1-Mavzu: Arxeologiya fani va uning vazifalari Reja


Download 0.9 Mb.
bet43/52
Sana22.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1793617
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси хал таълими вазирлиги

Chust madaniyati qadimgi Farg‘onadagi ilk dehqonchilik madaniyati yodgorligi hisoblanadi. Bu madaniyatni yaratgan aholi dastlab chorvachilik bilan shug‘ullangan, keyinchalik esa o‘troq hayot tarziga o‘tishgan. Ularning ilk qishlog‘i 1951 yilda M.E.Voronets tomonidan Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor deb atalgan buloq yonidan topilgan. Arxeologlar bu yodgorlikka shartli ravishda Chust madaniyati nomini berganlar, chunki u yodgorlikka yaqin yirik aholi punki Chust shahri bo‘lgan.
Chust madaniyati so‘nggi bronza va ilk temir davriga oid bo‘lib, u mil.avv. II ming yillikning oxiri va I ming yillikning birinchi choragida shakllangan. Olimlar olib borilgan tadqiqotlar natijasida uning rivojlanish davrini 2 davrga bo‘lib ko‘rsatadilar.
1.So‘nggi bronza davri bo‘lib, mil.avv. II ming yillikning oxiri
va I ming yillikning birinchi choragidan to mil.avv. VIII
davom qilgan.
2. Ilk temir davri bo‘lib, mil.avv. VIII – VII asrlarni o‘z ichiga
oladi.
Bugungi kungacha Farg‘ona vodiysidan bu madaniyatga oid 80 dan ortiq yodgorlik topilgan. Shuningdek, uning izlari Namangan, Andijon, Samarqand va Qashqadaryo hududlaridan ham topilgan. Hozirgacha ularning 10dan ortiq yodgorliklarida arxeologik qazishmalar o‘tkazilgan.
Chust madaniyatiga oid yodgorliklar tog‘ oldi soy etaklarida, ularning o‘rta oqimida, vohaning tekis rayonlarida uchraydi. Qoradaryo havzasi va uning irmoqlari bo‘ylab esa, Chust madaniyatiga oid qishloqlar uchraydi.
Chustda M.E.Voronetsdan keyin V.I.Sprishevskiy, B.Matboboev, Yu.A.Zadneprovskiylar tadqiqot ishlarini olib bordilar. Qazishmalar Dalvarzintepa, Qoraqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Tergovchi, Yaztepa, Go‘rmiron, G‘ayrattepa, Chimboy, Ashkaltepa kabi yodgorliklarda olib borildi. Ularda madaniy qatlam 1,5––3 metrgacha qalinlikda saqlanib qolgan, bu ham chust madaniyati axolisining o‘troq hayot kechirganligidan dalolat beradi.
Chust madaniyati yodgorliklari tarixiy–topografik tarkibiga ko‘ra 2 tipga bo‘linadi:
1. Maydoni bir gektargacha bo‘lgan mayda qishloqlar. Ularning har birida bir oila jamoasi yashagan.
2.Maydoni 10 va undan ortiq gektarga teng bo‘lgan qishloqlar. Ular har bir sug‘orma dehqonchilik rayonidan 1tadan uchraydi. Ularning atrofida o‘nlab mayda qishloqlar bo‘lgan (Dalvarzintepa, Ashkaltepa) .
Chust madaniyatining ikkinchi davrida ilk shaharlar vujudga kela boshlagan. So‘nggi bronza davri yirik qishloq tarzida tarkib topgan aholi punktlarida dastlab mudofaa devorlari barpo etiladi, ularda otashparastlik diniy qarashlari rasmiylashadi. Ular ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi – O‘rda qismida hukmdorning qarorgohi bo‘lib, uning atrofi ham mudofaa devori bilan o‘ralgan. Mudofaa devori qoldiqlari Chust qishlog‘ida va Ashkaltepadan topilgan. Chustda xom g‘ishtdan ishlangan devorning qalinligi 3 metr, uning balandligi 3,5 metrga teng.
Chust madaniyati yodgorliklarini qazish jarayonida ularning quyi qatlamidan doira shaklida qurilgan ko‘plab o‘ralar topilgan. Masalan, Chust makonida 60 ta, Chimboyda esa 16 ta shunday o‘ralar ochilgan. Bu o‘ralarning qanday maqsadda qurilganligi to‘g‘risida har xil fikrlar mavjud. Ba’zilari kulba desa, ba’zilari uni g‘alla o‘ralari deb talqin qiladi. Akademik A.Asqarov ham uni g‘alla o‘rasi deb hisoblab, ularning maydoni kulba uchun juda noqulay ekanligini ta’kidlaydi.
Chust madaniyati aholisi dastlabki bosqichda yarim erto‘la va chaylalarda yashaganlar, ikkinchi bosqichda esa, guvala va xom g‘ishtdan qurilgan kulbalarda yashaganlar.
Chust madaniyati oid qabriston hali topilgani yo‘q. Lekin makonlardagi uylarni qazish vaqtida bir necha tartibsiz qo‘milgan mozorlar topilgan. Ularda odamlar yoni bilan g‘ujanak holatida qo‘yilgan. Mozorlarda sklet atrofida sopol buyumlar yoki taqinchoqlar uchramaydi. Faqat Chust makonida bir mozordagina skelet bosh suyagi yonidan bitta gulli sopol kosa topilgan. Ba’zi yodgorliklarda yosh bolalar sopol idishlarga solib ko‘milgan. Lekin chust madaniyati yodgorliklarida dafn marosimi bilan bog‘liq bo‘lgan aniq bir tartib kuzatilmaydi. Chunki ba’zi hollarda odam suyaklari xo‘jalik o‘ralarida va ko‘p xollarda esa, bir chuqurchada o‘ntalab odam boshi suyaklari topilgan. Bu masala hozirgacha o‘z echimini topgan emas.
Chust madaniyatida metall bilan bog‘liq hunarmandchilik yaxshi rivojlangan. Masalan, Chust makonidan 80 dan ortiq, Dalvarzintepadan 60 dan ortiq metall predmetlar topilgan. Shuningdek u erlardan tosh qoliplar ham topilgan bo‘lib, ularda oyna, o‘roq, pichoq va bigizlar quyilgan. Metall esa, sopol idish–tigellarda eritilgan. Chust madaniyati yodgorliklarining yuqori qatlamidan bronza buyumlar bilan birga temirdan ishlangan pichoq ham topilgan. Yodgorliklarda temir shlaklari ko‘plab uchraydi.
Chust madaniyati yodgorliklarida tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari ham topilgan. Masalan Dalvarzintepadan 1500 ga yaqin tosh qurollari topilgan. Ular orasida qum–toshdan yasalgan o‘roqsimon pichoqlar alohida diqqatga sazovordir. Ularning 400ga yaqini topilgan.
Suyakdan taroq, moki, bigiz, urchuq va boshqa buyumlar ishlangan. Urchuq toshlari, moki va suyak taroqlarning topilishi aholining to‘qimachilik bilan ham shug‘ullanganligidan darak beradi. Suyakdan yasalgan buyumlar orasida qo‘y va echki oshiqlari nihoyatda ko‘p. Ularga tegishli chuqurchalar yasab, chuqurchalarga bronza quyilgan. Oshiqlarning deyarli ko‘pchiligi juda silliq, ustki qismi to‘q qizil tusda va ularga pardoz berilganligini tufayli tovlanib turibdi. Tadqiqotchilar fikricha, bular bilan chust aholisi qimor o‘yinini o‘ynagan.
Chust aholisi kulolchilik idishlarini qo‘lda yasaganlar, ular hali charxni bilishmagan. Ularning xo‘jaligining asosini sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik tashkil qilgan. Dehqonlar bug‘doy, tariq, arpa ekkanlar. Ikkinchi o‘rinda xonaki chorvachilik turgan. Xo‘jalikda ot, qoramol boqqanlar. Dehqonlar g‘allalarini o‘ralarda saqlaganlar. Har bir o‘rada 200 kgdan to 2 tonnagacha g‘alla saqlash mumkin bo‘lgan. Erni haydashda va ekinlarni yanchishda hayvon kuchidan foydalanishgan. Bu haqda Qirg‘iziston xududida joylashgan Soymalitosh qoya toshlari darak beradi. Uning suratlari Chust madaniyatiga oid bo‘lib, unda qo‘shga qo‘shilgan ho‘qizlarning tasviri bor.
Chust madaniyatiga oid sopol parchalari Samarqand xududida joylashgan Afrosiyob yodgorligining quyi qatlamidan, janubiy Sug‘diyonaning bosh shahri bo‘lgan Erqo‘rg‘on shaxri xarobasining pastki qatlamidan, Shaxrisabz xududida joylashgan ilk o‘rta asrlar davriga oid bo‘lgan To‘rtkultepa yodgorligining quyi qatlamidan va qadimgi Baqtriya xududidagi Kuchuktepa, Bo‘yrachi, Qizilcha, Maydatepa kabi yodgorliklardan topilgan. Lekin Chust madaniyati qadimgi Baqtriyada keng rivojlana olmadi, chunki bu erda sharq sivilizatsiyasi ta’sirida rivojlangan dehqonchilik madaniyati ularni o‘ziga singdirib yubordi. Shuningdek, bu erdagi Chust maladaniyati izlari Farg‘ona va Sug‘diyonadagi madaniyatdan tubdan farq qilar edi. Bu erdagilar kulbalarda iste’komat qilib, kulolchilik charxini o‘zlashtirgan va qumtosh o‘roqsimon pichoqlardan foydalanmas edilar.
Chust madaniyati mil.avv. II ming yillikning oxiri va I ming yillikning birinchi choragida Farg‘ona vodiysida qadimgi dehqonchilik madaniyati tarkib topganligi ko‘rsatadi. Bu madaniyat aholisi O‘rta Osiyoning tub erli axolisi bo‘lib, ular jismoniy tuzilishi va antropologik tip jihatdan Evropa tipiga mansub bo‘lgan.
Chust madaniyatidan so‘ng qadimgi Farg‘onada ularning vorislari sifatida Elatan madaniyati shakllandi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling