1. Mashg‘ulotning mikrostrukturasi Mashg‘ulotning mezostrukturasi


Musobaqalarga, yutuqlarga emotsional ishonish


Download 36.39 Kb.
bet5/6
Sana25.02.2023
Hajmi36.39 Kb.
#1230027
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sport mashg‘ulotining tuzilishi

Musobaqalarga, yutuqlarga emotsional ishonish. Sport formasi bu o‘z kuchiga ishonish asosida ko‘proq mardlik ko‘rsatish davridir. Pedagogik nuqtayi nazardan sport formasi sportchining jismoniy sport-texnik va taktik yutuqlariga optimal tayyorgarligi, hamma tomonlarining (komponentlarning) garmonik birligini bildiradi. Mana shu komponentlarning mavjudligi sportchi ning sport formasida ekanligi to‘g‘risida gapirishga asos bo‘la oladi.
Sport mashg‘uloti jismoniy tarbiya tizimida ixtisoslashtirilgan yo‘nalish. Sport mashg‘uloti bu tarbiyaning ixtisoslashtirilgan jarayoni bo‘lib, sport natijalariga erishish hamda ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatga tayyorlashni tushunishdir.
Organizmning funksional imkoniyatlariga oshirilgan talablar qo‘yiladigan metodlardan, jumladan, qat’iy intervallar bilan o‘tkaziladigan intervalli mashq qilish metodidan, yuklama maksimal darajagacha yetkaziladigan zo‘rayib boruvchi mashqlar metodidan hamda musobaqalashuv metodlaridan sport mashg‘ulotida jismoniy tarbiyaning boshqa turlariga nisbatan ancha kengroq foydalaniladi. Bu metodlar sport faoliyatining spetsifik vazifalari ta’siri ostida paydo bo‘lgan va eng ko‘p taraqqiy etgan.
Jismoniy, teхnik, taktik va ma’naviy-irodaviy tayyorgarligining хususiyatlariga qarab sport mashg‘uloti metodlari shaklan o‘zgarib va to‘ldirilib turadi. Bunda bir metodning o‘zi tayyorgarlikning turli tomonlarini amalga oshirish uchun asos bo‘lib хizmat qilishi mumkin. Masalan, yugurish vaqtida o‘zgaruvchan mashq metodidan foydalangan holda bir vaqtning o‘zida chidamlilikni tarbiyalash, yugurish teхnikasini takomillashtirish hamda kuch-quvvatni masofa bo‘ylab taqsimlashning tanlangan taktik variantini ishlab chiqish mumkin. Bir metodning o‘zi mazkur misolda sportchining jismoniy, teх nik va taktik tayyorgarligi metodi sifatida хizmat qilmoqda. Bunday aralash ta’sir etishning yana ham yorqinroq misolini musobaqa metodida ko‘rish mumkin. Metodlarning bir-biriga bunday kirishib ketishi bevosita sport formasi yaхshilanadigan maхsus tayyorlov mashg‘ulot bosqichi uchun ayniqsa хarakterlidir.

Download 36.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling