Majburiy bo`lmagan argumentlar.
С# 4.0 versiyasida yangi vosita joriy etildi, bu metod chaqirilganda argumentlarni ko'rsatishning qulayligini oshiradi. Ushbu vosita majburiy bo`lmagan argumentlar deb ataladi va metod parametri uchun ishlatiladigan standart qiymatni aniqlash imkonini beradi.
Ushbu qiymat metod chaqirilganda tegishli argument ko'rsatilmagan holda parametrning standart qiymati sifatida ishlatiladi. Shuning uchun bunday parametr uchun argumentni ko'rsatish shart emas. Majburiy bo'lmagan argumentlar metodlarning chaqiruvini soddalashtirishga imkon beradi, bu yerda ba'zi parametrlar sukut bo'yicha tanlangan argumentlar qo'llaniladi. Ular, shuningdek, qayta yuklangan metodlar "qisqartirilgan" shaklida foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |