1-mavzu: Akademik yozuv fani maqsadi va vazifalari. Me’yor tushunchasi
Akademik yozuv fanining vazifalari
Download 119.45 Kb.
|
1-mavzu 41581 231020112909
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’yor tushunchasi
- O’zbek adabiy tili me’yoriy ko’rinishlari
Akademik yozuv fanining vazifalari:- o’zbek tilining so’z boyligidan yozma nutq yaratish va uni rasmiy uslubda to’gri qo’llash hamda ulardan o’rinli foydalana bilishi;- sohaga oid hujjatlarni tuzishda kasbiy atamalarni ishlatish, ularni mutaxassisligi mavzusidagi muloqotda mustaqil qo’llay olishi;- o’zbek tilining lug’aviy boyligi va ixtisoslik atamalari- dan o’rinli foydalanish, ular yordamida o’z fikr-mulohazalarini asosli bayon etish tajribasiga ega bo’lishi zarur.Me’yor tushunchasiMe’yor – jamiyat a’zolari tomindan qabul qilingan, maqullangan va ularga tushunarli bo’lgan til birliklarining nutqi jarayonida qo’llanish haloti va imkoniyatlari.Me’yor tilning yashash shaklidir. Til nutq tizimida me’yor o’ziga xos o’rniga ega.Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalordanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo’yilgan.Har bir lahjaning, so’zlashuv tilining, adabiy tilning o’z me’yorlari bo’lganidek, nutqning alohida ko’rinishlari bo’lgan argolar, jargonlar ham o’z me’yoriga ega. Xususiy me’yorlar quyidagicha ko’rsatiladi: 1. Dialektik me’yor 2. So’zlashuv nutq me’yori 3. Argolar, jargonlar me’yori 4. Adabiy til me’yori. Jamiyat taraqqiyoti bilan barabar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o’rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib brogan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyo qarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tibarga olingan. O’zbek adabiy tili me’yoriy ko’rinishlariO’zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi: Leksik-semantik me’yor. Talaffuz (orfoepik) me’yori. Yozuv (grafika) me’yori. Fonetik me’yor. Aksentologik (urg’uni to’g’ri qo’llash) me’yor. Grammmatik (morfologik va sintaktik) me’yor. So’z yasalish me’yor. Imloviy me’yor. Uslubiy me’yor. Punktuasion me’yor. Adabiy me’yorning og’azki va yozma ko’rinishlari mavjud bo’lib, og’zaki adabiy me’yorning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifago’y xalq shoir-baxshilari katta hissa qo’shsalar, yozma adabiy me’yorning shakllanishida belgilangan yozuv shakli asosida yozib qoldiradigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. Umuman olganda, adabiy til me’yorini o’rganish yangi hodisa emas. Til me’yori va adabiy me’yor muammo sifatida nutq madaniyati ilmiy soha deb tan olingaga qadar ham o’rganib kelingan. Adabiy til me’yori, uning shakllanishi, rivojlanish, stabillashuv qonuniyatlari - nutq madaniyati sohasining tekshirish obyekti hisoblanadi. Nazorat savollari Akademik yozuv fanini nima uchun o’rganamiz? Adabiy til me’yori deganda nimani tushunasiz? O’zbek adabiy tili me’yorlaridan qaysilariga amal qilasiz? A d a b i y o t l a r: 1. B o b o x o n o v a D.A. Hozirgi o’zbek adabiy tilining rasmiy-ish uslubi: Filol.fan.nomz. …dis.avtoref. – Toshkent, 1978. 2. K a r i m o v S. O’zbek tilining badiiy uslubi.- Samarqand, 1992. 3. M u k a r r a m o v M. Hozirgi o’zbek adabiy tilining ilmiy stili. – Toshkent, 1984. 4. O’ r i n b o ye v B. Funksional uslubiyat va uning mohiyati. -Toshkent: Fan, 1992. 5. O’ r i n b o ye v B., O’ r i n b o ye v a D. O’zbek tilining so’zlashuv uslubi. – Toshkent, 1991. Download 119.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling