1 Matimatikaga bog’lash


Download 59.56 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi59.56 Kb.
#1797253
  1   2   3
Bog'liq
matimatika


1 Matimatikaga bog’lash ***


1-noma’lumli tenglamalar
1.Qutiga 345 dona shokolad solingandan so‘ng undagi jami shokoladlar soni
423 donaga yetdi. Dastlab qutida nechta shokolad bo‘lgan?
Tenglama tuzing. va uni yeching?
2. x + 45 = 79; tenglamani masala shartini tuzing. Va yeching?
3. Botir bir son o‘yladi. Agar unga 74 ni qo‘shib, hosil bo‘lgan yig‘indiga yana
21 qo‘shilsa, 142 hosil bo‘ladi. Botir qaysi sonni o‘ylagan? Tenglama tuzing. va uni yeching?
4. (x + 43) – 23 = 52. tenglamani masala shartini tuzing.?
5. 3260 va 4521 sonlarining yig‘indisi 7781 ga teng ekanligidan foydalanib,
hisob-kitoblarsiz quyidagi sonli ifodalarning qiymatini va tenglamalarning
ildizini ayting:
a) 7781 – 3260; e) x – 3260 = 4521;
b) 7781 – 4521; f) y – 4521 = 3260;
d) 4521 + 3260; g) z + 3260 = 7781.
6. Ilhomda x dona, Botirda undan 8 dona ko‘p, Dilshodda esa Ilhomdan
3 dona kam daftar bor. Ularda jami 62 ta daftar borligi ma’lum bo‘lsa, Ilhomda
qancha daftar borligini aniqlang.?
7. (x + 3013) + 2222 = 7162; tenglamani masala shartini tuzing. va uni yeching?
8. Azizada x dona, Nargizada undan 8 dona ko‘p, Dilnozada esa Azizadan
3 dona kam kitob bor. Jami opa-singillarda 35 ta kitob bor bo‘lsa, Azizada
nechta kitob bor?
9. Uchta javonda 47 ta kitob bor. Ikkinchi javonda birinchisidan 4 ta kam, uchichisidan 2 ta ko‘p kitob bor. Birinchi javonda nechta kitob bor?
10. Bir nechta bolalarga daftarlarni bo‘lib berish kerak. Agar har bir bolaga 10 tadan daftar berilsa, 6 ta daftar ortib qoladi. Agar 11 tadan berilsa, 5 ta daftar yetmay qoladi. Bolalar sonini toping.?
Bonusli savol****
. 2(x - 3) = 3(2 - x); tenglamani masala shartini tuzing. va uni yeching?

DNK GA OID
1. DNK molekulasida adenin va timin nukleotidlari orasida ikkita, guanin va sitozin nukleotidlari orasida uchta vodorod bog‘i borligi ma’lum. Ushbu fragmentda 2200 ta nukleotid bor. A soni 420 ta bo’lsa, G va S orasidagi vodorod bog’lar sonini toping. A) 1680 B) 2200 C) 2040 D) 1800
2. DNK molekulasida adenin va timin nukleotidlari orasida ikkita, guanin va sitozin nukleotidlari orasida uchta vodorod bog‘i borligi ma’lum. Ushbu fragmentda 3060 ta vodorod bog’lar bor. A soni 420 ta bo’lsa, G va S orasidagi vodorod bog’lar sonini toping. A) 1560 B) 2500 C) 2220 D) 2580
3. 1200 juft nukleoditlardan iborat DNK zanjirida adenin va timin orasida ikkita,guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog`i mavjud.Ushbu fragmentda guanin va sitozin juftligi adenin va timin juftligidan 1,5 barobar ko`p bo`lsa,bu zanjirdagi guanin va sitozin juftligi orasidagi vodorod bog`lar sonini aniqlang? A)960 B)3120 C)1440 D)2160
4. DNK ning tarkibidagi nukleotidlarnig barchasi bir xil miqdordaligi ma’lum bo’lsa ularni 265ta vodorod bog’ o’zaro birlashtirib tursa ushbu DNK dan transkripsiyalangan i-RNK ning uzunligi necha nm bo’ladi? A) 36.04 B) 18.02 C) 9.01 D) 90.1
5. DNK ning tarkibidagi 69 juft nukleotid bo’lib, ularning tarkibida G nukleotidlari umumiy miqdori T nukleotidlaridan ikki xissa ko’p bo’lsa, ushbu DNK fragmentidagi vodorod bog’lar sonini aniqlang? A) 368 B) 322 C) 345 D) 184
6. DNK molekulsida adenin va timin orasida ikkita,guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog`i bor. Malum bir DNK molekulasida 1170 ta vodorod bog’lari bo’lsa, hamda ushbu fragmentda umumiy nukleotidlarning 30 % ni guanin tashkil etsa, undagi guanin va adenin nukleotidlarining sonini aniqlang. A) 540, 360 B) 270, 180 C) 351, 234 D) 135, 90
7. DNK zanjirida adenin va timin orasida ikkita,guanin va sitozin orasida uchta vodorod bog`i borligini etiborga olsak, ushbu fragmentda 1400 juft nukleotid mavjud. Unda guanin va sitozin juftligi adenin va timin juftligidan 2.5 barobar ko’p bo’lsa, ushbu zanjirdagi vodorod bog’lar sonini aniqlang. A) 3400 B) 3200 C) 3800 D) 2000

8. Hujayradagi i RNK molekulasida 80 ta uratsil nukleotidi mavjud. Shu i RNK zanjiridan teskari transkripsiya jarayonida sintezlangan DNK molekulasining bitta zanjirida sitozin nukleotidlari soni i RNK dagi uratsil nukleotidlari sonidan 3 marta ko’p, guanin nukleotidlari soni 2 marta kam. DNK ning shu bitta zanjiridagi timin nukleotidlari miqdori guanin va sitozin nukleotidlari, yig’indisining yarmiga teng bo’lsa, DNK qo’sh zanjiridagi timin nukleotidning sonini toping. A) 140 B) 500 C) 80 D) 220
9. i-RNK zanjirida 80 ta uratsil bor, shu RNK zanjiridan teskari transkripsiyalangan DNKning 1 ta zanjiridagi sitozinlar soni RNKdagi uratsillar sonidan 2,5 marta ko‘p, guaninlar soni esa 2,5 marta kam. DNKning shu zanjiridagi timin miqdori undagi guanin va sitozin nukleotidlar miqdorining o‘rtachasiga teng bo‘lsa, i-RNK molekulasidagi fosfodiefir bog‘lar sonini aniqlang. (nuklein kislotalardagi nukleotidlar o‘zaro fosfodiefir bog‘i orqali birikadi). A) 1051 B) 1087 C) 855 D) 427
10. . DNK molekulasida adenin va timin nukleotidlari orasida ikkita, guanin va sitozin nukleotidlari orasida uchta vodorod bog‘i borligi ma’lum. DNK fragmentida 1040 ta vodorod bog‘i bo‘lib, ushbu fragmentda adenin nukleotidlari umumiy nukleotidlarning 20% ini tashkil etsa, ushbu molekuladagi jami adeninli nukleotidlar sonini aniqlang. A) 208 B) 240 C) 160 D) 312

Download 59.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling