1-mavzu atom, yadro va elementar zarralar fizikasida relyativistik munosabatlarning tutgan o`rni
- mavzu. Bor postulatlari. Frank-Gerts tajribasi
Download 1.4 Mb.
|
Mustaqil talim materiallari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quv mashg`ulotining maqsadi: Pedagogika oliy o`quv yurtlari talabalariga Bor postulatlari, Frank-Gerts tajribasi haqida ma`lumot berish.
3- mavzu.
Bor postulatlari. Frank-Gerts tajribasi 1. Ma`ruza mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi
Klassik elektrodinamika qonunlariga asosan biror zaryadlangan zarra qandaydir tezlanish bilan harakatlansa, u o`zidan ma`lum chastotali elektromagnit nurlanishni hosil qiladi. Atomning planetar modeliga muvofiq yadro atrofida harakatlanayotgan elektron ham biror tezlanish bilan harakat qiladi. Yuqoridagi qonunlarga asosan elektron ham o`zidan nur chiqarishi va ma`lum bir vaqtdan so`ng yadroga qulab tushishi kerak bo`ladi. Lekin bu protsess sodir bo`lmaydi. Uni sodir bo`lmasligini tushuntirish maqsadida 1913 yili Bor o`zining postulatlarini yaratdi. Uning 3 ta postulati bo`lib, ular quyidagicha ta`riflanadi: Har qanday atom va undagi elektronlar ma`lum statsionar holatlarda bo`ladi. Bu holatlarda atom yoki undagi elektronlar o`zidan nur chiqarmaydi yoki yutmaydi. Har bir holatga ma`lum bir energiya mos keladi va atom energiyasi diskret energiya qatorini tashkil qiladi. Atom yoki undagi elektron ma`lum bir statsionar holatdan boshqasiga o`tganida o`zidan ma`lum chastotali nur chiqaradi yoki yutadi. Nurlanish yoki nur yutish chastotasi quyidagicha aniqlanadi: . Yadro atrofida harakatlanayotgan elektronning impul`s (orbital) momenti Plank doimiysiga karralidir: L=nћ. Bu erda 1,05·10-34 J·s, n=1,2,3, ..... Frank-Gerts tajribasi Bor postulatlarining to`g`riligini tekshirish uchun Frank-Gerts tajriba o`tkazdi. Bunda ular ikki usuldan foydalanishdi. Ularning biri tezlatuvchi maydon usuli, ikkinchisi esa tormozlovchi maydon usulidir. Frank-Gerts tajriba qurilmasining asosini 3 ta elektroddan iborat bo`lgan va ichi gaz bilan to`ldirilgan shisha ballon tashkil qiladi. Ushbu tajribada bu ballon simob bug`lari bilan to`ldiriladi. Elektrodlardan biri ikkinchisiga qaraganda manfiy zaryadlanadi va katod deb ataladi. Musbat zaryadlangan elektrod esa anod deyiladi. Uchinchi elektrod bo`lgan to`r 0,5 V kuchlanish bilan zaryadlanadi. Tezlatuvchi maydon usulida katod bilan to`r o`rtasiga tezlatuvchi kuchlanish beriladi. Termoelektron emissiya hisobiga katoddan uchib chiqqan elektronlar simob atomlari bilan ikki xil to`qnashadi: birinchisi elastik, ikkinchisi esa noelastik. Simob atomlari bilan elastik to`qnashgan elektronlar anodga etib kelib anod tokini hosil qiladi. Anod bilan katod orasidagi kuchlanish orttirib borilsa, anod toki ham ortib boradi. Bu kuchlanish 4,1 V ga etganda ushbu tok birdaniga kamayib ketadi. Buning asosiy sababi bu holda elektronlar simob atomlari bilan noelastik to`qnashadi va energiyalarining asosiy qismini simob atomlariga beradi. Bu energiyani olgan simob atomlari yuqori energetik holatga o`tadi va uyg`onadi. Energiyasini yo`qotgan elektronlarni to`r o`ziga tortib oladi. Shundan keyin ham anod kuchlanishi orttirilib borilsa, anod toki yana orta boshlaydi. Ushbu kuchlanish 9 V ga etganida anod toki yana keskin kamayib ketadi va simob atomlari yana uyg`onadi. Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling