1-Mavzu (1 topshiriq)


Download 67.8 Kb.
bet3/3
Sana11.03.2023
Hajmi67.8 Kb.
#1260774
1   2   3
Bog'liq
1-Mavzu (1 topshiriq)

Zardushtiylik dinining muqaddas manbasi bu Avesto hisoblanadi . «Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami. «Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.
«Avesto» toʻrt qismdan iborat:

  • Yasna («Diniy marosimlar»),

  • Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),

  • Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»),

  • Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).

3. Moniylik (forscha: آیین مانی Ãyīn Mānī)[1] — 3-asrda Eronda[2] vujudga kelgan din. Asoschisi Moniy.[3][4] Moniylik koinotda nur bilan zulmat, ruhiy asos bilan moddiy asos, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi oʻzaro kurashni eʼtirof etishga asoslanadi. Nur, ruhiy asos, yaxshilik olamida xudo, ikkinchisida — shayton (iblis) hukm suradi. Moniylikka koʻra, ikki olam kurashi falokat bilan tugaydi, natijada moddiy asos olami halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi. Moniylik taʼlimotiga koʻra, bu dunyo yovuzlik dunyosidir. Inson ikki unsur (ruh — nur farzandi, jism — zulmat farzandi)dan iborat mavjudot boʻlgani uchun zulmat kuchlariga qarshi kurashda nur kuchlariga yordam bera oladi. Moniy samo nuri elchisi hisoblangan.Moniyning falsafiy axloqiy qarashlari uning tavbanomasi "Xuastuanift" asarida yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. Moniylikda zardushtiylik va xristianlik gʻoyalari mavjud.
4. Buxoro yahudiylarining oilaviy afsonalariga koʻra, XIV asr oxiri — XV asr boshlarida yahudiy toʻquvchilar Amir Temur tomonidan Sabzavor, Sheroz va Bagʻdoddan Movarounnahrga olib kelingan. Ular keyinchalik mahalliy yahudiy jamoalari bilan aralashib ketishgan. XVI asrda Buxoro yahudiylarning bosh markaziga aylangan, shu yerda shaharda yahudiylar mahallasi — „Mahallai koʻhna“ tashkil topgan. Buxoro yahudiylari iudaizm diniga eʼtiqod kilishadi. Barcha shaharlarda, yahudiylar gʻuj boʻlib yashagan mahallalarda sinagogalar boʻlgan.
Download 67.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling