1-mavzu: an’anaviy syujet, obraz va motivlarning mumtoz poetikadagi o‘rni reja


Sayyor syujetlar va an’anaviy motivlar


Download 31.94 Kb.
bet3/4
Sana26.10.2023
Hajmi31.94 Kb.
#1725591
1   2   3   4
Bog'liq
1-MA\'RUZA

Sayyor syujetlar va an’anaviy motivlar. O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodiyotidagi ko‘plab epik syujet va an’anaviy motivlarning genetik ildizlari bevosita mifik tasavvurlar qatlamiga borib taqaladi. Miflar “Avesto”, “Iliada”, “Ramayana”,
“Shohnoma”, “Kalevala”, “Alpomish” kabi buyuk badiiy yodgorliklarning yaratilishida ham salmoqli o‘rin tutgan. Qadimgi mifologik tasavvurlar va asotiriy syujetlar badiiy
tafakkurning shakllanishi va taraqqiyotida o‘ziga xos sarchashma vazifasini
o‘taganligi uchun ham xalq og‘zaki badiiy ijodiyoti, yozma adabiyot va san’at
asarlaridagi mifologik negizga ega bo‘lgan ko‘plab asotiriy personajlar
uchraydi. Mifik tasavvurlar asosida kelib chikkan bunday obrazlar xalq xayoloti va voqelikni fantastik talqin kilish an’anasinining mevasidir. Mifologik obrazlar muayyan voqea-hodisaning jonlantirilgan timsoliy ifodasi bo‘lib, voqelikning mohiyatini metaforik, ramziy va istioraviy holatda o‘ziga ko‘chiradi va uning shakliy tajassumi xisoblanadi. Mifologik obrazlar ibtidoiy badiiy uydirma-fantaziya mahsuli bo‘lib,
koinot, tabiat va jamiyatdagi turli-tuman hodisalar, qadimgi odam tasavvurida mavjud bo‘lgan g‘ayrioddiy kuchlarning kelib chiqish sabablarini izohlashga xizmat qilgan. Badiiy tafakkur shakllangach, qadimgi mifologiyaning tarkibiy qismi sanalgan asotiriy obrazlar adabiyot va san’atga ko‘chgan.
“Motiv” syujetni vujudga keltiradi. Motivlar konkret bir davr ta’sirida vujudga keladi. Bir syujet tarkibida bir necha motivlar bo‘lishi mumkin. Tarixiy asarlarda xabar motivi muhim o‘ringa ega. Shu bilan birga an’anaviy motivlar ham salmoqli o‘rin egallaydi. “To‘rt ulus tarixi”, “Shajarayi turk” asarlaridagi kichik adabiy janrlarda, motiv va tarixiy obrazlarda ham transformatsiyani kuzatish mumkin. Bu holatni an’anaviy motivlar misolida o‘rganib chiqamiz.
Motiv syujet voqealarining tizimli kechishini ta’minlaydi, ayni paytda keskinligini oshirib, voqealar rivojiga zamin yaratadi, hodisa shartini oydinlashtiradi. Nihoyat qat’iylik, barqarorlikni belgilab, voqelikni bo‘rttiradi. Xuddi shu xususiyat adabiy-tarixiy asarlardagi rivoyatlarda ham uchraydi. Ko‘plab tarixiy asarlarda an’anaviy bayon etib kelingan Odam alayhissalom haqidagi afsona va rivoyatlarda uchlik ana’anasi bilan birga to‘rtlik an’anasining mavjudligini ko‘rish mumkin.
A.N.Veselovskiy fikricha, “insoniyatning dastlabki rivojlanish davrida maishiy, psixologik sharoitlarning o‘xshashligi ularning har birida mustaqil va shu bilan birga, bir-biriga o‘xshash syujet va motivlarni yuzaga keltirgan. O‘xshashlik haqidagi fikr motivlarning yadro syujetga tutashishiga oid muayyan nazariy xulosani ishlab chiqishga imkon beradi. Motivlar tizimining o‘sishi va o‘zgarishi oqibatida syujetning vujudga kelishiga ko‘ra tadqiqotlar asosan motivlarni tekshirish, kuzatish, tasniflash yo‘nalishida olib borilgan2. Tarixiy asarlarda ham xuddi shunday bir-biriga o‘xshash motivlar mavjud. Motivlarning asosi saqlangan holda, muallifning o‘z davri adabiy-estetik talablariga moslashtirilgan.

  1. To‘y motivi: epik an’ana va o‘ziga xoslik;

  2. Befarzandlik motivi: epik an’ana sifatida;

  3. Homiladorlik motivi: real haqiqat va badiiy to‘qima sifatida;

  4. Qahramonning g‘ayritabiiy tug‘ilishi motivi:tarixiy voqea va epik an’ana;

  5. Tug‘ilgan bolaga nom qo‘yish motivi: hayot haqiqati va badiiy to‘qima;

  6. Tush motivi: ta’bir va haqiqat.

Xulosa qilib aytganda, adabiy-tarixiy asarlarda rivoyat, hikoyat, axborot va xabarlarning umumlashma “zikr”da mifologik qarash, xalq og‘zaki ijodi an’analari, an’anaviy motiv va epik qoliplardan mahorat bilan foydalanilgan. Bu tarixiy nasrning dostonlar singari qiziqish bilan o‘qilishiga sabab bo‘lgan. Tarixiy asarlarda an’anaviy motivlar voqelikning yuzaga kelishi, rivoji, shakliy o‘zgarishiga hissa qo‘shadi, qolaversa, u hayot, ideal g‘oyalarni chuqur his qilish imkonini beradi. Ayni paytda ular tarixiy haqiqatni inkor etmaydi, balki uni umumlashtirib, yorqinroq ifodalashga xizmat qiladi. Motivlar obrazlar xarakteri va psixologiyasini ochishda ham muhim vosita bo‘lgan.
Tarixiy badiiy nasrda keltirilgan an’anaviy motivlar xalqimizning milliy xususiyatlarini ifodalashga qaratilgan. Maishiy turmush tarzi ta’sirida paydo bo‘lgan urf-odatlar, rasm-rusumlar ifodasi etnografik mohiyat kasb etgan. Ular turkiy xalqlar badiiy tafakkurining o‘ziga xosligi, ajdodlarimizning ijtimoiy-tarixiy va moddiy-ma’naviy hayoti xususidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlab, keyingi davrlarda an’anaviy motivlarning saqlanib qolishiga asos bo‘lgan.


Download 31.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling