1-mavzu. Atom tuzilishi


Izotoplarni ajratish to’g’risida tushuncha


Download 50.87 Kb.
bet9/9
Sana09.01.2022
Hajmi50.87 Kb.
#265640
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

Izotoplarni ajratish to’g’risida tushuncha.
Izotoplarning xossalari bir - biriga aynan o’xshash bo’lganligi uchun ularni kimyoviy usullarda ajratish juda qiyindir. Agar ular massalari bilan keskin farq qilsa kimyoviy usulni qo’llash mumkin bo’ladi. Bu asosan vodorod izotopi deyteriyni ajratish uchun qo’llaniladi. Kimyoviy usul bilan izotoplarni ajratishda fizik xossalaridan - gaz holatida turlicha zichligi, suyuq holatida turlicha qaynash temperaturalari kabi konstantalaridan foydalaniladi. Shunday usullardan - par holidagi aralashmani g’ovak to’siqdagi diffuziyasi, termodiffuziya - ya’ni - ( maydalab ) fraksiyalab haydash usullaridir. Bu usullar juda katta mehnatni talab qiladi va ajratishni juda ko’p bosqichlarga bo’ladi.

Chunki bu usullarda ajratish koeffisenti juda kichiqdir. Ta biatda faqat radioaktiv atomlarning yadrolari yemirilgandagina izolirlangan izotoplar hosil bo’ladi. Mas: U --> Rb ( 205,974) = 206 Toriy Th --> Pb (208,042) - Rb - izotoplari hosil bo’ladi. Izotoplarni ochish, ularning mavjud ekanligini isbotlash, aralashmalarning og’irlik miqdorini aniqlash va mikro qismlarga ajratish faqat mahsus usullar yordami bilan bajariladi. Bunday usullarga musbat nurlar usuli va massa spektrlarida tekshirish usullari kiradi.

1 chi usul massa va zaryadlarning qiymatlari bilan farq qiladigan elektr bilan zaryadlangan zarrachalarni ajratishga asoslangan. Ajratish Tompson asbobi yordamida bajariladi.

Trubkadan simob nasosi orqali havo so’rib olinadi. Lekin baribir oz miqdorda trubkada O, N2, CO2, H2O, va Ng parlari qoladi. 30000 - 50000 v kuchlanish ayirmasi berilganda katod teshiklarida + zaryadlangan nurlar oqimi FEK ga qarab harakat qila boshlaydi. Bu nurlarga kanal nurlari yoki + zaryadlangan nurlari deyiladi. Kanal nurlarining zarrachalari naydagi gazni tashqil qilgan moddalarning bitta yoki bir nechta elektron yuqotgan atomlari yoki molekulalaridir.

Mas:  O2+  O+   O2+  NC+ CO2+  H+   H2+ Hg+   Hg2+
Ze-/m 1 111 11 1 1 1 1

8 16 32 14 12 44 1,007 2,014 200 100

Bu ionlar hatto Ze-/m - lari bir xil bo’lgan ionlar ham har xil

tezlikda harakat qiladi va fotogrammada har xil ( chiziqlar ) hosil qiladi (parabolalar hosil bo’ladi).



2. 1920 yilda Aston Tompson priborni o’zgartirdi va unga massa - spektrograf nom berdi. Aston katod kanalidagi uzun tirqishni, diafragmali teshik orqali almashtirdi va magnit hamda elektromaydonlarni tekistlikda bir - biriga nisbatan perpendikulyar joylashtirdi.

Agar zarrachalarning massa va zaryadlari bir xil bo’lib, tezliklari har xil bo’lsa, plastinkada 1 ta chiziq hosil bo’ladi. Agar zarrachalarning massalari har xil bo’lsa, u holda plastinkada bir necha chiziqlar hosil bo’ladi, bu chiziqlarning har biri ma’lum massali zarrachaga muvofiq keladi. Aston bu chiziqlar sistemasini massa spektri deb atadi.
Download 50.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling