1-mavzu: Autocad dasturi
Download 1.56 Mb.
|
AutyoCad
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-Mavzu: Tekst yozish va uni tahrirlash Reja
Nazorat uchun savollarChiziq turlari haqida gapiring Shrift (yozuv)ni chizmada qanday qo`llash mumkin Adabiyotlar: M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi а) b) 8-rasm
4-Mavzu: Tekst yozish va uni tahrirlash Reja:Tekst yozish. Bir qtorli va ko`p qatorli tekstlarTayanch so`z va iboralar: Веса линий, По умолчанию bo‘limi, ob’yekt, chiziq, Параметры веса линий muloqat oynasi, masshtab, qog‘oz, tekst yozish, jihozlar paneli, Текстовые стилы… bo‘limi, tekstni tahrirlash, o‘lcham, Размеры jihozlar paneli, o‘lcham stili, element. Tekst uchun AutoCADning vektorli shriftlardan yoki Windows tizimidagi bor standart shriftlardan foydalanish mumkin. Vektorli shriftlarning tipi *.shx ko‘rinishida bo‘ladi (10-rasmga qarang). Vektorli shriftlarga yo‘g‘onlik xuddi chiziqqa qo‘llangandek qo‘llaniladi. Windows shriftlari uchun chiziq yo‘g‘onligini tanlab bo‘lmaydi. Tekst bir qatorli Однострочный yoki ko‘p qatorli Многострочный bo‘lishi mumkin. Tekst kiritish va kiritilgan tekstni tahrirlash uchun jihozlar panelidagi tugmalardan foydalaniladi. Quyida tekstni kiritish va tahrirlash uchun ishlatiladigan tugmalarning ayrimlari keltirilgan:
Bir qatorli tekst yozish uchun chizmada boshlang‘ich nuqta sichqoncha yordamida ko‘rsatiladi, so‘ngra shrift balandligi va yo‘nalish qiyaligi navbatma-navbat kiritiladi. So‘ngra tekst matni yoziladi. Yangi qatorga Enter bilan o‘tiladi. Enter ketma-ket bosilsa, tekst yozish tugatilati. Ko‘p qatorli tekst joylanishi uchun to‘rtburchak soha qarama-qarshi ikki nuqtasi orqali ko‘rsatiladi. Ekranda tekst kiritish uchun muloqat oynasi paydo bo‘ladi (9-rasm). Bu muloqat oynasida oldindan yaratilgan tekst stillaridan foydalanish; shrift turini va balandligini tanlash; tekstga rang berish; tekstni to‘rburchak sohaning chap, o‘ng yuqori, past, o‘rtasiga joylash; qatorlar orasi intervalini o‘zgartirish; qiya yozish; harflar oralig‘i masofalarini va enini o‘zgartirish; simvollar kiritish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Bu o‘zgartirishlar tekstning belgilangan qismiga ta’sir etadi. Tekstni biror fayldan import qilib olish ham mumkin. Muloqot oynaning lineykasi yordamida abzas chegaralarini va tekst yozilgan to‘rtburchak sohaning o‘lchamini o‘zgartiriladi. Undan tashqari tekst sohasiga rang berish, chizmadagi fon ustiga yozish va bu fonning tekstga nisbatan ko‘rinish darachasini foizlarda tanlash mumkin. Buyruqlarni muloqat oynasidagi (9-rasm) tugmachalar (piktogrammalar) yordamida yoki tekst yozilayotgan sohaga «sichqoncha»ning o‘ng tugmasini bosib chaqirilayotgan menyudan bajarish mumkin. rasm Chizmada ko‘p qo‘llaniladigan ayrim belgilar quyidagicha tanlanadi: - diametr belgisi %%s orqali, - gradus belgisi %%d orqali va - plyus-minus belgisi %%p orqali yoziladi (bu yerda s, d, p harflari lotin tilida yozilishi kerak) . Формат menyusining Текстовые стилы… bo‘limi orqali yangi stillar (namuna) yaratish yoki yaratilgan stillarni o‘zgartirish uchun muloqat oynasi chaqiriladi (10-rasm). Odatda Стандартный stili o‘rnatilgan bo‘ladi. Yaratilayotgan stillarga nom berib saqlab qo‘yiladi. Keyinchalik teks yozish va tahrirlash paytida bu stillardan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Bundan tashqari stilga biror o‘zgartirish kiritilsa, chizmada shu stil bilan yozilgan barcha tekst o‘z-o‘zidan mos ravishda o‘zgaradi. Tekstni tahrirlash uchun tekst ustiga sichqonchani ikki marta chertib olish kerak yoki - tugmadan foydalanish kerak. rasm. Bir qatorli tekstni tahrirlashning yana bir qulay usuli tekstni belgilab Свойства oynasidan foydalanishdir (Свойства oynasini Ctrl+1 tugmasi bilan tezda chaqirib olsa bo‘ladi). Nazorat uchun savollar va topshiriqlar Chiziq yo‘g‘onligi qanday tanlanadi? Ko‘p qatorli Многострочный tekst yozish buyrug‘ini qaysi belgi orqali chaqiradi? Bir qatorli Однострочный tekst yozish buyrug‘ini qaysi belgi orqali chaqiradi? Belgilangan tekstni balandligini tayanch nuqtasiga nisbatan yangi qiymat berib o‘zgartirish uchun qanday belgidan foydalanamiz? Adabiyotlar: M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling