1-Mavzu: Algoritmlar. Xossalari, turlari. Reja
Download 21.23 Kb.
|
1 mavzu
2. Algooritm tushunchasi.Ko’pchilik hollarda qo‘yilgan biror masalani kompyuterda yechish uchun, avval uning matematik modelini, keyin esa yechish algoritmi va dasturini tuzish kerak bo‘ladi. Ushbu uchlikda algoritm bloki muhim ahamiyatga ega. Endi algoritm tushunchasining ta’rifi va xossalarini bayon qilamiz. Masala yechimini cheklangan qadamlar natijasida hosil qiladigan, oldindan tayinlangan va aniq belgilangan qoidalar yoki buyruqlar ketma-ketligi algoritm deyiladi. Soddaroq qilib aytganda, algoritm bu - oldimizga qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligidir.
Misol sifatida berilgan a, b, c tomonlari bo‘yicha uchburchakning yuzasini Gerron formulasi bo‘yicha hisoblash masalasini ko‘rib chiqaylik. 1. a, b, c uchburchak tomonlari uzunliklari berilgan bo’lsin. 2. r = (a+b+c)/2 - perimetrning yarmi hisoblansin. 3. T= r (r-a) (r-b) (r-c) – hisoblansin. Bu misoldan ko‘rinib turibdiki, algoritmning har bir qadamida bajariladigan amallar tushunarli va aniq tarzda ifodalangan hamda chekli sondagi amallar bajarilgandan keyin aniq natija olish mumkin. “Algoritm” so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy nomini Evropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amalni bajarish qoidalarini asoslab bergan. Har qanday masalani yechish uchun, xususan dastur tuzish uchun avvalo algoritm tuzish maqsadga muvofiqdir. Algoritm tuzish masalani yechishning asosiy jarayoni, ya’ni murakkab qismi hisobanadi. Tayyor algoritmga dastur tuzish esa har qanday malakali dasturchi uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bitta masalani yechish uchun turli xil algoritmlar tuzish mumkin va bu algoritmlarning barchasi to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Ammo barcha yuz berishi mumkin bo‘lgan holatlarni hisobga olgan holda yechimga eng qisqa yo‘l bilan, murakkab va ortiqcha amallarsiz olib keluchi optimal algoritm tuzish kelajak talabidir. Download 21.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling