida son suyagi chiqib qoladi. U bola yura boshlagach oqsaganda yoki o‘rdakka o‘xshab qadam tashlay boshlaydi. Suyaklarning travmatik chiqishi boshqa turlariga qaraganda ko‘proq uchraydi. Masalan, odam qo‘lini oldinga uzatib yiqilganda elka yoki tirsak bo‘g‘imida suyak chiqishi kuzatiladi.Suyakning patologikchiqishi kam uchraydi va bo‘g‘imda yoki bo‘g‘im atrofidagi to‘qimalarda kasallik (osteomielit va h) natijasida kelib chiqadi. Suyakning odat bo‘lib chiqishi bo‘g‘im kapsulasi cho‘zilganligi va uzilganligi sababli suyakning takror chiqishiga moyil bo‘lib bemorlarda qayd qilinadi. Ozgiina kuch ishlatilganda hatto noqulay harakat qilganda ham suyak chiqib ketishi mumkin. Suyak chiqishining belgilari :Suyak chiqqanda chiqqan bo‘g‘im sohasida o‘zida xos o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. SHikastlangan sohada qattiq og‘riq bo‘ladi. CHiqib ketgan bo‘g‘imning tashqi ko‘rinishi(konfiguratsiyasi) juda o‘zgaradi, shish hosil bo‘ladi, qon quyiladi. Suyak chiqishida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish shikastlangan oyoq yoki qo‘lni mumkin qadar qimirlamaydigan qilib bog‘lashdan iborat. Buning qo‘l suyaklari chiqqanda kosinka yordamida bo‘yinga osib qo‘yiladi. Oyoq suyaklari chiqqanda esa bemor qimirlatmay yotqizib qo‘yiladi. Bemorni tezlik bilan tibbiyot muassasasiga yuborish kerak. Yo‘lda og‘riq kuchaymasligi uchun og‘riq qoldiruvchi dorilardan (morfin, promidol) in’eksiya qilinadi.Davolash muassasasida vrach tezlik bilan chiqqan suyakni joyiga soladi. SHundan so‘ng o‘sha soha bintli yoki gipsli bog‘lam qo‘yib mustahkamlanadi. Download 36.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling