1-Mavzu: Badminton o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tarixi


Badminton ko‘z nurini o‘tkir qiladi, miyani charxlaydi va yurak ishini


Download 25.78 Kb.
bet4/4
Sana07.10.2023
Hajmi25.78 Kb.
#1695074
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu Badminton o‘yinining kelib chiqishi va rivojlanish tari

Badminton ko‘z nurini o‘tkir qiladi, miyani charxlaydi va yurak ishini yaxshilaydi. Badminton ko‘zning ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, chunki o‘yin davomida ko‘z mushaklari ishlaydi. Yo‘nalishini tez-tez o‘zgartirayotgan volanning uchishini kuzata turib, ko‘z shug‘ullantiriladi. Bu uzoq va yaqinni ko‘rishni yaxshilaydi. Badminton, shuningdek, strategik fikr yuritish hamda tezkor reaksiyalar uchun ham foydali. Volan parvozi trayektoriyasini kuzatib va uning yerga tushish joyini chamalay turib, inson o‘z miyasini tezda qaror qabul qilishga majburlaydi va bu keyinchalik stress holatida ishlashda qo‘l keladi. Badminton, shuningdek, inson yurak qon-tomir tizimini ham shug‘ullantiradi va uni yanada chidamli bo‘lishiga xizmat qiladi.

Farzandga nega badminton o‘ynashni o‘rgatish kerak?


Doim kompyuter ekrani yoki smartfonga tiqilib vaqt o‘tkazuvchi bolalarga badminton, ayniqsa, foydali. Chunki o‘yin vaqtida ko‘z mushaklari faol ishlaydi.
Badminton bo‘yicha mashg‘ulotlar epchillik va chidamlilikni rivojlantiradi.
Bola jismoniy jihatdan rivojlana boshlaydi.
O‘yin reaksiyani kuchaytiradi va tezda qaror qabul qilish ko‘nikmasini o‘stiradi.
Badminton bola xarakterini rivojlantiradi. Har kuni u musobaqalashadi va g‘alaba qozonishni o‘rganadi.


Badminton (Angliyaning Badminton shahri nomidan) — patli koptok (volan)ni raketka bilan urib oʻynaladigan tennisga oʻxshash sport oʻyini. Oʻyin toʻrtburchakli maydonchada (yakkama-yakka uchrashuvlarda maydoncha oʻlchovi 13,4x5,2 m va juftli oʻyinlarda 13,4x6,1 m) 1,55 m balandlikda tortilgan toʻrda oʻtkaziladi. Oʻyinda raqib urgan koptokchani yerga tushirmay unga qaytarish muhimdir. 15 xol (ayollar va bolalar 11 xol) gacha sanaladi. 3 yoki 5 qur oʻynaladi. Xol 0 va juft boʻlganda koptokcha oʻngdan, toq boʻlganda chapdan uriladi. Juftli oʻyinlarda oʻng tomondan boshlanib, har xoldan keyin oʻyinchilar sherigi bilan oʻrin almashtiradi. B. qadimgi Malayyada vujudga kelgan, keyinchalik Osiyodagi boshqa mamlakatlarga tarqalgan. 19-asr 70-yillarida Angliyada rasm boʻlib, oʻyin qoidalari ishlab chiqilgach Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham yoyildi. Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) 1934-yil tashkil topdi, unga 80 dan ortiq mamlakat aʼzo (1991). 1977-yildan jahon birinchiligi oʻtkazib kelinadi. 1992-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturidan joy oldi. Erkaklar uchun Tomas kubogi (1947-yildan), ayollar uchun Uber kubogi (1955-yildan) eng yirik xalqaro musobaqalar, Angliyaning ochiq birinchiligi (Uimbldon turniri) esa norasmiy jahon chempionata hisoblanadi. B. Oʻzbekistonda 50-yillardan rivojlana boshladi.
Download 25.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling