1-Mavzu. Avtomobil yo’llarini qurishda yo’l qurilish materiallarining o’rni va axamiyati. Reja


Download 301.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.11.2020
Hajmi301.72 Kb.
#150505
Bog'liq
1-maruza


1-Mavzu. Avtomobil yo’llarini qurishda yo’l qurilish materiallarining o’rni va 

axamiyati

  

Reja: 

1.  Avtomobil yo‘llarining Respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni.  

2.  Mavjud  yo‘llarni  kapital  ta’mirlash  va  rekonstruksiya  qilish  to‘g‘risidagi 

buyruqlar, qarorlar va farmoyishlar. 

3.  Respublikada olib borilayotgan yo‘l siyosati. 

 

Bundan necha yuz yillar avval xalqlarni bir – biri bilan bog‘lagan karvon yo‘llari 



bugun  magistral  yo‘llarga  aylandi.  Shunday  yo‘llardan  biri  Buyuk  Ipak  yo‘lidir. 

Mag‘ribu,  mashriqni  bog‘lagan,  xalqlar  tarixi  va    taraqqiyotining  eng  kuchli 

xalqalaridan  biri  bo‘lgan  Buyuk  Ipak  yo‘li  dunyoga  mashhur  Buxoro  ,  Samarqand, 

Qo‘qon va O‘sh shaharlari orqali Qashqardan o‘tib, yo‘nalishini davom ettirgan. 

 

Bu yo‘nalish Yevropa qit’asini Osiyoning okean sarhadlari bilan bog‘laydigan va 



xalqaro  miq’yosda  oltin  kamar  vazifasini  bajaruvchi  muhim  artyeriya  hisoblanadi. 

Hozirda  esa  “Transkontinental  yo‘nalishi”  deb  nom  olgan.      Prezidentimizning 

tashabbusi bilan  “ Buyuk Ipak yo‘li” ni tiklash to‘g‘risidagi qonunni qabul qilinishidan, 

transport  yo‘lagi  bo‘yicha  xalqaro  anjumanlarda  qatnashib,  shartnomalar,  bitimlar 

tuzilishi,  ayniqsa  “Yevropa  –Kavkaz-  Osiyo”  transport  yo‘lagi  (TRASEKA)ni 

rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlardan maqsad portlarga , dengizlarga, jahon 

bozoriga chiqish va O‘zbekistonning rivojiga rivoj qo‘shishdir. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimovni  avtomobil  yo‘llarini 



rivojlanishiga    katta  ahamiyat  byerishlari,  ayniqsa  “Avtomobil  yo‘llari  to‘g‘risidagi” 

qonun  2  oktyabr  2007  №PQ-117  da  qayta  ko‘rib  chiqishi,  ushbu  qonunning  maqsadi 

avtomobil  yo‘llarini  loyihalash,  qurish,  rekonstruksiya  qilish  va  ulardan  foydalanish 

bo‘yicha  30ta  modda  keltirilib,  unda  idoralar  va  korxonalarga    qarashli  avtomobil 

yo‘llari  birgalikda  xo‘jalik  avtomobil  yo‘llari  deb,  hamda  shahar  va  boshqa  aholi 

punktlari tasnifi qo‘shilgan. 

Respublikamiz 

bo‘yicha 

barcha 

turdagi 


transportlarda 

tashilayotgan 

yo‘lovchilarning  96,6%  ,  yuklarni  esa  81,3%  aynan  avtomobil  transporti  hissasiga 

to‘g‘ri  keladi.  Demak,  mamlakatimizda  bu  transport  vositasiga  talab  katta.  Yo‘l 

tarmog‘ini umumiy uzunligi respublika bo‘yicha 183,000 km. 

Keyingi 2005-2010 yillar ichida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 

va  Vazirlar  maxkamasi  tomonidan  chiqorilgan  qarorlar,  farmonlar,  farmoyishlar, 

buyruqlar avtomobil yo‘llarini yanada yaxshilashni maqsad qilib qo‘ygan  

Buning uchun Prezidentimizning 

2006 yil3.03daga PQ-299-sonli qarori, 2006 yil 25.10dagi PQ 499- sonli qarori, 

2006 14.11 daga PQ-511-sonli qarori, 2006 20.12 daga PQ-535-sonli qarori, 

2005  30.09  daga  R-2338-raqamli  farmon,  2006  yil  1.11dagi  №  226-  sonli  Vazirlar 

Maxkamasini  qarori    Vazirlar  Maxkamasining  2005  yil  12.08  dagi  194-sonli  qarori, 


2009 yil 22.04 dagiPQ-1103- sonli qarori,2009 yil 5.11 dagi , 2009 yil 20.07 dagi PQ-

1164-sonli qarori , 2009 yil 22.10 dagi №277- sonli Vazirlar Maxkamasini qarori 2010 

yil  27.01 dagi  Vazirlar  Maxkamasini  majlislari  , 21.12.2010  yil  PQ-1446 qarori  2011-

2015  yilda  infrotuzilmani  transport  va  kommunikatsiya  qurilishini  rivojlantirshni 

jadallashtirish to‘g‘risida. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimovning  2010  yilda 

mamlakatimizni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari  va  2011  yilga  mo’ljallangan 

eng  muxim  ustuvor  yo‘nalishlarga  bagishlangan  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Maxkamasining  majlisidagi  “  Barcha  reja  va  dasturlarimiz  vatanimiz  taraqqiyotini 

yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi “ mavzusidagi ma’ruzasida 

qayd etilganidek, bizning 2011 yilgi va istiqbolga mo’ljallangan iqtisodiy dasturimizni 

amalga oshirishda infratuzilmani , transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va 

jadal ravishda rivojlantirish ustivor yo‘nalishga aylanishi darkor. 

   Mustaqillikning  dastlabki  kunlaridan  O‘zbekiston  xalqining  boyligi  va 

mamlakatimizning  “qon  tomirlari”  bo‘lgan  va  bugungi  ko‘nda  42654  kilometr 

uzunlikdagi  umumfoydalanuvdagi  avtomobil  yo‘llari,  jumladan  3979  km  xalkaro, 

14069  km  davlat,  24606  km  maxalliy  axamiyatidagi  avtomobil  yo‘llari    texnik  soz 

xolatda  asraldi,  sakdandi,  rivojlantirildi,  takomillashtirildi.  Har  qanday  ob-xavo 

sharoitida  transport  vositalarining  uzluksiz  va  xavf  xatarsiz  qatnovi  ta’minlanib 

kelinmoqda. 

O’tgan  davrda  1990  yilga  nisbatan  semetbeton  koplamali  yo‘llar  uzunligi  21 

kilometrga, asfaltbeton qoplamali yo‘llar 1852 kilometrga, ko’ra qoplamali yo‘llar 542 

kilometrga, tosh shag’al qoplamali yo‘llar 421 kilometrga o’sib, umumfoydalanuvdagi 

avtomobil yo‘llardan tuproq yo‘llar uzunligi 746 kilometrga kamaydi. 

2755 km uzunlikdagi O‘zbek Milliy avtomagistrali tarkibidagi 238 km avtomobil 

yo‘li  ikki  tasmalidan  to‘rt  tasmali  yo‘lga  o‘tkazildi,  pirovard  natijada  avtomobil 

yo‘llarining  transport  oqimiga  xizmat  ko‘rsatish  darajasi  1991  yilgi  xolatga  nisbatan 

mutlaqo  o‘sdi.  Ayniqsa  Xalqaro  transport  yo‘lagiga  kiradigan  avtomobil  yo‘llarini 

qurish,  qayta  qurish  va  ta’mirlashda  yangi  miqdor  va  sifat  o‘zgarishlariga  yerishildi.  

Bemalol aytish mumkinki, avtomobil yo‘llarining transport foydalanish ko‘rsatkichlari 

va  yo‘llarning  texnik  xolatining  yaxshilanganligi  va  isloxatlar  samarasi  natijasida 

bugungi kunda (magistral avtomobil yo‘llarimizda transport vositalarining miqdori ikki 

marta oshganligiga qaramasdan) faqat yaqin 2000 yilga nisbatan xam qatnov tezligining 

oshganligi  hisobiga  yuk  va  yo‘lovchilarning  yo‘lga  sarflanayotgan  vaqti  qariyb  25 

foizga qisqardi. 

         O‘tgan  20  yilda  jami  23002  km.lik  yo‘l  ishlari  bajarilib,  jumladan  umumiy 

foydalanishdagi  avtomobil  yo‘llarida  2722  kilometrdan  ortiq  yangi  yo‘llar  qurildi  va 

rekonstruksiya  qilindi,  3800  km  avtomobil  yo‘llarida  mukammal  ta’mirlash  va  21978 

km  avtomobil  yo‘llarida  o‘rta  ta’mirlash  ishlari  amalga  oshirildi.  Shuningdek  o‘tgan 

davrda 175 dona umumiy uzunligi 6645 km bo‘lgan ko‘priklar, 19 dona 3938 km. Yo‘l 

o‘tkazgich va transport yechimlari ko‘rildi va rekonstruksiya qilindi. 


           Jumladan , birgina    A-373    “M-39 avtomobil    yo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-

Qo‘qon    va    Andijon    orqali-O‘sh    (M39    avtoyo‘li    (918km)-Sardoba-Bo’ka-

Oxangaron-Angren-Qo‘qon-Shaxrixon-Andijon-O‘sh’’ avtomobil 

yo‘lining   

“Toshkent  –O‘sh”  yo‘nalishi  bo‘yicha  “Qamchiq”  va  “Rezak”  dovonlarida  2,5 

kilometrlik  tonnellar  qurgan  xolda  13  km  yangidan  va  108-214  kilometrlari  oralig‘i 

qayta  ta’mirlandi.  Shuningdek,  mazkur  yo‘lning  Farg‘ona,  Andijon  viloyatlari 

xududlaridan  o‘tgan  qismi  to‘liq  ta’mirdan  chiqarildi  va  yo‘l  to‘liq  2  tasmalidan  4 

tasmali  yo‘lga  o‘tkazildi,  yangidan  57  km  lik    Ko‘kon  shaxrini  aylanib  o‘tish  yo‘li 

qurildi. 

Mamlakatimizda  har  yil  o‘rta  hisobda  170-250  kilometr  yo‘l  qurilmoqda  yoki 

rekonstruksiya  qilinmoqda,  qariyb  1500  kilometrdan  ortiq  yo‘llar  o‘rta  va  kapital 

ta’mirdan chiqarilmoqda. 

 Yuqorida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  Vazirlar  Maxkamasi 

tomonidan  keyingi  2006-2010  yillardagi  qaror  va  farmoishlarda  ko‘tarilgan  masalalar 

bo‘yicha ko‘rilgan chora- tadbirlar: 

 ”O‘zavtoyo‘l”  DAK  ni  tashkiliy  tuzilmasini  takomillashtirish  bo‘yicha 

o‘zgartirishlar  qilindi.  “2007-2010  yillarda  umum  foydalanuvdagi  yo‘llarni  qurilishini 

rivojlantirish chora- tadbirlari” qaroriga ko‘ra ”O‘zavtoyo‘l” DAK tomonidan qurilishni 

rivojlantirish  Konsepsiyasini  amalga  oshirish  bo‘yicha  quyidagilarni  hisobga  olgan 

holda yo‘llarni hozirgi holatini va transport vositalari harakatini o‘sib borish jadalligini 

aniqlash; 

Yevroosiyo xalqaro transport bozori tizimida munosib qatnashchi bo‘lish uchun 

quyidagi yo‘nalishlar tarkibiga kiradigan yo‘llarni bosqichma –bosqich qurish va  qayta 

ta’mirlash, ya’ni MDX va Yevropa mamlakatlariga chiqishni ta’minlaydigan “G‘uzor-

Buxoro-  Nukus-  Qo‘ng‘irot-Baynov”,  “Almata-  Beshkek-Toshkent-Tyermiz”  va 

“Novoiy-  Uchquduq;  Fors  qo‘ltig‘i”  va  Qora  dengiz  portlariga  chiqishini 

ta’minlaydigan  “Samarqand-  Navoiy-Buxoro–Olot”  yo‘llari    Konsepsiyadagi 

masalalarni  bajarishda  679  km  avtomobil  yo‘llarini,  shu  jumladan  489  km  xalqaro 

transport  marshrutlari  tarkibiga  kiradigan  yo‘llar  va  190  km  davlat  ahamiyatiga    ega 

yo‘llarni qurish va qayta ta’mirlash,  

I  –  toifadagi    yo‘llarni  557  kmga, ko‘priklar  va  yo‘l  o‘tkazgichlarning    umumiy 

uzunligini    2743  km  ga  uzaytirish,  shuningdek    Respublika  ichidagi  yuk  va  yo‘lovchi 

tashishni 60-70% ga oshirish va xalqaro va tranzit yuk tashishlarni o‘rtacha 45-55% ga 

shu jumladan “Qo‘ng‘irot-Beynov” yo‘nalishida 2,5-3 baravar ko‘paytirishni ta’minlash 

imkonini byerdi. 

 

Avtomobil  yo‘llarini,  avvalo  xalqaro  va  davlat  axamiyatiga  ega  yo‘llarning 



transport- ekspluatatsiya sifatlarini xalqaro me’yorlar va standartlar talablari darajasiga. 

Ko‘tarish,  yuklar  va  yo‘lovchilarni  tashishning  barcha  yo‘nalishlari  bo‘yicha 

raqobatbardosh tranzitni amalga oshirish, xamda avariyalarni kamaytirish ko‘rilgan 

  

Prezidentimiz  tomonidan  chiqorilgan  2009-2014  yillarda  O‘zbekiston  milliy 



avtomagistralini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi PQ -

1103-qaroriga asosan O‘zbekiston milliy avtomagistralini yo‘nalishlarini nomi va unga 

kiradigan  avtomobil  yo‘llari  bo‘yicha  2009-2014  yillar  ichida  quriladigan  transport 

yechimlari  ko‘priklar,  yo‘l  o‘tkazgichlar  va  yo‘lni    texnik  parametrlarni  oshirilishi 

hamda  4  polosali  sementobeton  qoplamali  yo‘lni  uzunligi  400km,  4  polosali 

asfaltobeton qoplamali yo‘lini uzunligi 813 km, 2 polosali asfaltobeton yo‘li 288 kmga, 

shuningdek yo‘l poyini    1026 km ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichni qurish va rekonstruksiya 

qilish 1488 pm hamda  ta transport razvyazkani qurish rejalashtirilgan. 

27  yanvar  2010  yilda  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasini  majlisi 

bo‘lib,  halqaro  ahamiyatdagi  “Toshkent  –  O‘sh”  yo‘lini  116-214  km  ni  holatini 

yaxshilash  masalasiga  oid  ko‘riladigan  chora-tadbirlarni  ko‘rish,  chunki  temir  yo‘l 

transporti bo‘yicha tashiladigan yukni 4,0 mln.tn.si. “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lini 

“Qamchiq” dovoniga yo‘naltirilishi bo‘ldi. 

Avtomobil yo‘li A-373 “Toshkent - Osh ” ni “Qamchiq” dovonidan 16,2 mln.tn 

xajmidagi  yuklarni  tashish    shuningdek  bu  bo‘laklarda  2009  –yilni  boshida  10415 

avt/sut  yilning  o‘rtasida  esa  15851  avt/sut,  jadal  vaqtida  esa  18250  avt/sut.  bo‘lishi 

ko‘rilgan  “Qamchiq”  dovonida  yil  bo‘yi  27  yanvarda  2010  yilda  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasini  majlisi  bo‘lib,  halqaro  ahamiyatdagi  “Toshkent  – 

Osh”  yo‘lini  116-214  km  ni  xolatini  yaxshilash  masalasiga  oid  ko‘riladigan  chora  - 

tadbirlarni  ko‘rish,  chunki  temir  yo‘l  transporti  bo‘yicha  tashiladigan  yukni  4,0 

mln.tn.si.  “Toshkent  -  Osh”  avtomobil  yo‘lini  “Qamchiq”  dovoniga  yo‘naltirilishi 

bo‘ldi.  

O‘zbekiston xududlaridan 22% dan ortig‘i tog‘li rayondan iborat. Tog‘li yyerlarni  

murakkab relefi avtomobilni xavfsiz harakati va ishlash tartibiga ta’sir qiladi. Tezlikka 

va  xavfsiz  harakatga  plandagi  kichik  egrili  radiusi  va  katta  bo‘ylama  qiyaliklari  ta’sir 

etadi.  O‘zbekistondagi  tog‘li  yyerlardan  o‘tadigan  tog‘  yo‘llari  3  %  ni  tashkil  etadi. 

Tog‘li yo‘llarda dovonli qismlari bo‘lgan avtomobil yo‘li A-373 “Toshkent  Osh” 116-

214  km  bo‘laklari,  dovon  “Qamchiq”  avtomobil  yo‘li  m-39  “Almata-  Beshkek-

Toshkent- Tyermiz” 

1120-1145  km  bo‘lagi,  davon  “Taxtakaracha”  1302-1320  km  bo‘lagi,  dovon 

“Akrabot”  yo‘llari  davlatimizni  asosiy  iqtisodiy  artyeriyasidir    “Uzavtoyo‘l”  DAK 

tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimovni  2007,  2008,  2009  yilda 

yuqorida  keltirilgan  qonunlari  farmoyishlarini,  qarorlarini  amalda  bajarilmoqda    va 

xavfsiz harakat  ta’minlanishi ko‘rilmoqda   

Shuningdek,  yo‘llardan  foydalanishni  yaxshilash,  xavfsiz  harakatni  oshirish 

maqsadida  8688  ta  yangi  yo‘l  belgilari:  31136  ta    44,5  km  yo‘l  to‘siqlari,  26486ta 

yo‘naltiruvchi;  ustunchalar  168,5ni  piyodalar  yo‘lagi  ta’mirlandi  235ta  avtobus 

bekatlari  483ta  avtobus  bekatlari  qurildi  va  ta’mirlandi.  2007  yilda  qilingan  ishlar, 

asosan M-37, A-373, M-39, A-380 yo‘llar bo‘yicha olib borilib, 91629,3 mln. So‘mlik 

ishlar bajarilib, 2006 yilga nisbatan 275,9% tashkil qildi. 

2008 yilda 59.286 dona yangi belgilar eski belgilarni almashtirish, qatnov qismini 

belgilanishi, piyodalarning o‘tish joylari, avtobus bekatlari qurishi va ta’mirlash uchun 


311819.0 mln. so‘mlik ish bajarildi, bu 2007 yilga nisbatan 128,6%ga ortiq bajariladi. 

Bu ishlar A-373 ni 216-274 km lar 411-904 va 4R-148; M-34 ni 104km; M-39 bo‘yicha 

hamda A-30, M-34 bo‘yicha to‘la va o‘rta ta’mirlash ob’ektlarida ish bajarilgan. 

2009-2014  yillar  ichida  23  ta  kemping,  28ta  motel,  75ta  avtomobillarga  gaz 

quyish siansiyasi, 73ta texnik xizmat va tibbiy  yordam stansiyalari, 47 ta avtomobillar 

qisqa vaqtga to‘xtash maydonchalari quriladi. 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  transport  infratuzilmasiga  alohida 



e’tibori tufayli 2009 yil 22-apreldagi PK-110Z-sonli “2009-2014 yillarda O‘zbek milliy 

avtomagistralini  rekonstruksiya  kilish  va  rivojlantirish  bo‘yicha  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi,  2009  yil  22-oktyabrdagi  PP  277-sonli  “O‘zbek  milliy  avtomagistrali 

bo‘ylab  yo‘l  infratuzilmasi  va  syervisini  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi, 

2010 yil 21-dekabrdagi PQ-1446-sonli “2011-2015 yillarda tranport va kommunikatsiya 

qurilishi  infratuzilmasini  rivojlantirishni  jadallashtirish  to‘g‘risida”gi  Qarorlari  asosida 

maqsadli  Dasturlar  qabul  qilinib  amalga  oshirilmoqda.  O’tgan  20  yil  da  xalqaro  va 

davlat  axamiyatidagi  3722  kilometrdan  ortiq  yangi  yo‘llar  qurildi  va  rekonstruksiya 

qilindi.  Xususan  2755  kilometrlik  O‘zbek  milliy  avtomagistrali  tarkibiga  kiruvchi 

yo‘nalishlar  tarkibidagi  238  km  avtomobil  yo‘li  ikki  tasmalidan  to’rt  tasmali  yo‘lga 

o‘tkazildi.  Ayniqsa  mamlakatimiz  xududidan  o‘tgan  20  ta  (E-40,  60,  123,  003,  004,  

005,  006,  007,  AN-5,  62, 63, 65,  Traseka  22, 23, 25,  26,  27, 28,  Transafgon  yo‘lagi.) 

Xalqaro  transport  yo‘lagiga  kiradigan  avtomobil  yo‘llarini  qurish,  qayta  qurish  va 

ta’mirlash  ishlarining  keskin  oshganligi,  Navoiy  va  Angren  logistika  markazlarining 

ishga 

tushirilishi, 



yirik 

loyixalarga 

xorijiy 

sarmoyalarning 

jalb etilishi, avtomobil yo‘llarga bo‘lgan talabni yangi bosqichga xamda yangi miqdor 

va  sifat  o’zgarishlariga  olib  kelmoqda.  Avtomobil  yo‘llarini  rivojlantirish  va 

takomillashtirish uchun har yil qaryib 600-700 mlrd so‘m ajratilayotganligi,  shuningdek  

mamlakatimizdagi   Milliy   o‘zbek avtomagistrallari tarkibiga kiruvchi xalqaro transport 

yo‘laklarini  xalqaro  andozalar  asosida  qayta  qurish  uchun  Osiyo  taraqqiyot  banki 

tomonidan  600  mln.  AQSH  dollari  miqdorida  investitsiya  kiritilayotgani,  bularning 

xammasi  yurt  farovonligining  ko’zgusi  bo‘lgan  avtomobil  yo‘llarini  rivojlantirish 

omilidir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  21  dekabrdagi  PQ-1446-sonli 

“2011-2015  yillarda  transport  va  kommunikatsiya  qurilishi  infratuzilmasini 

rivojlantirishni  jadallashtirish  to‘g‘risida”gi  qaror  bilan  tuzilgan  Dastur  asosida  2012-

2015  yillarda  mazkur  qaror  asosida  2306  km  yo‘l  (  shundan  1410  km  O‘zbek  Milliy 

avtomagistrali tarkibidagi avtomobil yo‘llar) quriladi va rekonstruksiya qilinadi. 

Ushbu  muxim  Dastur  nafaqat  O‘zbek  milliy  avtomagistralini  rivojlantirishni  va 

respublikaning  barcha  mintaqalarini  ishonchli  avtomobil  transporti  aloqasini 

ta’minlovchi  to’rt  tasmali  sementbeton  va  asfaltbeton  qoplamalar  qurishni,  balki  uni 

transportning  boshqa  turlari  ,  jumladan,  temir  yo‘l,  xavo  transportining    rivojlanishiga 

mutanosibligini,  bu  esa  kommunikatsiya  tizimlarining  bir  butunlikda  harakat  qilishini 

taminlovchi omil ekanligini belgilab byerdi. 


           Qarorning 

yana 


bir 

muxim 


jixati 

shundaki, 

O‘zbek 

milliy 


avtomagistrali  bo‘ylab  yo‘l  yoqasi  infrastrukturasi  va  syervisini  maqsadli 

tashkil  qilish  ko’zda  tutilganligidadir.  Jumladan,  2011–2015  yillarda  O‘zbek 

milliy  avtomagistrali  bo‘ylab  yo‘l  yoqasi  infrastrukturasi  va  syervisini 

rivojlantirish  bo‘yicha  yo‘l  yoqalarida  jami  –  240  ta  jumladan,  19  joyda 

kemping,  18  joyda  motel,  36  joyda  ko‘p  yonilg’ili  avtomobillarni  yoqilg’i  bilan 

ta’minlovchi  shaxobchalar,  49  joyda  avtogaz  to’ldiruvchi  kompressorli  stansiyalar, 

78  joyda  avariya  chaqiruv  va  tibbiy  tez  yordam  xizmati  punkti,  31  joyda  sanitar 

gigiena 


shart-sharoitlariga 

ega 


bo‘lgan 

avtomobillarni 

qisqa 

to‘xtash 



maydonchalari,  9  joyda  turizmning  barcha  sharoitlariga  ega  bo‘lgan  ob’ektlari 

riladi.  Yo‘nalishlar  bo‘yicha  esa  Beynov-Qo’ng’irot-Buxoro-Navoiy-Samarqand- 

Toshkent-Andijon  yo‘nalishida  169  joyda,  Buxoro-Olot  yo‘nalishida  12  joyda, 

Buxoro-Qarshi-G’uzor-Tyermiz        yo‘nalishida      43      joyda,  Samarqand-G‘uzor 

yo‘nalishida      16      joyda      yo‘l      yoqasi      infrastrukturasi      va      syervisi      ob’ektlari 

quriladi. 

Shuni  qayd  etish  lozimki  ,  yangi  loyixalanayotgan  yo‘l  qoplamalari  va  sun’iy 

inshootlar  –  ko‘priklar  ,  yo‘l  o‘tkazgichlar  ,  estakadalar  va  boshqalar  zamonaviy 

yuklarni  qabul  qilishga  mo‘ljallangan  bo’lishi  shart.  Buning  uchun  transport 

inshootlarini  loyixalash  va  hisoblash  bo‘yicha  Respublikamizda  amalda  bo‘lgan 

normativ 

xujjatlar 

soxa 

mutaxasislari 



va 

olimlar 


ijodiy 

xamkorligida 

mukammallashtirilgan xolda qayta ishlab chiqilyapti. 

Xulosa o’rnida aytish mumkinki yangi yo‘llarni barpo etilishi va eskilarning qayta 

ta’mirlanishi  xududlarga  yangi  xayot  nafasini  olib  keladi.  Katta  xajmdagi  qurilish, 

bunyodkorlik  ishlari  amalga  oshiriladi.  Xizmat  ko‘rsatish  tarmoqlari  bilan  birga  yangi 

uy-joylar  barpo  etiladi.  Yo‘llarning  rivojlanishi  insonlarni  bir-biriga  yaqinlashtirish 

bilan birga ular uchun ko‘plab imkoniyatlar xam yaratib beradi. 



 

Nazorat savollari: 

1.  Avtomobil yo‘llarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini qanday 

baxolaysiz ? 

2.  O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining zamonaviy xolati 

xaqida nimani bilasiz ? 

3.  O‘zbek milliy avtomagistrallarini barpo etish xaqida qanday qaror va 

farmoyishlar chiqarilgan ? 

4.  Respublikada olib borilayotgan yo‘l siyosati xaqida qanday tushunchaga 



egasiz? 

 

Download 301.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling