1-mavzu. Avtomobil
Download 3.11 Mb.
|
1- Mavzu Avtomobil kuzovi va kabinasiga TXK va T ishlari texnologiyasi
Avtomobil kuzovini tozalash: tozalash ishlaridan maqsad kuzovda qolgan yuk qoldiqlarini yig’ishtirish, yuk avtomobillarning kabinalari, avtobus va yengil avtomobil salonlarini changdan tozalashdan iborat.Kir va changdan tozalashda junli cho’tkalardan, qirg’ichlardan va artish materiallaridan hamda elektr changso’rgichlardan foydalaniladi. Ular qo’lda ko’tarib yuruvchi va qo’zg’almas bo’lishi mumkin (1,2-rasmlar). Elektr changso’rgich uchida konussimon kallak va cho’tkali egiluvchan ichak(shlang)lardan iborat. Havo so’rish bosimi 11-12 Pa oraliqda bo’ladi. Yirik ATK va avtobus saroylarida qo’zg’almas chang so’rgichlardan foydalanish katta samara beradi.
2-rasm. Qo’chma va qo’zg’almas changyutgich turlari (Lavor firmasi), quvvati 1500 vatt, so’rish qobiliyati 3190 mm suv ustuni, havo oqimi 140 m3/soat Avtomobillarni yuvish: avtomobil tashqi qismlarini va shassisini yuvish uchun iliq suvdan (25-300S) foydalaniladi va uning harorati yuviladigan sirtning harorati uzog’i bilan 18-200S ortiq bo’lishi zarur, aks holda bo’yalgan yuzalarga salbiy ta’sir etishi mumkin. Suvni bosim ostida purkash yo’li bilan avtomobil yuvilganda, uning sifatini oshirish uchun cho’tka, gubka kabi materiallardan foydalaniladi. Yuvish sifatini oshirish, suv sarfini va yuvish vaqtini kamaytirish suv bosimiga, purkagich teshigi diametriga, purkash burchagiga bog’liq. Demak yuqori kinetik energiyaga ega bo’lish va suv sarfini kamaytirish uchun uning bosimini oshirish va purkagich diametrini kichraytirish zarur.Bu bilan suvning sarfini kamaytirish mumkin. Suv sarfini kamaytirish va yuvish sifatini oshirish uchun maxsus sintetik yuvish vositalaridan ham foydalaniladi (progress, avtoshampun, avtoemulsiya va h.k). Ular o’z navbatida yuzadagi kirlarni yumshatadi, moy izlarini eritadi va yuvishni yengillashtiradi. Misol uchun yengil avtomobillar kuzovini yuvishda 40-50 gramm sintetik yuvish vositasi ishlatiladi. Sintetik kukunning 7-8 grammi 1 litr, harorati 35-45- suvda eritilib, suv purkagich yoki yuvish pistoleti bilan sepiladi. Suv sarfini kamaytirish uchun, undan qayta foydalanish tizimi qo’llaniladi. Suvning sarfi quyidagicha aniqlanadi: Avtomobillarni yuvish, uni bajarish turiga qarab qo’l bilan, mexanizatsiyalashgan va maxsus bo’lishi mumkin. Qo’l bilan: shlanga va sepkich yordamida past bosimli (0.2-0.4MPA), yuqori bosimli (1-2.5MPA) bo’lishi mumkin. Mexanizatsiyalashgan yuvish turi maxsus jihozlar yordamida bajariladi va tuzilishiga qarab zarrachali, cho’tkali va zarracha-cho’tkali bo’ladi. Joylashishiga qarab, qo’zg’almas (avtomobil harakatlanadi), qo’zg’aluvchan (avtomobil joyida turadi), boshqarish turiga qarab qo’l bilan boshqariluvchi va avtomat ravishda boshqariluvchi bo’ladi. Zarrachali yuvish jihozida ishchi a’zo sifatida purkagich va forsunkalardan foydalaniladi, hamda ular yordamida suv yoki aralashma purkaladi. CHo’tkali yuvish jihozlarida, tsilindrsimon ustiga shetka o’rnatilgan barabanlar aylanadi va suv sepadi. Ular yengil avtomobil va avtobuslar uchun qo’llaniladi. Zarra-cho’tkali - bunda purkagichlardan suv sepiladi va cho’tka aylanadi (avtobus, yengil avtomobil va yuk avtomobillari uchun). Qo’zg’almas-yuvish jihozi yuvish postida fundamentga o’rnatilgan bo’ladi. Harakatlanuvchan-yuvish jihozi avtomobil shassisiga o’rnatilgan bo’lib, avtomobillarni ASK dan tashqarida yuvish uchun mo’ljallangan. Qo’l bilan boshqaruvchi-yuvish jihozini, qo’l yordamida harakatga keltiriladi. Avtomat ravishda boshqariluvchi yuvish jihozi - avtomobil yuvish postiga kirgandan so’ng, fotoelement yoki ulagich yordamida harakatga keladi. Ko’p funktsiyali jihoz yordamida avtomobilning tag va ustki qismi birdaniga yuviladi. G’ildiraklar esa, maxsus jihozlar yordamida (3-rasm) yuviladi. 3-rasm. G’ildiraklarni avtomatik yuvish jihozi: ishchi hajmi 400 l., quvvati 7,2 kVt., kuchlanish 3x400 V. Avtomobillarni yuvish ishlari mexanizatsiyalashganda, unga 1.5-3 min, qo’l bilan 10-20 min vaqt sarflanadi. Mexanizatsiyani qo’llash natijasida harajatlar yuk avtomobillari va avtobuslarda 1-3 %, yengil avtomobillarda 25-30 % kamayadi. Yuvish postlaridagi ariqchalarning poli 2-3 % qiyalikda, maydoncha avtomobilning tashqi o’lchamlaridan 1.25-1.5 m kengroq bo’lishi kerak. Avtomobil yuvish postlarida konveer yordamida harakatlanadi (4-rasm). Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling