1-mashg‘ulot soat. Tayanch- harakat sistemasining mexanik sinishlari Reja


Download 36.05 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi36.05 Kb.
#1144378
1   2   3
Bog'liq
11 амалий маш

Suyaklarning sinishi. Tashqi kuch ta’sirida suyak butunligining buzilishi suyak sinishi deyiladi. Sinish travmatik va patologik buladi. SHikastlanishlarda suyak sinishi juda ko‘p uchraydi. Patologik sinish suyakda patologik protsesslar ( sil, osteomielit, o‘smalar ) sodir bo‘lganda kasallikning ma’lum bosqichida vujudga keladi. SHikastlanishlarda teri qoplamining butunligiga qarab suyak sinishi yopiq ( teri shikastlanmagan holda) va ochiq bo‘ladi. Suyakning singan qismlari bir-biridan ajralgan bo‘lsa, to‘la sinish deb aytiladi. Suyaklar singanda suyak parchalari bir-biridan ajralmasa darz ketish deb aytiladi.
Sinish tug‘ma va orttirilgan bo‘ladi. Suyaklarning sinishi juda xilma-xil bo‘lib, tashqi ta’sir kuchining yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Suyaklarning ko‘ndalang, qiyshiq, spiralsimon, uzunasiga sinishi, parchalanib sinishi va ezilib sinishi ( kompresnoy sinish ) farq qilinadi. Bularning hammasi singan uchlarining so‘rilishi bilan kechadi, bu sinishga sabab bo‘lgan mexanik kuchning yo‘nalishiga, suyakka yopishgan muskullarning qisqarib tortishishiga bog‘liq bo‘ladi. Suyak siniqlarining siljishi har-xil bo‘ladi: burchak hosil qilib siljish, uzunasiga siljish, yoniga siljish va h.
Sinish belgilari ikki xil bo‘ladi:
1. Sub’ektiv belgilar- bu suyak singandan keyin og‘riq paydo bo‘lishi va singan qo‘l-oyoqlarni harakatlantira olmaslik.
2. Ob’ektiv belgilar- singan sohani ko‘zdan kechirishda bilinib turadi, singan soha shishadi, ko‘karadi, oyoq-qo‘llarining holati o‘zgaradi, suyak o‘qlari o‘zgaradi, ular qisqa va g‘ayri-tabiiy shaklga kerib qoladi. Singan joyni paypaslab ko‘rganda, bemor qattiq og‘riq sezadi, suyakning silliq emasligini, siniqlarning o‘tkir qirrasi asta bosib ko‘rilganda qisirlashini sezish mumkin.
Suyaklar singanda bir qator asoratlar kelib chiqish mumkin. Masalan, singan suyak uchlari yumshoq to‘qimalarni shikastlaydi, bunda og‘riq kuchli bo‘ladi, suyak qirralari qon tomirlarini yorib yuborganda ko‘p qon oqadi. Bu o‘z navbatida shok holatini vujudga keltiradi. Suyaklar ochiq singanda –jarohatga infeksiya tushishi va og‘ir yiringli protsesslar, gangrena rivojlanishi mumkin.


Download 36.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling