1-Mavzu: Arxeologiya fani va uning vazifalari Reja
Tumek–kichidjik qabrstoni –
Download 0.9 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси хал таълими вазирлиги
Tumek–kichidjik qabrstoni – so‘ngi neolit davriga oid muxim yodgorlik bo‘lib, u 1972 yilda Amudaryoning quyi oqimidan topilgan. U erda tadqiqotlar 1973–1974 yillarda olib borildi. Qazishmalar vaqtida 27 ta qabr ochib o‘rganildi. Qabrga dafn etilganlar chalqanchasiga yotqizilgan, boshlari esa, asosan, shimoli–sharqqa qaratib qo‘yilgan va xar xil marosimlarda kiyadigan kiyim boshlar bilan ko‘milgan. Skletlar ustida taqinchoqlar saqlanib qolgan. Tosh qurollar va sopol buyumlarning parchalari qo‘yilgan. Qabrdagi suyaklarda qizil rang izlar mavjud. Bu ularning diniy e’tiqodlari bilan bog‘liq bo‘lgan.
Hozirgi kunda Kaltaminor madaniyati izlari Sirdaryoning quyi oqimi, Qizilqumning ichki hududlari va Zarafshonning quyi havzalarida topilgan. Tadqiqotlar natijasida neolit davrida Zarafshon daryosining beshta tarmog‘i Amudaryoga qo‘shilganligi aniqlandi. Mazkur tarmoqlar Qizilqum xududida katta, kichik ko‘llarni hosil qilgan. Zarafshon daryosining yirik tarmog‘i Moxandaryo bo‘lib, uning ham oqimida ko‘llar shakllangan. Bugungi kunda ular suvsizlikdan sho‘rlanib, xalk orasida katta tuzkon, kichik tuzkon deb atalib kelinadi. Shu qadimgi ko‘l yoqalarida neolit davri aholisi iste’qomat qilgan. 1950 yillarda Ya.G‘.G‘ulomov Moxandaryo bo‘ylab arxeologik qidiruv ishlarini olib bordi. 1960 yillarda esa bu xududda A.Asqarov bilan O‘.Islomovlar tadqiqot ishlarini olib borib, 100 dan ortiq neolit davri manzilgohlarini topdilar. Ular bir–biriga juda yaqin massofada joylashgan. Bu joylardan qirg‘ichlar, pichoqlar, o‘roq–randalar, nayza uchlari, o‘roqlar, parma, teshkichlar, yorg‘uchoq, qayroqtosh, bolta va boshqa buyumlar topilgan. Tosh qurollardan tashqari bu erdan, taqinchoqlar, munchoqlar, sopol idishlari topilgan. Sopol idishlarning katta– kichikligi, bezagi har xil bo‘lib, og‘zi kengroq, osti dumaloq shaklda bo‘lgan. Lekin bu erda suyakdan qurollar topilmagan. Uning ko‘plari mavsumiy manzilgohlar bo‘lib, madaniy qatlamlar etarli saqlanib qolmagan. Faqatgina Darvozaqir manzilgohida madaniy qatlam yaxshi saqlangan. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling