1. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin bular qaysilar ?


Hikoya o’qitish metodikasi nima?


Download 21.21 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi21.21 Kb.
#1039947
1   2   3
Bog'liq
1 savol javob

10. Hikoya o’qitish metodikasi nima?
Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi.
11. Badiiy asarni tahlil qilish nima?
Badiiy asarni tahlil qilishda syujetni to’liq tushuntirishga berilib ketib, qatnashuvchilarga xarakteristika, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari e’tibordan chetda qolmasligi lozim
12. HIKOYANI O’QITISH DARSI nima?
Bu hikoyani o’qish darsi rejasining varianti bo’lib, o’zgarishi ham mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, badiiy hikoyani o’qish darsida uning mazmunini, asosiy fikrini bilish bilan birga, asarning tarbiyaviy (badiiy asar misolida o’quvchilarni tarbiyalash), xususan, estetik ta’siri ham ko’zda tutiladi va ifodali qayta hikoyalashga katta ahamiyat beriladi
13. Ertak o’qitish metodikasi?
Ertak xalq og’zaki ijodida eng keng tarqalgan janr bo’lib, ularda kishilar hayotida uchraydigan oddiy hodisalar va fantastik sarguzashtlar hikoya qilinadi. Ertaklarning ko’pida real hayot tasviri fantastik elementlar bilan qo’shilib ketadi.
14. Hayvonlar haqidagi ertaklar qaysilar?
Boshlang’ich sinflarda hayvonlar haqidagi ertaklar ko’proq o’qitiladi. Anvar Obidjonning “Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak”, “Ko’zacha bilan Tulki”, “Olapar, Mosh, Musicha” kabi ertaklar aniq-hayotiy hikoyalar tarzida o’qitiladi va tahlil qilinadi. Matn bilan ishlashda tanlab o’qish, savollarga javob berish, o’quvchilarning o’zlari savol tuzib, javob berishlari, so’z bilan grafik rasm chizish, plan tuzish, qayta hikoyalash, ertak aytish kabi ish turlaridan foydalaniladi. Bu ertaklarda hayvonlarning odatlari tahlil qilinadi, ammo ularni kishilar xarakteriga taqqoslash tavsiya qilinmaydi. Maktab tajribasidan ma’lumki, kichik yoshdagi o’quvchilar ertakdagi hayvonlar gapirmasligini, tulki va turna bir-biriga mehmonga bormasligini yaxshi biladilar, ammo ertaklar dunyosini hayotiy hikoya kabi qabul qiladilar. Ertakni o’qib, tahlil qilganda, barcha ishlar uning mazmunini yaxshi idrok etishga, sjyuet rivojini qatnashuvchi personajlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlarini to’g’ri tasavvur etishga yo’naltiriladi

Download 21.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling