1-Mavzu: Arxeologiya fani va uning vazifalari Reja
O‘zbekistonning qadimgi davr madaniyati va uning rivojlanish xususiyatlari
Download 0.9 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси хал таълими вазирлиги
O‘zbekistonning qadimgi davr madaniyati va uning rivojlanish xususiyatlari. Bu davr me’moriy obidalarida tasviriy san’at keng qo‘llanilgan. Masalan, Dalvarzintepa ibodatxonasining Baqtriya xudolariga bag‘ishlangan devoriy sur’atlari, Fayoztepa va Qoratepa Budda ibodatxonalaridagi devoriy suratlar, Tuproqqal’a va Erqo‘rg‘on devoriy rasmlari bunga misol bo‘la oladi. Lekin tasviriy san’at monumental san’atning ustivor yo‘nalishi xisoblanmagan, u haykaltaroshlik bilan bog‘liq holda rivojlangan. Xaykaltaroshlikning asl namunalari Shimoliy Toxariston va Xorazm madaniyatida o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Baqtriya–Toharistonda eng qadimgi xaykallar kompozitsiyasi Xolchayon hokimining saroyidan topildi. Ular saroyning kutish zaliga o‘rnatilgan. G.A.Pugachenkova tahliliga ko‘ra, haykallarning asosiy guruhi dastlabki kushon podsholari (Geray)ga tegishli bo‘lib, ular tarkibida yuechjilar birga boshqa etnos vakillari boxtariylar xam borligi e’tirof etiladi. Xalchayon haykallari saroy devorining uch tomonini egallagan va boy kompozitsiyaga ega. Unda a’yonlar va kurash sahnasi, teatrlashgan mavzu, ya’ni og‘ir gulchambarlarni ko‘tarib turgan bolalar haykallari, aktyor byustlari, muzika asboblarini tutgan ayol haykallari va boshqalar. Kompozitsiya markazida podsholik xomiysi –– Afina, Gerakl, Nika (Yunon xudolari)ning siymolari tasvirlangan. Baqtriyada buddizm davlat dini darajasiga ko‘tarilgach, Budda xaykaltaroshlik san’ati ma’naviy hayotning mazmuninga aylandi. Bularni Dalvarzintepa, Fayoztepa, Ayrtom, Qoratepa va boshqa yodgorliklarda ko‘rishimiz mumkin. Baqtriya–Toharistonda buddizmni qabul qilgan mahalliy ustalarning professional haykaltaroshlik maktabi shakllanadi. Qadimgi davrda Xorazm haykaltaroshlik maktabi, mintaqa aholisining tipini aniq obrazlarda mahorat bilan ifoda etishda ajralib turadi. Haykaltaroshlar o‘z asarlarida nafaqat Xorazmga xos bo‘lgan tipni berishga intilganlar, balki mahalliy aholining kiyim –kechagi va turmush tarzini real obrazlarda aniq ifoda etishga alohida e’tibor berganlar. Xorazm haykaltaroshlik maktabining noyob materiallari asosan Qo‘yqirilgan qal’a, Oq qal’a, Tuproq qal’aladan topilgan. Milodiy II–III asrlar Xorazm xaykaltaroshlik maktabining eng yuksalgan davri hisoblanadi. Tuproqqal’a bunga misol bo‘la oladi. Uning deyarli barcha zallari xaykallar bilan bezalgan. Masalan, saroyning “podsholar zali” deb nomlangan xona devorlari uzun yaxtak va sharovar kiygan erkaklar va burmalangan ko‘ylakdagi ayollarning rostmana xaykallari bilan bezatilgan. “Xarbiylar zali”da postament markaziga yirik haykal va uning ikki tomonida o‘ziga xos bosh kiyimdagi qurolli harbiylar haykali o‘rnatilgan. Boshqa bir zalda chordanoq kerib o‘tirgan podshohni parvozdagi xudolar tomonidan g‘alaba bilan tabriklash lahzalari tasvirlangan. Saroyning yana bir zali mayxo‘rlik bazmi va unda raqsga tushayotgan raqqosa va masxarabozlarning bo‘rttirib ishlangan haykallari bilan bezatilgan. “Ohular zali”da esa, ohular ketidan eldek uchib borayotgan otliq ovchilarning tasvirlari devorga bo‘rittirib ishlangan. O‘zbekistonning qadimgi davrida amaliy san’at ham yuksak darajada rivojlanadi. Xususiy muhr, tamg‘alar, mahalliy hokimlik nishoni gemma va tangalarn zarb qilina boshlandi. Diniy va dunyoviy xarakterga ega bo‘lgan har xil terrokota haykalchalari xam ishlab chiqila boshlandi. Bu davrda mulkiy tabaqalanish protsessi ham jadal sur’atlar bilan kechdi. Natijada ilgari markazlashgan shahar hokimiyati nufuzi pasayib, dehqonlar ta’siri oshib bordi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling