1. Matnli axbоrоt va bоsma qоlip turlari Ovozli axborot


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana24.09.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1687052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 amaliy

Ofset bosmada qolip tayorlashning asosi qolip materiali sirtini fizik-kimyoviy 
xossalarini sun’iy o’zgartirishdan iborat. Hozirgi kunda ko’p rangli an’anaviy 


nashrlar (bolalar kitobi, geografiya xaritalari, kartalar, plakatlar) bilan birga 10-25 
ming nusxa, 5% tusli rasmli nashrlar, badiiy jihatdan yuksak nashrlar, kichik
nusxali va kichik hajmli nashrlarni qisqa vaqt ichida chiqarish lozim bo’lganda
va rangli ro’znomalar, kitoblar, broshyuralar ham ofset usulida chop etilmoqda. 
Agar qolipning bosiluvchi qismlari oraliq qismlaridan pastda bo’lsa, bunday 
bosma chuqur bosma deb ataladi.Chuqur bosmada bo’yoq qolipga mo’l qilib 
surkaladi, so’ngra oraliq qismlaridagi ortiqcha bo’yoq maxsus po’lat plastina - 
rakel bilan sidirib olinadi. Hozir rakelli chuqur bosma rasmli nashrlar - 
fotosuratli albomlar, san’at kitoblari, ko’p sonli, rangli rasmli va ko’p adadli (40-
50 ming) oynomalarni chop qilishda qo’llanilmoqda. 
Trafàret bosma usulida qolip o’ziga xos to’rsimon tuzilishga ega bo’ladi.
nusxa bu holda quyuq bo’yoqni qolip ichidan bosiluvchi qismlar hisoblangan 
teshiklardan bosiladigan materialga rakel yordamida siqib chiqarish yo’li bilan 
hosil qilinadi. Trafaretli bosmaning qo’llanilishi cheklangan bo’lib, undan, 
masalan, asboblar shkalasi, shimmaydigan sirtlarga yozish va boshqa tasvirlarni 
bosishda, shuningdek, ba’zi kam nusxali plakatlarni bosishda foydalaniladi. 
Bosma qoliplar bosish usuli, bosma mahsulotning xarakteri, asl-nusxani aniq 
qayta tiklash darajasi, geometrik belgilar, material, vazifasi bo’yicha turlanadi. 
1.Bosma usul bo’yicha: a) yuqori bosma usul uchun (metalldan va 
plastmassadan tayorlangan); yuqori ofset, fleksografiya, fotopolimer qoliplar; b) 
tekis (ploskiy) bosma usul uchun qoliplar (ofset, litografiya, fototipiya); v) chuqur 
bosma usul uchun qoliplar; g) trafaret bosma usul uchun qoliplar; d) maxsus bosma 
usul uchun qoliplar (elektrografikli, ferromagnitografikli, lazerli-golografikli). 
2. Bosma mahsulotining ko’rinishi bo’yichà: a) matnli qoliplar (matn, 
formula, jadval); b) aralash qoliplar - matn va rasmdan iborat; v) rasmli qoliplar 
(shtrixli, tusli va aralash). 
3. Asl nusxani aniq qayta tiklash darajasi bo’yicha: a) harfdan tayyorlangan 
qolip; b) fotomexanik usuli bilan tayorlangan qolip. 
4. Geometrik belgilar bo’yicha: a) tekis - literalardan, yaxlit qator va 
sahifalardan, plastinalar ustida; b) g’altakli (rotatsion). 


5. Material bo’yicha: a) metalldan tayorlangan (Zn,Al,Cu, Mg ) qolip; b) 
nometalldan tayorlangan - polistirol, polivinilxlorid, poliamid, polipropilen
rezina - qolip. 
6. Vazifasi bo’yicha: a) bosim ta’sirida bosish; b) plastmassa materialida 
naqsh solib bosish; v) mexanik kuchsiz bosish; g) bosma qolip tayaorlash uchun. 
Bundan tashqari yuqori bosma usulida qoliplar dastlabki va stereotip 
turlariga bo’linadi. Stereotip qolip - bu dastlabki qolipni nusxasi bo’lib, ular 
quyma, galvanoplastik, presslangan (nometall) va aralash tayorlangan bo’lishi 
mumkin. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling