1. mavzu Betonning sinflanishi


Download 21.64 Kb.
bet1/2
Sana24.02.2023
Hajmi21.64 Kb.
#1226314
  1   2
Bog'liq
1-amaliy 6-s


1.mavzu Betonning sinflanishi
Bugungi kunda qurilishda betonning turli xillaridan
foydalanilmoqda. Beton turlarini beton uchun ishlatiladigan xomashyo
materiallar xususiyatlari, belgilangan maqsadlari va boshqa umumlashgan
xossalarini tizimli o‘rganish maqsadida klassifikatsiyalash (sinflash)
mumkin.

Betonlar quyidagi xossalariga qarab klassifikatsiyalanadi:
- ishlatilish joyiga qarab;
- korroziya turlariga turg‘unligiga;
- bog‘lovchi materiallar turiga;
- strukturasiga;
- qotish jarayoni sharoitiga;
- mustahkamligiga;
- mustahkamlikni o‘sish jadalligiga;
- o‘rtacha zichligiga;
- sovuqqa chidamliligiga;
- suv o‘tkazmasligiga;
- ishqalanishga chidamliligiga qarab.

1.Asosiy ishlatilish joyiga qarab betonlar:
- konstruksion betonlarga ya’ni bino inshootlar, injener qurilmalari va
boshqa qurilish maydonlari ishlatiladigan yuk ko‘tarish qobiliyati
yuqori bo‘lgan konstruksiyalarda qo‘llaniladigan betonlarda;
- maxsus betonlarga (masalan, issiqlikdan muhofaza qiluvchi betonlar,
radiatsiya nurlariga chidamli betonlar, dekorativ betonlarga) ya’ni
maxsus xossalar talab etiladigan betonlarga bo‘linadi.

2. Korroziya turlariga chidamli xossasiga qarab betonlar quyidagi


turlarga bo‘linadi: A-korroziya ta’sirlari bo‘lmagan sharoitlarda ishlatiladigan betonlarga (XO);
B-karbonat kislota ta’sirida mavjud bo‘ladigan korroziya jarayonlarida ishlatiladigan betonlar (XS);

V-xlorli sharoitlar ta’sirida hosil bo‘ladigan korroziya jarayonlarida ishlaydigan betonlar (XD va XS);


G-davomiy muzlash va erish jarayonlari ta’sirida hosil bo‘ladigan mkorroziya ta’sirida ishlaydigan betonlar (XF);

D-kimyoviy korroziya ta’sirida hosil bo‘ladigan korroziya sharoitlarida ishlatiladigan betolarga (XA) bo‘linadi.

3.Ishlatilayotgan bog‘lovchi materialiga qarab: - Sementli betonlar. Bu betonlar qurilishda eng ko‘p qo‘llaniladigan betonlar hisoblanadi. Ularni tayyorlash uchun portlandsement va uning barcha turlaridan foydalaniladi. Xususan shlakoportlandsement, pussolanportlandsement, oq va rangli sementlar, kuchlantirilgan sementlar va boshqalar.

- Ohak asosidagi betonlar. Bu betonlarni silikat deb yuritiladi. Ularni


qotirish jarayonlarida yuqori bosim va yuqori harorat ta’sirida
avtoklavlarda amalga oshiriladi.

- Shlakli betonlar. Bu betonlar nisbatan yangi betonlar hisoblanadi.
Bunday betonlar shlak ishqorli qorishma asosida tayyorlanadi.
- Gipsli betonlar. Bu betonlar gips bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi,
ekologik nuqtai-nazardan eng toza betonlar hisoblanadi. Suvga chidamlilik xossasini hisobga olgan holda binolarning ichki devorlari,
potolok osma elementlari (gipsokarton) pardozbop materiallar
sifatida tayyorlanadi.

- Maxsus bog‘lovchi materiallar asosidagi betonlar. Bu turdagi betonlarga
organik bog‘lovchi materiallar asosida olinadigan polimerbetonlar,
betonopolimerlar va magnezial bog‘lovchilar asosidagi betonlar kiradi.

4.To‘ldiruvchining turiga qarab:

- Zich to‘ldiruvchilar asosidagi betonlar. Bu betonlar tabiiy zich
magmatik, metamorfik va chiqindi tog‘ jinslari asosida tayyorlanadi.

- G‘ovak to‘ldiruvchilar asosidagi betonlar. Bu turdagi betonlar tabiiy va
sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar asosida tayyorlanadi.

- Maxsus to‘ldiruvchili betonlar. Bu betonlar metall maydalari,
qirindilari, ko‘pchitilgan polistirol granulalari va boshqa
to‘ldiruvchilar asosida tayyorlanadi.

5. Beton strukturasiga qarab: - Zich strukturali betonlar. Bu turdagi betonlar zich to‘ldiruvchilar asosida tayyorlangan bo‘lib, og‘ir betonlar turiga kiradi.
- G‘ovak strukturali betonlar. Bu turdagi betonlar sun’iy va tabiiy g‘ovak
to‘ldiruvchilar asosida tayyorlangan bo‘lib, yengil betonlar turiga
xosdir.
- Yacheykali, uyali betonlar. Bu turdagi betonlar ko‘pik va gaz hosil
qiluvchi moddalar asosida tayyorlangan ko‘pikbeton va gazbetonlar bo‘lib,
ular o‘ta yengil beton turlariga xosdir.
- Serg‘ovak betonlar. Bu turdagi betonlar qumsiz betonlar hisoblanib, faqat yirik to‘ldiruvchi asosida tayyorlanadi.

6.Betonning qotish sharoitiga qarab: - Tabiiy sharoitlarda qotgan betonlar. Bu betonlar normal atmosfera sharoitlarda, normal haroratda qotgan betonlar hisoblanib, ularga 28 sutka qotish jarayonidan keyin mexanik xossalari aniqlanib, beton sinfi belgilanadi.
- Sun’iy yo‘l bilan, betonga normal atmosfera bosimi sharoitida issiqlik ishlov berish yo‘li bilan issiqlik kameralarda kontakt usulida, elektr usuli va boshqa usullarda qotgan betonlar.
- Yuqori harorat, yuqori atmosfera bosimi sharoitlarida avtoklavlarda qotgan betonlar.

7.Beton mustahkamligiga qarab: - O‘rta mustaxkamlikga ega betonlar (beton klassi V50V); - Yuqori mustahkamlikka ega betonlar (beton klassi V55V);


8.Normal sharoitda betonning qotish tezligiga qarab: - Tez qotuvchan betonlar;-Sekin qotuvchi betonlar;. Beton qotish tezligini o‘lchami sifatida R2/R28 qabul qilinadi. Tez qotuvchi betonlar uchun bu ko‘rsatgich 0,4 dan yuqori va sekin qotuvchi betonlar uchun 0,4 ga teng va undan past ko‘rsatkich hisoblanadi.

9.O‘rtacha zichligiga qarab betonlar:

- o‘ta yengil betonlarga (o‘rtacha zichlik markasi bo‘yicha D300 D500);
- yengil betonlarga (o‘rtacha zichlik markasi D800 dan D2000 gacha);
- og‘ir betonlarga (o‘rtacha zichlik markasi D2000 dan D2500 gacha);
- o‘ta og‘ir betonlarga (o‘rtacha zichlik markasi D2500 dan yuqori).

10,Sovuqqa chidamlilik xossasiga qarab betonlar:
- past sovuqqa chidamlilik xossasiga ega betonlarga (sovuqqa
chidamlilik markasi F50 va undan past);

- o‘rtacha sovuqqa chidamlilik xossasiga ega betonlar (sovuqqa


chidamlilik markasi F50 dan F300 gacha);

- yuqori sovuqqa chidamlilik xossasiga ega betonlar (sovuqqa


chidamlilik markasi F300 dan yuqori)
11 Suv o‘tkazmaslik xossasiga qarab betonlar:

- past suv o‘tkazmaslik xossasiga ega betonlar; (suv o‘tkazmaslik
markasi W4 va undan past);

- o‘rta suv o‘tkazmaslik xossasiga ega betonlar; (suv o‘tkazmaslik
markasi W4 dan W12 gacha);

- yuqori suv o‘tkazmaslik xossasiga ega betonlar (suv o‘tkazmaslik
markasi W12 dan yuqori).

12 Ishqalanishga bardosh berish qobilyatiga qarab:
- past ishqalanishga bardosh beruvchi betonlar (ishqa ishqalanish
bo‘yicha markasi G1);

- o‘rtacha ishqalanishga bardosh beruvchi betonlar (ishqalanish
bo‘yicha markasi G2);

- yuqori ishqalanishga bardosh beruvchi betonlarga (ishqalanish
bo‘yicha markasi G3) bo‘linadi.

Download 21.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling