1. Mavhum ot yasovchi qo’shimchalarni toping? a -lik, -zor, -chi b -ch, -chi, -lik
Download 22.35 Kb.
|
Umumiy test
Umumiy test 1.Mavhum ot yasovchi qo’shimchalarni toping? a) –lik, -zor, -chi b) –ch, -chi, -lik c) –lik, -ch, -loq d) –lik, -ch, -inch 2.Otlarning kichraytirish shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalarni aniqlang? a) –cha, -choq, -xon b) –cha, -choq, -gina c) –cha, -choq, -chak d) –cha, -chak, -xon 3.Quyidagi gapdagi otlashgan sifatning sintaktik vazifasini toping? O’zingdan kattani hurmat qil. a) kesim b) aniqlovchi c) ega d) to`ldiruvchi 4.Qaysi qatordagi so`zlar sifat turkumiga mansub? a) kurak, egik,taroq b) qo`rqoq, yumuq, siniq c) teshik,tuzoq,o`roq d)kichik,chiniq,yutuq 5.Qaysi gapdagi sifatlar bir xil gap bo’lagi vazifasida kelgan? a)Bilimdon kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. b)Pastakkina tandiri bilan katta uyda kichkina bir chol yashardi. c)Kichkina uy derazasidan ozgina joyga yorug’ tushib turardi. d)Qomati baland har kimsaning qimmati ham baland emas. 6.Qaysi qo`shimcha sifatdan sifat yasaydi? a) ser b)ba c) bo d) no 7. Baxil boyga borguncha,karamli tog`ga borar.Ushbu gapda nechta otlashgan sifat bor? a) 1 b)2 c)3 d)4 8.Qaysi qatorda hisob so’z qatnashmagan? a) varrak,yumaloq,jon b) tosh,pud,paqir c) dasta,quchoq,og`iz d) etik,chaqmoq,etak 9. Birniki mingga,mingniki tumanga.Ushbu gapdagi otlashgan sonlar miqdorini toping? a) 3ta b)1ta c)4 ta d)2 ta 10. Qurbon ota ikkinchi samovarga xumdan suv olib quymoqda edi.Ushbu gapdagi tartib sonning sintaktik vazifasini toping? a)kesim b)hol c)to’ldiruvchi d)aniqlovchi 11.Chama sonnig sintaktik vazifasini toping? Ularning biri elliklarda,ikkinchisi esa oltmishlarda edi. a)ega b)kesim c)to’ldiruvchi d)hol 12.Butunning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so’zlar berilgan qatorni toping? a) nafar,bosh,nusxa b)siqim,to`da botmon c)chaqmoq,shingil,luqma d)shingil,quloch,kun 13.Biz doimo musobaqada birinchi,siz ikkinchi.Berilgan gapdagi sonning turini va sintaktik vazifasini aniqlang? a)tartib son,hol b)tartib son,kesim c)sanoq son,hol d)sanoq son,kesim 14.Qaysi qatorda shaxs oti yasovchi qo’shimchalar berilgan? a) –xon,-chi,-dosh,-boz b)-lik,-inch,-ch,-dosh c)-loq,-choq,-chi,dosh d)-gar,-chi,-k,-don 15.Bahor juda go’zal, Hamma fasldan o`zar. Gul-chechakdan libosi, yoqimlidir havosi.(M.Ibrohimova) Ushbu parchada nechta ot turkumiga mansub so’z mavjud? a) oltita b)uchta c) to’rtta d)beshta 16.Qaysi javobdagi nom qo’shtirnoqqa olinishi kerak? a)Quvasoy sement zavodi b)Buxoro viloyati hokimligi c)Nuroniy jamg’armasi d)Turkiston nomli saroy 17.Nom noto’g’ri yozilgan javobni toping? a)O’zbekiston Oliy Majlisi b)Temuriylar tarixi Davlat muzeyi c)O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi d)Guliston davlat universiteti 18.Go’zallik nima?Go’zallik biz uchun suyukli narsadir.Go`zal – go`zal emas,suygan – go`zaldir,Nega suygan go`zal – hamma gap ana shunda.Ushbu parchada kesimlar qaysi so’z turkumlar bilan ifodalangan? a)olmosh, sifat b)ot,olmosh c)sifat,ot,olmosh d)sifat,ot,olmosh,fe’l 19.Anovi kungi yosh mehmonni senga maqtasam,achchiqlanganding,ammo kelib-kelib seni o’shanga berdilar.Ushbu gapda nechta olmoshda tovush o’zgarishi kuzatilgan? a) 1ta b)2ta c)3ta d)4ta 20.Hamma jim qoldi.Har kim o’z oldida bir narsa topib,shunga ko’z tikkan va u narsada Zebi o’z otasini,Qurvonbibi o’z erini,Salti qovog’idan qor yog’ib turgan sovuq bir so’fini ko’rardi.Ushbu gapda olmoshning qaysi turlari ishtirok etgan? a)belgilash,ko’rsatish,o’zlik olmoshlari b)belgilash,gumon,ko’rsatish, o’zlik olmoshlari c)belgilash,o’zlik olmoshlari d)belgilash,ko’rsatish,bo’lishsizlik,o’zlik olmoshlari 21.O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq buyuk ajdodlari xizmatlarini e’zozlaydi,uni hech kimga oyoqosti qildirmaydi.Ushbu gapda olmoshning ma’no jihatdan qaysi turlari qo’llangan? a)O’zlik,belgilash,kishilik,bo’lishsizlik. b)o’zlik,belgilash,ko’rsatish,bo’lishsizlik c)belgilash,ko’rsatish,bo’lishsizlik d)belgilash,kishilik,bo’lishsizlik. 22.Qaysi qatordagi gapda gumon olmoshi qatnashgan? a)Sizni ko’chada bir kishi chaqiryapti. b)Bir qor yog’adi,bir yomg’ir yog’adi. c)Darsga bir Karim kelmadi. d)Ertaga bir dam olsam deyman? 23.Baxtni har kim o’zicha tushunadi.Kimlarningdir qorni,ust-boshi but.Shuni baxt sanaydi.Kimlardir yeng uchida yashaydi.Ko’ngil tinch.Ushbu parchada nechta ichi bo’sh so’zlar qatnashgan? a)3 b)4 c)2 d)5 24.Quyida keltirilgan sh’riy parchada olmoshning nechta turi ishtirok etgan? Birovning do’stlar –u xorijlari bor, mening hech kimim yo’q – o’zingdan boshqa. a) 5 b) 4 c) 3 d) 2 25.Mana shu,o’sha-o’sha,siz-biz,hech kim,allaqaysi,har bir.Berilgan olmoshlardan qo’shma olmoshlarning ma’no turini aniqlang? a)ko’rsatish,bo’lishsizlik,gumon,belgilash b)ko’rsatish,kishilik,bo’lishsizlik,belgilash c)ko’rsatish,bo’lishsizlik,belgilash d)ko’rsatish,kishilik bo’lishsizlik,gumon,belgilash 26.Samoning bulutlar siyrak,zangorisimon sahnida ham to’lishmagan qandaydir beshakl oy xira,rangsiz yiltiraydi.Ushbu gapda nechta sifat turkumiga oid so’z qatnashgan? a)3 b)4 c)5 d)6 27.Qaysi qatorda jamlovchi son shaklini hosil qiluvchi qo’shimcha berilgan? a) – ta b) – ovlon c) – lar d) – lab 28.Taqsim son qanday hosil bo’ladi? a) hisob so’zlardan keyin – dan qo’shimchasini keltirish orqali b)ikki sonni juftlash orqali? c)dona sonni takrorlash orqali d) sanoq songa – lar qo’shimchasini qo’shish orqali 29.Qalam o’lchov so’zi ma’nosiga ko’ra qanday o’lchov so’z hisoblanadi? a)pul birligi b)maydon birligi c)uzunlik o’lchovi d)og’irlik o’lchovi 30.Qaysi qatorda tartib sonlar to’g’ri yozilgan? a)7- sinf,2001-yil,2-guruh b) VII sinf,2001-yil,II-guruh c) yettinchi sinf,2022-yil, 3 nchi guruh d)7-sinf,2001 yil,2-guruh 31.Qaysi sonlar sehirli sonlar sifatida ham talqin qilinadi? a) uch,yetti,to’qqiz,qirq b)ikki,uch,qirq c) uch,yetti,sakkiz d) uch,besh,yetti 32.Tilim,to’g’ram,bo’lak,siqim,quchoq,tomchi,hovuch.Berilgan o’lchov so’zlardan nechta yasama so’z butunning qismini bildirish uchun ishlatiladi? a)4 b)5 c)7 d)6 33.Qaysi gapda chama son qatnashgan? a) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi. b)Sizlar mana shu to’qqizta xivichni birga qo’shib sindirib ko’ringlar-chi! c)Bunyod yetti kun kezdi.Yetti qora tun kezdi. d)Yuragi shovullab,cheklanib o’tarkan,uch-to’rt yashar qizchaga ko’zi tushdi. 34.Hisob so’z yasama so’z bilan ifodalangan gapni toping? a)Uch-to’rt qadam narida yotgan aravani endi ko’rdim. b) Derazamning oldida bir tup o’rik oppoq bo’lib gulladi. c)Buvisi ikki hovuch turshak beribdi. d)Faqat bir-ikki tilim handalak yedi. 35.Dona son qatnashgan gapni aniqlang? a)Chorak soat o’tmasdan hukumnomani o’qib eshittirdilar. b)Shoikrom uni har kuni o’zi maktabdan olib ketar,ikkinchi smenada dars tugaguncha kutib turardi. c) Shu bog’dagi qurigan olmalarni qo’porib tashlab,o’rniga to’rt tup yong’oq ekyapman. d) Cho’ponlar har kuni tunda bittadan qo’y g’oyib bo’layotganini sezib qolishdi. 36.Son turkumiga oid so’z otlashgan gapni aniqlang? 1. To’qqizida bo’lmagan aql,to’qsonida ham bo’lmas.2.Ikki yomon qo’shilsa,keng dunyoga sig’maydi.3.Mingta shirin nasihatdan bitta o’rnak yaxshi.4.Birni bersang otangga,mingni olasan bolangdan. a)1,2,3,4 b)1,2,4 c)1,4 d)2,3 37.Sanoq sonlarni juftlash orqali qanday sonlarni hosil qilish mumkin? a) kasr sonlar b)chama sonlar c) tartib sonlar d) taqsim sonlar 38.Otlashgan son qaysi gap tarkibida qo’llangan? a) Ikkalasi navqiron yigitga bamisoli sehrlanganday tikilishardi. b)Endi ikkinchi tomonga nazar tashlaylik. c)Bu yerda u sakkizinchi,to’qqizinchi sinflarda bir yo’la o’qishga ulgurdi. d)Rais bir buzoq bilan qo’y so’ydirgan. 39.Jamlovchi son qaysi gapda ishtirok etgan? a)So’rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi. b) Saida uyiga soat o’n birda qaytdi. c) Shundoq qilib, to’rttala nomzod ham ro’yhatda qoldi. d)Patnisda to’rtta kulcha,ikki bosh qizil chillaki va bir bosh oq uzum bor edi. 40.Chama son qo’llangan qatorni toping? a) Kulchalarning soni beshcha bor,shekilli. b) to’rttala bola hovuzga tushdi. c) Lekin ular yiqqan kitoblar chol yiqqan kitoblarning o’ndan biriga ham to’g’ri kelmaydi. d)Saida uyiga soat o’n birda qaytdi. 41.Asal mijozni tozalaydi,tomir yo’llarini ravon qiladi,unda ho’llik va gazakni shimdiruvchi quvvat bor.Ushbu gapda ot turkumiga oid nechta so’z bor? a)5 b)6 c)7 d)8 42.Qaysi maqolda o’rin-joy oti va mavhum ot qo’llangan? a)Asal aynimas,sariyog’ sasimas. b)Ko’kka boqma,ko’pga boq. c)zar qadrini zargar biladi. d) Uying tor bo’lsa ham,ko’ngling keng bo’lsin. 43.-Lar qo’shimchasi tasviriylik,ifodalilikni kuchaytirgan javobni belgilang? a)Opamlar salom aytdilar. b)Mirzacho’llar obod bo’ldi. c)Olimjonlar kelishdi. d)Ko’z yoshlarini artdi. 44.Kerakli toshning og’irligi yo’q.Gapdagi yasam otning asosi qaysi so’z turkumiga taalluqli? a)fe’l b)ot c)sifat d) taqlid 45.Qaysi qatordagi gapda turdosh otning barcha turi qatnashgan? a) Dadam kunduzi g’o’zani chopiq qilib juda charchagan ekan,sira uyg’onmadi. b) Yolqin akam traktor terimidan bo’shagandan keyin hovlining kamchiliklarini tuzatadi. c)Mundoq razm solib qarasam,ko’pchilikning qo’lida kosov,bolta o’roq. d) Ukasining so’rog’ini kutmay,oiladagi yangiliklardan gapira boshladi. 46.Berilgan qo’shimchalardan qaysi biri otlarga qo’shilganda uni kichraytirib ko’rsata olmaydi? a) –aloq b) – choq c) – cha d) – gina 47.Qaysi otlar fe’ldan yasalgan? a) o’tloq,yo’ldosh,pishiqchilik,qarsak b) asrdosh,ginachi,oromgoh,miskar c) yog’in,kiyim,sog’inch,tepki d) tinchlik,sog’lik,tepki,qo’rqinch 48.Bolaginam so’zidagi – gina qo’shimchasi vazifasiga ko’ra qanday qo’shimcha a) so’z yasovchi b)sintaktik shakl yasovchi c) lug’aviy shakl yasovchi d) ko’plik shakl 49.Qaysi qatordagi gapda shaxsning hududga mansubligini bildiruvchi qo’shimchali so’z qatnashgan? a) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’li otabek! b)Sekin-sekin yurib ichkari hovliga kiradigan eshikni ochdi. c)Bilim kishining ko’nglini yoritadi,unga ro’shnolik beradi. d) O’ktam gulzor yoniga darrov joy hozirladi. 50.O’rin-joy otlari berilgan qatorni toping? a)bostirma,pistirma,qovurdoq b)qo’lyozma,qotishma,qurilma c)Uy,tortma,bino d pistirma,guruh,chopiq 51.Yasama otlar berilgan qatorni toping? a)ko’rpacha,qatiq,ichak,boshliq b)dastgoh,zararkunanda,samalyot,kiyim c)tepki,o’roq,chidam,bilak d)chidam,ko’rik,sog’inch,ilmoq 52.Kichraytirish va erkalash otlari qaysi qatorda ishlatilgan? a)ko’chagacha,oyog’igacha,qizcha b)toychoq,qizgina,dadamlar c)o’rdakcha,qopchiq,bolagina d)kelinchak,qishki,bo’taloq 53. 5 tup, 2 gramm kabilar miqdor sonning qaysi turiga mansubdir? a) chama sonlar b) sanoq sonlar c) jamlovchi sonlar d) dona sonlar 54. Chama son aniqlovchi vazifasi bajargan gap qaysi javobda berilgan? a) Bitta qovun kamida o’n so’m turadi. b) Yuragi shovullab,cheklanib o’tarkan,uch-to’rt yashar qizchaga ko’zi tushdi. c)Odamlar bitta-ikkitadan bo’lib maydonga to’plana boshladi. d)Beshta odam qovunni ortdi. 55.Qaysi qatordagi gapda butunning bo’lagini bildiruvchi o’lchov so’z berilgan? a) Shu kuni xo’jayin ho’kizning oldiga bir bog’ quruq beda tashlabdi. b)Sobir menga bir shingil uzum olib ber. c) bir gala odam zavodga qarab yo’l oldi. d)Qassob menga bir qalam go’sh bering. 56.Paysa tarixiy o’lchov so’zi hisob so’zlarning qaysi turiga mansub? a) uzunlik b)og’irlik c)to’dalab c)donalab 57.Tushum kelishigi belgisiz qo’llangan gapni toping? a) daraxt barglari sarg’aya boshladi. b)Sobir Xamsani o’qidi. c)Salima go’sht to’g’radi. b)Bobur asarlarida vatan madh etiladi. 58.Uzunlik o’lchovini bildiruvchi hisob so’zlar qatorini toping? a)arshin,qalam,tosh,gaz b)yog’och,chaqmoq,tup,metr c)santimetr,chaqrim,nafar,gaz d)og’iz,tilim,chaqmoq,dasta 59.Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar qanday olmoshlar deyiladi. a)ko’rsatish olmoshlari b)belgilash olmoshlari c)kishilik olmoshlari d)so’roq olmoshlari 60.Oldingi gap,gapdagi biron-bir so’z,so’z birikmasi o’rnida qo’llanilib unga ishora qiluvchi yoki biror so’zni aniqlab keluvchi olmoshlar … a)so’roq olmoshlari b)belgilash olmoshlari c)kishilik olmoshlari d)ko’rsatish olmoshlari 61.Qaysi gapda gumon olmoshi qo’llanmagan? a)Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o’tarkanman,allanima baloga turtinib ketdim. b)Allaqayerdan oyim paydo bo’ldi. c) hech nima ish qilmabsan. d)Uyga kimdir keldi. 61.Bu gapning butun daxshati shu topda bilindi.Ushbu gapda nechta olmosh qatnashgan? a) 1 ta b) 2 ta c) 3 ta d) 4 ta 62.Tub sifatlar berilgan qatorni toping? a) tinch,o’tinch,dardsiz,poraxo’r b) tiniq,yurak,shifobaxsh,uvvos c) uzoq,qadrdon,balandroq,osma d) baland,yangi,bedor,qizil 63. –i qo’shimchasi quydagi qaysi so’zga qo’shilsa,sifat yasovchi bo’lishi mumkin? a) do’st b)boy c)jannat d)tinch 64.Asliy sifatlar berilgan qatorni toping? a) baland,go’zal b)ko’chma,sheryurak c)devoriy,devqomat d)derazali,qishki 65. Sifat + ot korinishidagi qo’shma sifatlarni belgilang? a) toshbag’ir,kulrang b)kamhosil,kamqon c)tezoqar,jigarrang d)balandparvoz,sofdil 66.Qaysi gapda sifat kesim vazifasida qo’llangan? a)Sap-sariq bug’doylarning oltin boshoqlari silkinar. b)Daraxtning tanasi pakana,mevasi mo’l va yirik edi. c)Go’za shoxlari oqish,pushtirang gullar bilan bezangan? d)Ko’kimtir osmonda bexisob yulduzlar chaqnab turardi. 67.O’z onamni elas-elas xotirlayman.ko’zlari qora,chiroyli.Uzun-uzun kipriklari qilt etmaydi. Ushbu gapda nechta sifat bor va ular qanday tuzilishga ega? a) 3 ta: takroriy va juft sifat b) 2 ta: takroriy c) 1 ta: takroriy d) 3 ta: takroriy va soda 68.Qaysi so’zlar xususiyat bildiruvchi sifatlar hisoblanadi? a) andishali,shox b) qimmat,egri c) pushti,qirmizi d) mazali,yumaloq 69.Qaysi gapda nisbiy sifat berilgan? a) Qiziqarli kitob o’qidim. b) Yaxshilar ko’p gapirmaydilar. c) Tushki ovqatni yedik. d) Bola shirin uyquda edi. 70.Jumladagi sifatning ma’no turini toping? Uning yanoqlari uzunchoqroq edi. a) Hid bildiruvchi sifat. b) Shakl-ko’rinish bildiruvchi sifat. c) Holat bildiruvchi sifat. d) Hajm-o’lchov bildiruvchi sifat. 71.Qaratqich kelishigi belgisiz qo’llangan gapni toping? a) Dilnura alla aytdi. b)Boburning asarlarida vatan sog’inchi sezilib turadi. c) Maktab bog’i judachiroyli bo’lib bormoqda. d) Vatanni sevmoq iymondandir. Download 22.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling