1-Mavzu: Biologiya fan sifatida
-Mavzu Hayotning ekosistema darajasi xususiyatlari.Ekosistemalarning tarkibiy qismlari
Download 1.03 Mb.
|
Ma\'ruza matni biologiya
25-Mavzu Hayotning ekosistema darajasi xususiyatlari.Ekosistemalarning tarkibiy qismlari.
Reja 1 Hayotning ekosistema Ekosistema (yun. uy, yashash joyi va sistema), ekologik sistema — birgalikda yashaydigan organizmlar va ular yashaydigan sharoit majmui. Ekosistemada uning tarkibiy qismlari oʻzaro qonuniy bogʻlangan. „Ekosistema“ terminini ingliz botanigi Arthur Tansley taklif etgan (1935-yil). Arthur Tensli taʼrificha, ekologiya nuqtai nazaridan Ekosistema yer yuzidagi tabiiy birlik boʻlib, unga barcha organizmlar bilan bir qatorda fizik omillar majmui, yaʼni biomuhit (keng maʼnoda yashash muhiti) omillari majmui ham kiradi. Olim Ekosistemada ular tarkibiga kiruvchi organizmlar hamda organizmlar bilan anorganik muhit oʻrtasida har xil tarzda moddalar almashinuvi boʻlib turishini koʻrsatgan. „Ekosistema“ tushunchasini har xil murakkablikdagi va oʻlchamdagi obʼyektlarga nisbatan qoʻllash mumkin. Mas, hovuz, koʻl Ekosistemasi bilan birga sohil boʻyi oʻsimliklari yoki suv tubi Ekosistemasini koʻrsatish mumkin. Oʻrmon ham Ekosistema, uning chegarasida har xil tipdagi tuproqlar, chiriyotgan toʻnkalar, toʻshalma va boshqalar Ekosistemani ajratish mumkin. Koʻpincha „Ekosistema“ tushunchasiga tirik organizmlar bilan ular yashaydigan muhitning notirik komponentlari tarzida qaraladi. Ekosistemaning tirik va notirik komponentlari oʻrtasida produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar ishtirokida moddalarning biotik aylanishi sodir boʻlib turadi. Ekosistema terminini sunʼiy Ekosistema (qishloq xoʻjaligi dalalari, bogʻlar, xiyobonlar, oqova suvlarni biologik tozalaydigan inshootlar va boshqalar) ga nisbatan ham qoʻllash mumkin. Ekosistema oʻziga xos xususiyatlarni uzoq vaqt davomida saqlab turadigan oʻta turgʻun yoki qisqa muddatli (mas, efemer suv havzalari, koʻlmak suvlar) boʻlishi mumkin. Murakkablik darajasidan qatʼi nazar Ekosistema turlar tarkibi, unga kiradigan organizmlar soni, biomassasi, ayrim trofik guruhlar nisbati, organik moddalarning hosil boʻlishi va parchalanish jarayonlarining tezligi bilan tavsiflanadi. Ekosistema chegarasi va ularda kechadigan moddalar aylanishi jarayonlari turli darajada roʻy beradi. Ekosistema atrof muhitdan faqat energiya emas, balki koʻp yoki oz miqdorda moddalar kelib turgandagina mavjud boʻladi. Barcha Ekosistema birgalikda yer biosferasini tashkil etadi. 20-asr oʻrtalariga kelib ekologik muammolarning keskinlashuvi natijasida Ekosistemaning funksional xususiyatlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar keng miqyosda olib borila boshlandi. Ekosistema strukturasi, mahsuddorligi va turgʻunligini tushunib olish uchun ulardagi trofik bogʻlanishni oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Trofik bogʻlanishlar orqali Ekosistemada moddalarning biologik transformatsiyasi amalga oshadi. Zamonaviy metodlar, xususan, Ekosistemani matematik modellashtirish orqali bu jarayonlar intensivligi va samaradorligini miqdoriy jihatdan aniqlash tabiiy resurslardan samarali foydalanish va odam yashaydigan muhitni saqlab qolish masalalarini hal etishda muhim ahamiyatga ega. Koʻp hollarda biogeotsenoz termini ham Ekosistema termini sinonimi sifatida ishlatiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling