1 Matematik bilimlarni axborot texnologiyalaridan foydalanib o'rgatish


Download 238 Kb.
Sana04.10.2023
Hajmi238 Kb.
#1691673
Bog'liq
AKT 9-mavzu


9-Mavzu: Algebraik va geometrik materiallarni o'rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Ulushga ko'ra butunni, butunga ko'ra ulushni topishga doir masalalarni yechishni o'rgatishda axborot texnologiyalaridan foydalanishni o'rgatish.
Reja:
1) Matematik bilimlarni axborot texnologiyalaridan foydalanib o'rgatish.
2) Geometrik shakllarni axborot texnologiyalari yordamida o'rgatish.
3) Ulushga ko'ra butunni, butunga ko'ra ulushni topishga doir masalalarda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Ma'lumki o'quvchilarda matematika darslarida raqamli axborotlardan ko'ra tasviriy axborotlar muhim hisoblanadi. Zero matematik bilimlarni (masalan har xil modellar, grafiklar, diagrammalar, grafiklar) va geometrik bilimlar (geometrik figuralarni)ni tasviriy axborotlarsiz ya'ni, tasvirlarsiz o'rgatish mumkin emas.
Boshlang'ich sinflar dasturida algebra materiali mustaqil bo'lim sifatida ajratilmagan. Boshlang'ich matematika kursida algebra elementlarini o'rganish arifmetikani o'rganish masalalari bilan uzviy bog'liqdir. Hozir amal qilinayotgan dasturga muvofiq o'quvchilar matematik ifodalar, sonli tengliklar va tenglamalar haqida boshlang'ich ma'lumotlar olishlari lozim, harfiy simvolika (belgilash), o'zgaruvchi bilan tanishishlari, eng sodda tenglama va tengsizliklarni yеchishni o'rganishlari kerak.
Boshlangich sinflarda o'quvchilar bilan tenglik, tengsizlik, tenglama kabi matematik ifodalar (sonli ifoda va o'zgaruvchili ifodalar) haqidagi tushunchalarni shakllantirish bo'yicha rejali ish olib boriladi. Bu tushunchalarning hammasi o'zaro uzviy bog'langandir. Masalan, harfiy simvolikani kiritish o'quvchilarga tengsizlik, tenglama va boshqa tushunchalar uchun propedevtik material sifatida tanishtirish imkonini beradi. Harfdan o ʻ zgaruvchini ifodalovchi simvol sifatida foydalanish boshlangich matematika kursida qaraladigan arifmetika nazariyasi masalalarini ongli, chuqur va umumlashgan holda o'zlashtirish maqsadlariga xizmat qiladi, keyinchalik bolalarni o'zgaruvchi funksiya tushunchalari bilan tanishtirish uchun yaxshi tayyorgarlik bo'ladi. O'quvchilarda tenglik va tengsizlik tushunchalarini shakllantirish bo'yicha bajariladigan ishlar tenglamalar yеchish va masalalarni tenglama tuzish yo'li bilan yеchishni kiritish uchun tayyorgarlik bo'lib xizmat qiladi.
Sonli ifodalarning qiymatini topishga doir misol va masalalar birinchi sinfdan boshlab o'rganiladi. Abatta sonli ifodalarning qiymatini topish yuzasidan misollar dastlab tasvirlar ko'rinishida tushuntiriladi. Tasvirlarni namoyish qilishda axborot texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek masalalar yеchimini topishga doir syujetli tasvirlar (video roliklar) sonli ifodalarning qiymatini topishga, shuningdek, harfli ifodalar bilan tanishtirishga ham yordam beradi. «Ifoda», «Ifodaning qiymati» atamalari ikkinchi sinfda kiritiladi. Shu vaqtdan boshlab topshiriqlar ushbu shaklda beriladi: «Ifodani yoz va uning qiymatini hisobla», «Ifodalarni taqqosla», «Ifodani o'qi», «Berilgan masala bo'yicha ifoda tuz». «Berilgan ifoda bo'yicha masala tuz» va hokazo.
Bunday ko'rinishdagi topshiriqlarning bajarilishini jadval ko'rinishida ifodalash mumkin. Masalan, agar s=16, 33, 48, d=14, 15, 8 bo ʻ lsa, s+d va s×d ifodalarning qiymatlarini toping. Daftarda jadval ko'rinishida yoziladi:

S

D

S+D

16

14

30

33

15

48

48

8

56

Geometrik figuralarning modellari yordamida figuralarni qismlarga ajratish va qismlardan yangi figuralar tuzishga doir (applikatsiyalar yasashga doir), naqshlar tuzishga doir masalalar bilan bogliq bo'lgan har xil topshiriqlarni bajarish mumkin. Bunday mashqlar bolalarning geometrik tasavvurlarini boyitadi, geometrik «sezgirlik»ni, fazoviy tasavvurni rivojlantirishga imkon beradi. Dasturda ko'rsatilishicha, boshlang'ich sinflarda geometriya elementlarini o'rganish maqsadlariga javob beruvchi ish turlaridan biri tanish geometrik figuralarni atrof sharoitda va chizmada tanishga doir mashqlardir (xususan, bu figura murakkabroq konfiguratsiya elementlaridan biri bo ʻ lgan holda ham.) Bu ish o'z ichiga murakkab figuralarda (chizmalarda) tanish figuralarni topish, bir nechta figuradan iborat, figurani, bir nechta figuraning umumiy qismidan iborat figurani topish yoki umumiy elementga ega figuralarni izlashgadoir mashqlarni oladi.


Nаrsаlаrni teng bo‘lаklаrgа bo‘lish davomida insоnlаr kаsr sоnlаr (yarim, chоrаk, nimchorak kabilar)ga duch kelishgаn.
a) 2 ta olma 2 ta bolaga teng bo‘lib berilsa: 2 : 2 = 1, ya’ni har bir bola 1 tadan olma oladi.
b) 1 ta olmani 2 ta bolaga teng bo‘lib berilsa-chi? Bitta olma nechta teng qismlarga bo‘linadi? Har bir bola teng qismlardan nechtasini oladi? Bitta olma teng 2 qismga bo‘linib, har bir bola ikkidan bir qismini oladi: 1 : 2 =1/2. Bu son kasr son ko‘rinishida ifodalanadi va ikkidan bir deb o‘qiladi.

Shunaqa rasmlar ko'rinishida bolaga tushuntirish oson bo'ladi. Axborot texnologiyalaridan, kompyuter tizimidan foydalanishimiz matematik bilimlarni bola oson o'zlashtirishida yordam beradi.
Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling