1-Mavzu: Arxeologiya fani va uning vazifalari Reja


Tegisken mozor–qurg‘onlari


Download 0.9 Mb.
bet38/52
Sana22.11.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1793617
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси хал таълими вазирлиги

Tegisken mozor–qurg‘onlari o‘rganish natijasida chorvadorlar orasidagi ijtiomiy tengsizlik haqida yanada ko‘proq ma’lumot olindi. Bu yodgorlik Orol dengizining sharqiy qismida joylashgan.
Tegisken mozor–qurg‘onlari 70dan ortiq inshoot bo‘lib, ular shimoiliy va janubiy gruppalarga bo‘linadilar. Shimoliy gruppa mavzoleylaridan 5 tasi qazilgan, ulardan 4 tasi bronza davriga, 1 tasi ilk temir davriga oid bo‘lib chiqdi.
Tegisken mozor–qurg‘onlari murakkab konstruksiyali monumental inshootlar bo‘lib, yirik xajmdagi xom g‘isht va yog‘och yordamida tiklangan. Ular o‘z shakllariga ko‘ra o‘tovga o‘xshaydi.
Mozor –qo‘rg‘onlarning har biri urug‘ oqsoqoli yoki qabila boshlig‘iga tegishli bo‘lib, ularning ichidan sopol, bronza, oltindan ishlangan buyumlar va xayvon suyaklari topilgan. Hayvon suyaklari qurbonlikka so‘yilgan hayvon go‘shtining bir qismi bo‘lib, chorvadorlar odati bo‘yicha uni marxum bilan birga qo‘yishgan.
Miloddan avvalgi II ming yillik yarmida Toshkent viloyatining tog‘oldi xududlari ham Andronova chorvador qabilalari tomonidan o‘zlashtirilgan. Hozirgi kunda ularning qisqa muddatli qarorgohlari Toshkent yaqinidagi Achiko‘l atrofida, Yangier rayonida va Toshkent kanali xududlarida makon va mozor izlari topilgan. Ularning xech birida madaniy qatlam saqlanmagan. Faqat qadimgi qishloq xarobalarida chizma naqshli sopol parchalari, bronzadan ishlangan uy–ro‘zg‘or buyumlari, tosh yorg‘uchoq siniqlari uchraydi. Qabrlarda esa, oyoq–qo‘llari buklanib, yoni bilan yotqizilgan skeletlar va bir necha sopol buyumlari topilgan. Ayollar qabrlari esa, bronza taqinchoqlar uchraydi.
Cho‘l zonasi qabilalariga tegishli yodgorliklar Farg‘ona vodiysida keng o‘rganilgan. Jumladan, Farg‘ona viloyatidagi Vodil, Karanko‘l qabristonlari, Leninobod xududidagi Qayroqqum va Dahana qabristonlarini ko‘rsatish mumkin.
Qayroqqum madaniyati Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismi joylashgan bo‘lib, uni 1950 yillarda A.P.Okladnikov va B.A.Litvinskiylar tomonidan topib o‘rganildi. U erdagi taqir ustidan 60 dan ortiq makon va minglab sopol bo‘laklari, bronza va tosh qurollar, hayvon suyaklari parchalari topildi.
Makon va qabrlardan sopol idishlar ko‘p jihatdan tozabog‘yob sopollariga o‘xshab ketsa–da, lekin Qayroqqum sopollari ichida quloqli, ba’zida tarnov jo‘mrakli xillari xam uchraydi. Sopol idishlarning o‘ndan bir qismi chizma, taroq iz gul bilan naqshlangan.
Qayroqqum madaniyatida metall hunarmandchiligi rivojlangan. 15 ta joydan metall eritish o‘choqlari va toshqollar uyumi topilgan. Shuningdek, taqirlarda ikki tig‘li yaproqsimon pichoqlar, xanjar, iskana, qarmoq, igna, bigiz, ikki parrakli bronza paykonlar ko‘plab uchraydi.
Qayroqqum madaniyati broza davrining oxiri va ilk temir davriga oid yodgorlik hisoblanadi.
Yuqori Farg‘ona xududidan Vodil, Qaramko‘l, Yapagin, Chakka qabristonlarida B.Z.Gamburg va N.G.Gorbunovlar 50 dan ortiq mozor–qo‘rg‘onni tadqiq qildilar. Bularda oyoq–qo‘li buklangan odam skeletlari tosh yashiklar ichiga ko‘milgan edi. Lekin mozorlarning 90% o‘g‘irlangan. Ularning ba’zilarida qo‘ng‘iroqsimon bronza isirg‘alar, spiral boshli bilakuzuklar, bronza munchoqlar, ikki parrakli paykon va sopol parchalari uchraydi.
Toshkent va Farg‘ona vodiysi cho‘lli zona qabilalari madaniy–xo‘jalik faoliyatida chorvachilik dehqonchilikka nisbatan yuqori rivojlangan. Qadimgi Xorazmdagi Tozabog‘yob madaniyatida esa, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik xo‘jalik hayotida ustun bo‘lgan va etarli darajada rivojlangan.
Ko‘rib turganimizdek, bronza davri bo‘yicha ma’lumotlar ko‘p va xilma xildir. Uni talaba va o‘quvchilarga yanada chuqurroq o‘rgatish va oson tuchunib olishlari uchun yana alohida jadvaldan foydalanganimiz maqsadga muvofiqdir.


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling