1-mavzu: ayollar shimi,yubka va ko`ylak modelini tanlash va eskizini tayyorlash
-mavzu: Ko`ylak anodalarini matoga joylashtirish, ko`ylak detallarini bichish. Bichiq detallarini tiukishga tayyorlash
Download 0.67 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 164-96-100 razmerining qomatdan olingan o’lchamlari.
- 8-Mavzu Yosh qizchalar ko`yla-gini modellashtirish, kons-truksiyasini qurish
6-mavzu: Ko`ylak anodalarini matoga joylashtirish, ko`ylak detallarini bichish. Bichiq detallarini tiukishga tayyorlash
Kiyim inson tanasini atrof muhitning har xil ta’sirlaridan asrash vositasi sifatida paydo bo’lgan. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida kiyim deb, o’simlik, hayvonot va sun’iy materiallardan tayyorlanadigan va odamni atrof-muhitning nomaqbul ta’sirlaridan asraydigan, organizmning normal sog’lom holatini saqlaydigan va bezak vazifasini o’taydigan har xil narsalar aytiladi. Kiyim insoniyat moddiy madaniyatining elementlaridan biri hisoblanadi. Kiyimni konstruktsiyalash-bu murakkab jarayon. Bu tikuvchilik buyumlarini loyihalash umumiy jarayonning tarkibiy qismi bo’lib, bu ishda model’er-rassomlar, konstruktsiyalar, materialshunoslar, texnologlar singari ko’plab mutaxassislar mehnat qiladi. Konstruktsiya asosining chizmasini hisoblash va tuzish metodini tanlash ishlab chiqarish spetsifikatsiyasiga bog’liq. Kiyimning yakka buyurtma yo’li bilan bilan tikishda o’lchab-hisoblab konstruktsiyalash metodi juda mos keladi, chunki bu metod aniq o’lchangan tufayli gavdaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi. Hozirgi vaqtdagi hamma o’lchab-hisoblab va proportsional-hisoblab tuzish metodlari kiyim bo’laklarini chizmasini tuzishning tarkibiy usulidir. Yangi modelning manekenda yoki gavdada yaxshi turishiga kiyimni kiydirib ko’rish yo’li bilan erishiladi. 164-96-100 razmerining qomatdan olingan o’lchamlari.
8-Mavzu Yosh qizchalar ko`yla-gini modellashtirish, kons-truksiyasini qurish Bolalar yosh guruhlari quyidagi klassifikatsiyaga bo’linadi: yasli yoshidagilar 3 yoshgacha, maktabgacha yoshdagilar 3 yoshdan 7 yoshgacha; kichik maktab yoshidagilar 7 yoshdan 11 yoshgacha. Bolalarning rivojlanishi davomida tana tuzilishi va tana proportsiyasi va tashqi ko’rinishi va harakatlar xarakteri qiziqishlari odatlari va mashg’ulotlari o’zgarib boradi. Shunga ko’ra bolalarning turli yoshlarida psixologik-fiziologik va jismoniy rivojlanishini hisobga olgan holda bolalar kiyimlari assortimenti o’zining turi, tuzilishi, bichim ranglari bezatilishi jihatidan turli-tuman bo’ladi. Shu munosaabat bilan bolalar kiyimlari har bir yosh guruhiga mos holda loyihalanadi. Bog’cha yoshidagi qiz bolalar kiyimlarining assortimenti turli ko’ylaklar, halatlar sarafan, kofta, shim, yarim kombinzonlardan iborat: Bog’cha yoshidagi bolalar ko’p harakat qilganligi sababli kiyimlar qulay sodda, kiyish va yechish uchun oson bo’lishi kerak. Ko’proq to’g’ri va pasti kengaygan shakllar ishlatiladi. Vishovka, mag’iz, tesma, to’r, ablikatsiyalar esa bolalar kiyimiga turli tumanlik bag’ishlaydi. Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi bichimlarining turli bo’lishi bilan ajralib turadi. Bog’cha yoshidagi qiz bolalar ko’ylagi asosan paxta tolali gazlamadan tikiladi. Paxta tolali gazlamalar namlikni oson yutadi va tez quriydi, yaxshi yuviladi, dazmol qilishda yuqori haroratga chidamli. Shuning uchun bu turdagi gazlamalardan bolalar kiyimlarini tikishda keng foydalaniladi. 9-Mavzu: Uy sharoitida choyshablarni (yostiq,ko`rpa jildi va prostina)bichish Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling