1-mashq. Jonli so‘zlashuv nutqiga xos so‘zlarni yozma adabiy tilda yozing.
Namuna: suyundi – sevindi
Anjon, Samarqan, Toshan, do‘slik, ishliyman, ko‘yni, obketaman, to‘r, ishka, silar, bo‘maydi, abzal, maxtanchoq, dasro‘mol, daslabki, taxsimlamoq, mazza, bironta, aynalmoq, ushta, uchchala, to‘rttala.
1-mashq
Anjon - Andijon Samarqan - Samarqand Toshan - Toshkent Do'slik - Do'stlik Ishliyman - Ishlayman Ko'yni - Ko'ngli Obketaman - Olib ketaman To'r - To'rt Ishka - ishga Silar - Sizlar Bo'maydi - Bo'lmaydi Abzal - Afzal Maxtanchoq - Maqtanchoq Dasro'mol - Dastro'mol daslabki - dastlbki taxsimlamoq - taqsimlamoq mazza - maza bironta - birorta aynalmoq - aylanmoq ushta - uchta uchchala - uchala to'rttala - to'rtala
2-mashq. Quyida berilgan gaplarda qanday xatolarga yo‘l qo‘yilganligini aniqlang.
1. Valentina Matviyenko chiqqan jurnallar qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. 2. Oliygohda ta’lim olasanmi? 3. Futbol faqat erkaklar uchun emas, biz ayollar ham ishqibozmiz. 4. Hozirda korxonada 35 kishi ishlamoqda, ularning 15 nafarlari gretsiyalik mutaxassis. 5. Bolgariyaning Qoradengizidagi port shahri vokzalida boshqa turistlar qatori do‘stlar bizni ham iliq chehra bilan kutib oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |